Urug‘larning unishi. Maysalarning tuzilishi. Urug‘ va uning tuzilishi, hosil bo‘lishi


Download 19.44 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi19.44 Kb.
#1102336
Bog'liq
Urugʻ


Urugʻ
Savollar

  1. Urug‘larning unishi. Maysalarning tuzilishi.

  2. Urug‘ va uning tuzilishi, hosil bo‘lishi.

  3. Urug‘ning tuzilishi, hosil bo‘lishi, uning xillari

  4. Bir pallali va ikki pallali o‘simliklar urug‘lari tuzilishidagi farqlar.

Javoblar ( qoʻldan kelgancha)


Urugʻ deb oʻsimliklarning tarqalishiga, koʻpayishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urugʻ - urugʻkurtak urugʻlanganidan keyin paydo boʻladigan, urugʻ qobigʻi, endosperim va murtakdan iborat koʻpayish organidir.Urugʻ qobili koʻo qavatli boʻlib, murtakni mexanik tasirdan saqlaydi.Urugʻning tashqi tomonida urul unishi uchun kerak boʻlgan suv kiradigan teshigi – mikropile – urugʻ yoli va urugʻ bandi bilan birikadigan Urugʻ kertimi joylashgan.
Endosperim yirik hujayrali gʻamlovchi tpqimadan iborat boʻlib hujayralarining koʻo qismini ikkilamchi kraxmal yoki yogʻlar egallaydi. Urugʻ ungan paytida endosperim fermentlar yordamida gidrolizlanadi va murtakka shimiladi. Undan keyin endosperim hujayralari yemirila boshlaydi.Urugʻ posti urugʻkurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil boʻladi. Zaxira oziq moddalarning saqlanishiga koʻra urugʻlar quydagi tiplarga boʻlinadi.

  1. Endosperimli urugʻlar

  2. Endosperimsiz urugʻlar

  3. Perisperimli urugʻlar

Endosperimli urugʻlarning tuzilishi
Bu tipdagi urugʻlar : 1 Urugʻ posti 2 Endosperim. 3 Murtak. Qismlardan tashkil topgan. Bu tipdagi urul bir urugʻpallali oʻsimliklar uchun xos. Qalqoncha bir pallali urullar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endosperimdagi zaxira oziq moddalarni diastaza fermenti yordamida parchalab, Murtak qismiga otkazib berishga xizmat qilishdir.
Endosperimsiz urugʻlar.
Bu tipdagi urugʻlar ikki urulpallali oʻsimliklar uchun xos. Urugʻ posti, urul kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil boʻladi. Ikki urulpallalilarda Urugʻ posti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yogʻochlangan ( uzum ) boʻladi. Rangi ham turlicha boʻladi. Murtak urulning asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum hijayraning rivojlanishidan hosil boʻladi. Murtakda murtak kurtakchasi, murtak ildizchasinjoylashgan, uning rivojlanishidan hosil boʻladi. Oziq moddalar urugʻpalla barglarda toʻlanadi.
Perisperimli urugʻlar
Ayrim oʻsimliklarda endosperm oʻrniga zaxira oziq moddalarni perisperim qismida toʻplash hususiyatiga ega. Perisperim urugʻkurtakning nutellus qismidan hosil boʻladi. Chinnigul, shora, olabuta, lavlagi
Urugʻning yetilishi.
Urugʻning yetilishini quyidagi davrlarga boʻlish mumkin:

  1. Urugʻning sut pishishi

  2. Toʻliqsiz pishish davri

  3. Toʻliq pishish davri

Tinim davrini boshidan kechirgan urugʻ maʼlum vaqtdan soʻng qulay sharoitda una boʻshlaydi. Unayotgan urugʻ quyidagi uch holatni boshidan kechiradi.

  1. Fizik – suvni qabul qilish

Biokimyoviy – zaxira oziq modda

  1. larni eriydigan holga yetishi.

  2. Biologik – murtakni rivojlanishi.

Urugʻlarning rivojlanishi uchun suv, havo , harorat zarur.
HATOLIK KETGAN BOʻLSA UZR. TOLDIRILADI QOLIB KETDI – MAYSANING TUZILISHI.
TUZDI: ZUHRIDDIN XOLMIRZAYEV 22 160 GURUH TALABASI
Urug’ning unishi. Maysaning tuzilishi. Urug’ning unishi uchun ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Bularga namlik, harorat va havo (kislorod) zarur bo’ladi. Hamma o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (20-300C) talab etilsa, minimal harorat o’zgaruvchan bo’ladi. O’rtacha harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan biroz yuqori bo’lishi mumkin (sebargada 0,50C, javdarda 10C, bug’doyda 40C). Subtropik va tropik o’simliklar urug’i uchun 10-20 0C va undan ortiq (g’o’zada 140C, sholida 100C, qovun va bodringda 15-180C). Ba’zi urug’larning unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanad.
Urug’ unishidan oldin suv shimib bo’kadi. Bu paytda urug’ po’sti yorilib, fermentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab eriydi. Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta’minlanishi tufayli uning barcha organlari o’sa boshlaydi. Urug’ po’sti yorig’idan yoki chang yo’li orqali murtak ildiz chiqadi va yosh o’simtani tuproqqa biriktiradi. O’simlik mustaqil ravishda tuproqdan suv va mineral moddalarni o’zlashtira boshlaydi.
Tuproq yuzasida gipokotil to’g’rilanadi va o’zi bilan birga urug’palla va kurtakni olib chiqadi. Urug’ pallalar tezda yashil rangga kiradi. Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi.
Ba’zi o’simliklarda gipokotil juda sust o’sadi. Shuning uchun ham urug’pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo’gim oraliq – epikotil cho’zilib tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi. Birinchi tur unish yer ustki, ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o’simliklarda g’o’za, loviya, sabzi, kungaboqar, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nastursiya kabi o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli (86-rasm).
Shunday qilib, ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, yon ildiz, ildiz bo’yni, gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi chin barg va uchki kurtak.
Bir pallali o’simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Bu o’simliklarda popuk ildiz sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz maxsus g’ilof-koleoriza bilan o’ralgan. Ildiz koleoriza to’qimasini yorib tuproq bilan ilashadi. Bir necha soat keyin qo’shimcha ildizlarning hosil bo’lishi bilan bo’gliq. Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o’sib chiqadi. Asosiy ildiz uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq yuzasida koleoptil o’sadi va unda esa maysaning dastlabki haqiqiy barglari ko’zga tashlanib turadi.
Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo’linishi va ajralishi natijasida urug’ murtagi va uning unishidan maysa hamda o’simlikning hamma vegetativ organlari ildiz, poya va burglar shakllanadi.
Download 19.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling