Ushbu dastur tirik organizmlarni mexanik harakatlari tasnifi, harakatning
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт биомеханикаси
kinematik asoslari, vaqt va masofani hisoblash, tezlik va tezlanish, harakatlar ritmi va tempi, fazoviy tavsiflar, dinamik tavsiflar, kuch tavsiflari va energetik tavsiflar, biomexanikani ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi, biomexanik kattaliklar, o‘lchov birliksiz parametrlar, o‘xshashliklar tahlili, biomexanika uslubiyoti, biomexanik nazorat asoslari, odamning harakat sifatlari biodinamikasi, differensial biomexanika, inson harakatlarini boshqarishning biomexanik aspektlari, harakatlantiruvchi faoliyatning nerval mexanizmlari(boshqarishning ichki tizimi), harakatlarni matematik modellashtirish, inson tanasining muvozanati(gavda holatini saqlash va turgan joyida harakatlar), odam lokomotsiyalari (harakatlari), siljituvchi harakatlar, berilgan natijaviylik uchun harakatlarni shakllantirish va takomillashtirishning biomexanik texnologiyalari masalalarini o‘z ichiga oladi.
Fanning maqsad va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalar sport amaliyotida keng qo‘llaniladigan harakatlarning mexanik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini o‘rganish, sportchilar texnik mahoratini oshirish usullarini, harakatlarni unumli va tejamli bajarilishi uchun biomexanik asoslari bo‘yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalar sport pedagogik amaliyotda sportchilarning harakat sifatlarini takomillashtirish uchun mashg‘ulotlarni tinglash va sport mashg‘ulotlari texnikasini egallash; ularning bajarilishini baholashda biomexanik asoslash va holatlarni tahlil qilishda tanlab hisoblashga o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakaslariga qo‘yiladigan talablar “Biomexanika” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: - tana biokinematikasi;
11
- richak va muvozanatlarning turli-tumanligi harakatlar va ularni tuzilmasining biomexanik asoslari haqida tasavvurga ega bo`lishi; - sport faoliyatida qo‘llaniladigan harakat tavsiflari va o‘lchov birliklari tizimlaridan foydalanish; haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; - tana biozvenolarining harakatlari ritmi va tempi, fazoviy va dinamik tavsiflarini hisoblash; - tana biozvenolari harakat tavsiflarini hisoblash va grafik ifodalash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - harakatlarning biomexanik tavsiflari va ularni tahlil qilish; - harakatning kinematik, dinamik va energetik tavsiflarini aniqlashga doir masalalar echish; - sportchining qomatini buzilish sabablarini tahlil qilish; - funktsional va hisoblash topshirig‘ini echish; - tajriba materiallarini umumlashtirish va qayta ishlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fаnning o’quv rеjаdаgin bоshqа fаnlаr bilаn o’zаrо bоg’liqligi vа uslubiy jihаtdаn uzviyligi Mazkur fan o‘quv rejasidagi “Bioximiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq. Fanni o‘rganishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari fizika, matematika fanlari bo‘yicha olingan nazariy va amaliy bilimlar zarur bo‘lsa, o‘z navbatida bu fandan olingan bilimlar talabalarning bitiruv malakaviy ishlari hamda dissertatsiyalarini bajarish, ularda olingan natijalarni biomexanik tahlil qilishda bazaviy bilimlar vazifasini o‘taydi.
Fanning ilm-fan sport hamda ishlab chiqarishdagi o‘rni Mazkur fan jismoniy tarbiya va sport faoliyati mashg‘ulotlarini to‘g‘ri taqsimlashda va tashkil qilishda zarur bo‘ladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, bo‘lajak o‘qituvchi va murabbiylar sportchilarning jismoniy tayyorgarlik va natijalarning murakkab tomonlarini aniqlash yo‘llarini, ularga tasir ko‘rsatadigan turli omillnrni baholash,
12
o‘qitish va mashq bajarish jarayonlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash malakasi va ko‘knikmalarini egallashlari talab qilinadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar O‘quv jarayoni bilan bog‘liq talim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy pedagogik darajada ta’lim berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol javob tarzida qiziqarli tashkil etish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan,o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, tinglovchilar bilan talabchanlik holatida individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
ASOSIY QISM Fanning nazariy mashg’ulotlar mazmuni Kirish, biomexanika fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalar Biomexanika ilm –fani. Tirik tizimlardagi mexanik jarayonlar. Biomexanika fanining maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti. Biomexanik harakat shakllari haqida tushunchalar, inson mexanik harakatlarini xususiyatlari, sport biomexanikasi fanini mazmuni.
Biomexanikani ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi Biomexanikani fan sifatida shakllanish va o‘qitilish tarixi. Biomexanikani hozirgi holati, rivojlanish yo‘nalishlari va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Fizik kattaliklar, o‘lchov birliksiz parametrlar, o‘xshashliklar tahlili Fizik kattaliklar o‘lchov birliklariga oid asosiy ma’lumotlar. Geometrik va fizik o‘xshashliklar. Biomexanik tizimlardagi o‘xshashliklarni tahlili.
13
Biomexanika uslubiyoti. Biomexanik nazorat asoslari Inson harakatlanish faoliyatini o‘rganishning uslubiy asoslari. Ularni o‘rganishda biomexanikaning roli va o‘rni. Harakatlantiruvchi harakatning tuzilishi. Harakatlar tizimi, uning tarkibi va tuzilmasi. Harakat asoslari: mexanik harakat - determinizm, noaniqlik, mavhumlik; biologik harakat - xilma-xillik, maqsadga yo‘naluvchanlik, variativlik, adaptatsiya va psixologik harakat - motivatsiya, mazmuniy tarkibi, o‘z-o‘zini nazorat qilish. Harakatlantiruvchi harakatning tizimli xossalari. Biomexanikada o‘lchashlar. Laboratoriya sharoitida va natural o‘lchashlar. O‘lchashning texnik vositalari va uslublari. Harakatlarni tadqiq qilishning instrumental usullari. Mexano-elektrik (goniometriya, spidometriya, akselerometriya, dinamometriya, stabilometriya va b.) usullar. Optik va optik-elektron tizimlar (biomexanik foto, kinotasvirga va videotasvirga olish, televizion tizimlar, optik- elektron juftliklar, lazer qurilmalar va b.). Elektrofiziologik (elektromiografiya) usul.
Odam harakatlari kinematikasi Kinematikani asosiy tushunchalari va kinematik tavsiflar. Murakkab harakatlar. Vaqt va fazoda odam harakatlari. Inson tanasi va harakatlarining kinematik tavsiflari. Inson tanasi kinematik tavsiflari. Vaqt va masofani o‘lchash, sanoq nuqtasi va tizimlari. Fazoviy tavsiflar: nuqta, jism va jismlar tizimi koordinatalari. Harakat traektoriyasi. To‘g‘ri va egri (aylanma) chiziqli harakat, tekis hamda tekis tezlanuvchan harakatlar. Vaqt tavsiflari: vaqt momenti, harakatning davomiyligi, harakat tempi, harakat ritmi. Vaqt-fazoviy tavsiflar: nuqta va jismning oniy, o‘rtacha tezligi, tezlanish.
Odam harakatlari dinainikasi Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari. Inersiya tushunchasi, jism massasi. Odam harakatlarida kuchlar. Inson tanasi va harakatlarining dinamik tavsiflari. Odam massasi geometriyasi va uni aniqlash usullari. Tanani og‘irlik kuchi. Kuch tavsiflari.
14
Tashqi kuchlar, tashqi jismlar, muhit va tayanchni odam gavdasiga ta’sir me’yori sifatida. Tashqi jismlarning inersiya kuchlari, elastik deformatsiya kuchlari, og‘irlik va vazn kuchlari, tayanch reaksiyasi kuchlari. Inson harakatlarida kuchning roli. Ichki kuchlar insonning gavda qismlari va to‘qimalari o‘zaro ta’sirining me’yori sifatida. Kuchlar inson harakatlantiruvchi apparatining passiv elementlarida. Qorin bo‘shlig‘i ichidagi bosim kuchlari. Sport amaliyotida dinamik ko‘rsatkichlar.
Inson tanasi aylanma harakati dinamikasining asoslari. O‘q atrofida harakatlar Aylanma harakat to‘g‘risida tushuncha. Bo‘g‘inlarda zvenolar harakati (bo‘g‘inlarda aylanish o‘qi, dumalanish, sirpanish va buralish haqida tushuncha). Zvenoning burchak tezlanishini uning uchun tashqi hisoblangan kuch momentlariga va uninng hususiy inersiya momentiga bog‘likligi. Biokinematik juftlikda elastik va inersion kuchlarning roli. Bo‘g‘in kuchining ta’siri ostida zvenoni aylanishi. Kinematik zanjir zvenolarining o‘q atrofida harakati - aylanma va radial harakatlar yig‘indisi natijasi sifatida. Aylanish juftligi kinematikasi. Radial harakatda inersiya momentining o‘zgarishi. Tayanchli va tayanchsiz biomexanik tizimning harakatlari. Kinetik momentni saqlanish qonuni. Yopiq lizimda uni nomoyon bo‘lishining xususiyatlari. Inson gavdasini tayanch bilan o‘zaro ta’siri o‘q atrofida harakatlarning o‘zgarish sababi sifatida. Kinetik momenti o‘zgargan va saqlangan holda o‘q atrofida harakatlarni boshqarishning asosiy usullari: tashqi kuchning qo‘yilishi, inersiya radiusini o‘zgarishi, tashqi kuch momentini faol hosil qilish, gavdani guruhlash va uni yoyish, qo‘l va oyoqlarni qarama- qarshi aylanma harakatlari va gavdani egilishlari. Aylanma va ilgarilanma harakatlarni qo‘shish. Aylanishning oniy o‘qi.
Inson harakatida mexanik ish va energiya “Mexanik ish” tushunchasi. Tashqi va ichki ish. Vertikal va bo‘ylama ish. Mexanik harakat quvvati. Mexanik ish samaradorligini miqdoriy baholash. To‘liq mexanik energiyaning tashkil etuvchilari. Kenig teoremasi. Ko‘chishda bajariladigan
ish: ichki va tashqi ish, vertikal va bo‘ylama ish. Mexanik energiyani tejash: energiya
15
almashuvi, energiyani bir zvenodan boshqa zvenoga o‘tishi, mushaklar va paylarni elastik deformatsiyasi, potentsial energiyasidan foydalanish. Inson harakatlarida ish va energiyani o‘lchash usullari.
Odam tayanch-harakat apparati biomexanikasi Odam tayanch- harakat apparatining tuzilishi, tana bo‘hinlari, bog‘lamlari. Biomexanik zanjirlar. Biozvenolarni harakat erkinligi darajasini soni va o‘zaro bog‘liqlik. Tana biozvenolari (bo‘laklari) biokinematik zanjirlarda richaglar va mayatniklar sifatida. Suyak richaglarini tezlanishi va muvozanati shartlari. Biokinematik mayatniklar. Mushaklar biodinamikasi. Mushakning mexanik xossalari. Mushakni qisqarish mexanikasi. Mushak quvvati, ishi va energiyasi. Mushakni mexanik harakati. Mushak ishining turlari.
Odamning harakat sifatlari biodinamiksi. Insonning harakatlantiruvchi sifatlari biomexanikasi Harakat sifatlari haqida tushuncha. Harakatlantiruvchi sifatlar biomexanikasi. Inson motorikasi to‘g‘risida tushuncha, uning harakatlantiruvchi imkoniyatlar to‘plami sifatida. Harakatlantiruvchi sifatlar - motorikaning sifat jihatidan turli tomonlari. YAqqol, ko‘rinuvchi, bevosita o‘lchash imkoniyati bo‘lgan va latent (yashirin), bevosita o‘lchash imkoni bo‘lmagan harakatlantiruvchi sifat ko‘rsatkichlari. Kuch, tezkorlik va tezkor-kuchlilik sifatlari. Chidamlilikning biomexanik asoslari. Egiluvchanlik biomexanikasi. Odamni harakat imkoniyatlari va tana tuzilishi. Harakat imkoniyatlarini o‘zgarishi. Kuch sifatlarini biomexanik tavsiflari. Inson harakati kuchi va mushak kuchi. Tezlik sifatlarini biomexanik tavsiflari. Tezlik sifatlari tushunchasi. Tezlik dinamikasi. Kuchning o‘zgarishi va ta’sir tezligi. Kuch va tezlik sifatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar. Kuch, tezlik va harakatlantiruvchi topshiriqlar davomiyligi o‘rtasida parametrik
va noparametrik bog‘lanishlar. Kuch sifatlarining biomexanik xarakteristikasi. Inson harakati kuchi. Kuch sifatlari to‘g‘risida tushuncha. Inson harakati kuchini harakatlantiruvchi topshiriqlar parametrlariga (ko‘chayotgan massaga, tezlikka, harakat yo‘nalishiga, qarshilik kuchi tabiatiga) bog‘liqligi. Gavda holati va inson
16
harakati kuchi. Kuch mashqlarini bajarishda gavda vaziyatini tanlash. Kuch topografiyasi. Alohida muskul guruhlari kuchini mashqlantirishning biomexanik xususiyatlari. Maxsus kuch mashqlariga biomexanik talablar. Qo‘shma ta’sir usuli. Harakatlantiruvchi reaksiyalarning biomexanik aspektlari. Ergometriya asoslari. Harakatlantiruvchi topshiriqlami qaytuvchanlik qoidasi. Charchash va uning biomexanik namoyon bo‘lishi. Chidamlilikni biomexanik tavsiflari va uni o‘lchash usullari. Chidamlilikni talab qiluvchi sport texnikasi va mashqlarini xususiyatlari. Sport texnikasini tejamliligi muammosi; tejamkorlikning brutto-,netto-va delьta- koeffitsientlari. Sport texnikasini iqtisodlashtirishning biomexanik asoslari. Katta chidamlilikni talab qiladigan mashqlarda sport texnikasi xususiyatlari. Egiluvchanlikning biomexanik xarakteristikalari. Egiluvchanlik to‘g‘risida tushuncha. Uni o‘lchash usullari. Faol va passiv egiluvchanlik. Egiluvchanlikni sport texnikasiga ta’siri. Harakatlantiruvchi sifatlarni tarbiyalash uchun trenajerlarning tuzilishi va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan biomexanik talablar.
Differentsial biomexanika Inson harakatlarining individual va guruhlarga xos xususiyatlari hamda ularni biomexanikasi. Inson motorikasining individual va guruhlarga xos xususiyatlari. Insonni gavda tuzilishi va motorikasi. Motorika ontogenezi. Ontogenezda tabiiy lokomotsiya biomexanik parametrlarini o‘zgarishi. Harakatlantiruvchi asimmetriya va harakatlantiruvchi ustunlik. Insonlar gavdasi umumiy o‘lchamlarini, ularning harakatlantiruvchi imkoniyatlariga ta’siri. Gavda proporsiyalari va tabiiy xususiyatlarini ta’siri. Motorika ontogenezida balog‘atga etish va o‘rganishni roli. Harakatlantiruvchi yosh, akseleratlar va retardantlar. Motorika gomeorezi hodisasi. Harakatlantiruvchi ko‘rsatkichlar stabilligi va irsiy ta’sirlar asosida motorikani rivojlanishini bashorat qilish. Inson hayotining turli davrlarida harakatlarni rivojlanishi: tug‘ilgan paytidan bir yoshgacha bolalik davrida; maktabgacha tarbiya davrida uch yoshgacha va 3-7 yosh oralig‘ida; maktab yoshi 7-17 yosh davrida; 18- 30 yosh davri; 30 yoshdan katta bo‘lgan davr. O‘rganish va trenirovka samarasiga
17
yoshning ta’siri. Ayollar motorikasi xsusiyatlari. Ayollarning harakatlantiruvchi, xususan, sport, imkoniyatlari.
Inson harakatlarini boshqarishning biomexanik aspektlar Harakatlantiruvchi faoliyatning nerval mexanizmlari (boshqarishning ichki tizimi) Harakatlarni boshqarish darajalari (sathlari). Harakatlantiruvchi (motorli) dasturlar. Harakatni shakllantirishda dasturlashni roli. Harakatlarni boshqarishda teskari aloqani roli. Harakat strategiyasi. Boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari. Boshqarish apparati va ijro apparati. Ijro apparati holatlari - boshlang‘ich, oraliq va yakuniy. Boshqarish maqsadlari, o‘zini tutish (yurish-turish) dasturi, yakuniy natija. Boshqaruvchi va chalg‘ituvchi ta’sirlar. O‘z-o‘zini boshqarish tizimlarida boshqaruvni tashkil etish usullari. Boshqaruvning dasturiy usuli. To‘g‘ri va teskari aloqa kanallari. Boshqaruvning ochiq va yopiq konturlari. O‘zaro ta’sir shakillari - markazlashtirilgan va periferik. Aloqa kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni harakati. Mushak faolligini boshqarishning biomexanik aspektlari. Mushak faolligini boshqarishda to‘yinganlik muammolari. Asab impulsi, mushak kuchi va berilgan harakatning ko‘p xilligi tamoyili. Kelajakda talab qilinadigan model. Boshqarish va rostlash. Ixtiyoriy nazorat va sensor tahrirlari. Harakatlantiruvchi harakatning funksional tizimlari - energiya bilan ta’minlovchi va shakllantiruvchi tizimlar.
Harakatlarni matematik modellashtirish Modellashtirishga asosiy yondashuvlar. Inson harakatlarini modellashtirishda mexanikaning to‘g‘ri va teskari masalalari. Inson harakatini mexanik-matematik modellashtirish usullari.
Inson tanasining muvozanati (Gavda holaini saqlash va bir turgan joyida harakatlar) Tana va tana tizimlarini muvozanat shartlari. Tana muvozanatini saqlashda turg‘unlikni ta’minlovchi kuchlar. Muvozanatni saqlashni boshqarish. Tana tuzilishining statik va dinamik biodinamikasi. Tashqi reaktiv kuchlar ta’siri. Yuqori va pastki tayanchlarga tortilish va undan itarilish mexanizmlari. Inson gavdasi holati
18
(joy, orientatsiya va holat). Qo‘zg‘atuvchi va muvozanatlovchi kuchlar (ularning manbai va ta’siri). Inson gavdasi (jismlar tizimini) muvozanat shartlari va turg‘unlik ko‘rsatkichlari. Qo‘zg‘atuvchi tashqi ta’sirlar (antagonist mushaklarni retsiprok xarakterdagi o‘zaro ta’siri, bo‘g‘in mushaklari birikmalarini bikrligini o‘zgarishi, kompensatsiyalovchi va amortizatsiyalovchi harakatlar, balanslash va b.) mavjud bo‘lganda va bo‘lmaganda inson gavdasi holatini saqlanishi. Qomatni statik va dinamik biodinamikasi. Qomat to‘g‘riligini buzilishi va uni tiklash. Tayanchda gavda holatini o‘zgarishi - joyida harakatlanishlar sifatida. Joyida turib harakatianish shartlari, muvozanatni tayanch joyini saqlash. Tizim massa markazini saqlash va harakatini o‘zgartirish. Tayanch, tayanchlar va qo‘zg‘aluvchi zvenolarining o‘zaro ta’siri. Reaktiv tashqi kuchlarmng roli. Tizim harakat miqdorini saqlanishi va o‘zgarishi. Tayanch holatidagi engib o‘tuvchi va yon beruvchi harakatlar. Tortilish va itarilish mexanizmlari. YUqori va pastki tayanchga nisbatan faol va passiv yaqinlashish va uzoqlashish shartlari.
Odam lokomotsiyalari (harakatlari) biomexanikasi Odam lokomotsiyalari turlari. Tana biozvenolari harakatini tashkil etish, nazorati va boshqarish mexanizmi. Lokomotsiyalarni bosh miya tomomdan rostlanishi. Harakat reaksiyalarini nazorati. Harakatlantiruvchi harakatlar, mashqlar
va trenirovkalar biomexanikasi. Sport o‘yinlan lokomotsiyalari. Yurish va yugurish jarayonidagi harakatlar va uni elementlari. Qadam tezligi, uzunligi, chastotasi va ritmi. Sakrash biodinamikasi. Tezlik olish. Depsinish uchish va yugurish biodinamikasi. Turli masofalarga yugurish. Yurish biodinamikasi. Suv sporti. Velosipedda harakatlanish. Harakat muhitni qarshiligi. Yadro uloqtirish. Og‘ir atletika. Lokomotsiyalar energetikasi.Tayanch (er) va muhit (suv) bilan o‘zaro ta’sirda lokomotsiyalar. Erdagi va suvdagi lokomotsiyalarda tayanchdan depsinishda harakatlantiruvchi kuchlarni vujudga kelishining mexanik sharoitlari. Inson tanasi ichki kuchlari ishi va kinetik energiyasining o‘zgarishi. Depsinishda tayanchni reaksiya kuchi va uning tashkil etuvchilari. Harakatlantiruvchi va tormozlovchi kuchlar nisbati. Qadam tezligi, uzunligi, chastotasi va ritmi.
19
Dastlabki harakatlari:dastlabki holati, harakatlari va tezlashish. Distansiya bo‘yicha harakat va yakunlash (marraga kelish). Er usti lokomotor harakatlarida gavda zvenolarmi o‘zaro ta’siri. Tayanchdan xususiy depsinish mexanizmi. Zvenolarni siltanish harakatlari mexanizmi. To‘ntarilgan mayatnik mexanizmi. Er usti lokomotsiyalari turlari. Yurish biomexanikasi: tayanchda va oyoqn, ko‘chirishda qadam tashlash harakatlari elementlari; gavda va qo‘llarning bir-biriga mutanosib harakatlari. Yugurish biomexanikasi: uchish davri - oyoqni oldinga irg‘itish, tayanchga tushirish; tayanch davrlari - cho‘kish, depsinish. Sakrash biomexanikasi: depsinishga tayyorgarlik, depsinish, uchish, amortizatsiya. Sirpanib ko‘chish; chang‘ida sirpanib qadam tashlash, chang‘i va tayoqlar bilan depsinish. Suvda tayanch bilan harakatlanish: suzuvchanlik, muhit qarshiligi, eshkak eshish mexanizmi. Harakatlarni mexanik o‘zgartirishlar orqali ko‘chish. Velosiped pedalida kuchlanishni uzatish. Akademik eshkak eshishda kuchlanishni uzatish.
Siljituvchi harakatlar Siljituvchi harakatlar turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Snaryadlar uchishi mexanikasining asoslari. Snaryadning uchish tezligi, balandligi va burchagi. Snaryadning aylanishini va havo qarshiligini uning uchish traektoriyasiga ta’siri. Giroskopik effekt va Magnus effekti. Uloqtirish va irg‘itishlar biomexanikasi. Harakatlar fazasini tarkibi. Gavda zvenolarining va harakatlanish kuchining o‘zaro ta’siri. “Xlest”- sermash mexanizmi va yaxlit kinematik zanjirning buriluvchi harakatlari. Zarbali harakatlar biomexanikasi. Zarba nazariyasi asoslari (mexanik zarba to‘g‘risida tushuncha, zarba turlari va zarbali impuls). Zarbali harakatlar fazalari. Zarbali massa roli. Siljuvchi harakatlarda aniqlik. Maqsadli aniqlik to‘g‘risida tushuncha va uni o‘lchash usullari. Harakatning biomexanik xarakteristikalarini va ularni bajarish shartlarini maqsadli aniqlikka ta’siri.
20
Sport - texnik mahorat Sport harakatlarini bajarishda muskullarning motorli va sensorli funksiyalari. Qator sport turlarida sport natijalarini ortib borishi bilan sport texnikasi parametrlarini o‘zgarib borish tendensiyasi. Harakatlar koordinatsiyasining biomexanik asoslari. Murakkabligi o‘suvchi mashqlar biomexanikasi. Sport mahoratining biomexanik qirralari. Sport taktikasining biomexanik aspektlari. Sport- texnik mahorat. Sport texnikasi to‘g‘risida tushuncha. Texnik mahorat ko‘rsatkichlari. Ko‘rsatkichlarning ikki guruhi: 1) sportchi nima qila oladi (texnika hajmi, har tomonlamaligi, ratsionalligi); 2) buni u qanday bajara oladi (texnika samaradorligi va o‘zlashtirganligi). Texnika samaradorligi turlari: (absolyut, qiyosiy va amalga oshirish samaradorligi) va ularni baholash usullari. Texnikani o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichlari (stabillik, turg‘unlik, bajarishni avtomatlashganligi). Sport texnikasining diskriminativ alomatlari.
Berilgan natijaviylik uchun harakatlarni shakllantirish va takomillashtirishning biomexanik texnologiyalari Inson va tashqi muhit. Sportchi harakatlarini boshqarishning tashqi tizimi. Trenajerlar va trenirovka moslamalari. Jismoniy tarbiya-sport ishlari amaliyotida biologik teskari aloqalar. Sport inventari va jihozlari xususiyatlarini optimallashtirishning mexanik shartlari. Trenirovkaning biomexanik vositalardan foydalanib texnik-jismoniy mutanosiblik tamoyilini amalga oshirish. Sportchilarni rekord natijaviylikka olib chiqishning biomexanik usullari va vositalari.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiyro’yxati 1. Inson gavdasi va harakatlarini biomexanik tavsiflash. 2. Biomexanik parametrlarni o‘lchash natijalarini qayta ishlash. 3. Sakrash kinotsiklogrammasini chizish. 4. Yugurish kinotsiklogrammasini chizish. 5. Yugurish va sakrash chiziqli xronogrammasi qurish. 6. To‘g‘ri chiziqli harakat tezligini aniqlashga doir masalalar echish. 7. To‘g‘ri chiziqli harakat tezlanishini aniqlash doir masalalar echish.
21
8. Sakrash kinotsiklogrammasi asosida tezlik grafigini chizish. 9. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlik grafigini chizish. 10. Fotokinomateriallar asosida mexanik harakatlar tavsiflarini aniqlash. 11. Sakrash kinotsiklogrammasi asosida tezlanish grafigini chizish. 12. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlanish grafigini chizish. 13. Aylanma harakat burchak va chiziqli tezliklarini aniqlashga doir masalalar echish. 14. Aylanma harakat burchak tezlanishini aniqlashga doir masalalar echish. 15. Aylanma harakat burchak tezligini hisoblash va grafigini qurish. 16. Aylanma harakat burchak tezlanishini hisoblash va grafigini qurish. 17. Harakat dinamikasiga oid masalalar echish. 18. Odam bosh suyagini zarba kuchiga tolerantligi aniqlash. 19. Odam kinestetik sezgisini (harakat bo‘yicha) panja dinamometri yordamida aniqlash. 20. Odam kinestetik sezgisini (kuch bo‘yicha) panja dinamometri yordamida aniqlash.
21. Odam tanasi umumiy og‘irlik markazini analitik usul bilan aniqlash. 22. Sport faoliyatida ish va energiyani hisobiga doir masalalar echish 23. Sportchi gavdasi quvvatini aniqlash doir masalalar echish. 24. Sport biomexanikasida test o‘tkazish va pedagogik baholash.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar sportchi laming harakat sifatlarining biomexanik asoslarini o‘rganadilar. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan nazariy bilimlari amaliy masalalar echish, grafik va chizmalar chizish hamda qiyoslab o‘rganish asosida yanada boyitiladi. SHuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalardan samarali foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish orqali talabalar bilimlarini mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarini
22
mustahkamlash, mavzular bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash tavsiya etiladi va o‘rgatiladi.
Chizma-hisoblash ishlari Chizma-hisoblash ishlarining maqsadi talabalarga biomexanikaning boshlang‘ich asoslarini hamda kineziologik tahlil asosida sport harakatlari o‘rganiladi. Chizma-hisoblash ishlari quyidagilardan iborat: - tajribada olingan ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish va zamonaviy usullardan foydalanib tahlil qilish; -biomexanik harakat tavsiflarini hisoblash va grafik ifodalash; -harakatni biomexanik baholash. Chizma-hisoblash ishlari bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ular bosqichma-bosqich mustaqil yoki o‘qituvchi maslahatlari yordamida bajariladi. Vaqtni tejash mqsadida hisoblash ishlarida kalkulyator yoki kompyuterdan foydalangan holda bajarish mumkin. Olingan materiallarni talabalar jadval va grafik ko‘rinishida ifodalashlari kerak. Bajarilgan amaliy ish yakunida u yoki bu sifatni rivojlantirish yoki boshqa maqsadlar uchun xatolik va kamchilik bo‘yicha xulosalar chiqariladi va muhokama qilinadi.
Labaratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Fan bo‘yicha labaratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar Fan bo‘yicha kurs ishi o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.
Mustaqil ta’limning shakli va mazmuni Talabalar darsdan tashqari paytlarda o‘tilgan mazularni mustaqil o‘zlashtirishlari va egallagan bilimlarini mustahkamlashi, amaliy mashg‘ulotlarga
23
tayyorlanib kelishlari uchun tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishlari zarur bo‘ladi. Mustaqil ish bajariladigan mavzular bo‘yicha savolnomalar va testlarni tuzish, savollarga tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda yozma tarzda javob berish, me’yoriy hujjatlardan foydalanish, har bir mavzu bo‘yicha muammoli masalalarni hal qilish yo’llarini bayon qilish, tavsiyalar berish va boshqalar ko‘zda tutilgan. Mustaqil ish uchun 56 soat ajratilgan bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan: 1) adabiyotlarni va ma’ruza matnlarini o‘qib o‘rganish - 10 soat; 2) tavsiya etilgan mavzulardan biri bo‘yicha referat tayyorlash va himoya qilish - 22 soat; 3) chizmalar chizish va hisoblash ishlarini amalga oshirish - 24 soat. Talabalar mustaqil ishlarini baholash joriy va oraliq nazorat paytidainobatga olinadi. Mustaqil ishlarni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviy bog‘liqlikda bajariladi. Talaba mustaqil ishni tashkil etishda quyidagilardan foydalanishi tavsiya etiladi: - darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan foydalanib o‘quv rejasi mavzularini o‘rganish; - maxsus va davriy-ilmiy uslubiy adabiyot manbalaridan foydalanib bilimlarini mustahkamlash; - yangi texnika, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari 1. Biomexanik parametrlarni o‘lchash natijalarini qayta ishlash. 2. To‘g‘ri chiziqli harakat tezligini aniqlashga doir masalalar echish. 3. To‘g‘ri chiziqli harakat tezlanishini aniqlash doir masalalar echish. 4. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlik grafigini chizish.
24
5. Yugurish kinotsiklogrammasi asosida tezlanish grafigini chizish. 6. Aylanma harakat burchak, chiziqli tezligini va tezlanishini aniqlashga doir masalalar echish. 7. Harakat dinamikasiga oid masalalar echish. 8. Odam bosh suyagini zarba kuchiga tolerantligi aniqlash. 9. Odam kinestetik sezgisini (harakat bo‘yicha) panja dinamometri yordamida aniqlash. 10. Odam kinestetik sezgisini (kuch bo‘yicha) panja dinamometri yordamida aniqlash. 11. Sportchi gavdasi quvvatini aniqlash doir masalalar echish. 12. Sport biomexanikasida test o‘tkazish va pedagogik baholash. Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-komnumikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan: - O‘lchash nazariyasi asoslari. O‘lchash natijalariga statistik ishlov berishning asosiy usullari. O‘lchash natijalarining bir o‘lchamli qatorlari. O‘lchash natijalari qatorining asosiy statistik xarakteristikalarini o‘rganishga bag‘ishlangan mavzular zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaklik texnologiyalardan foydalanilgan holda o‘tkaziladi; - amaliy mashg‘ulotlarda guruhli fikrlash, aqliy hujum, “ish o‘yini” va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi; - o‘z-o‘zini nazorat, kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi; - “Ish o‘yini”, guruhli fikrlash, muammoli vaziyat, qadamba-qadam metodi, aqliy hujum va boshqa pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar 1. Allamuratov SH.I., Nurmuxamedov A.M., “Sport biomexanikasi”, Toshkent, “Lider Press”posiobiyi 2009 y., 222 b.
25
2. Дубровский.В.И., Федорова В.Н. Биомеханика: учебник для вузов - М.: Издво Владос-Пресс, 2008. – 669 с. 3. Донской Д.Д., Зациорский В.М. Биомеханика: Учебник. - М.: ФиС, 1979. – 264 с.
200 b b.
Qo‘shimcha adabiyotlar 4. Sulaymonov S.S. “Biomexanika” fani ma’ruzalar to‘plami 2014-2015 yy.
5. Axmedov B.A. “Biomexanikadan amaliy mashg‘ulot”. - Toshkent, 1993 190 6. Axmedov B.A. “Sport biomexanikasidan mashq va masalalar” (statistika va kinematika) 1-qism. - Toshkent, 1995 y. 7. Axmedov B.A., Xasanova S.A. “Biomexanikadan praktikum”, T.“Med.” 1986. 190 b 8. Umarov D.X., Akbarov A., Tangabaev A.A., Biomexanika (masalalar echishga oid qo‘llanma), O‘zDJTI, Toshkent, 2010, 58 b. 9. Utkin V. L.- “Biomexanika fizicheskix uprajneniy”.Ucheb. posobie.-M.: Prosveiuenie, 1989.-210 s. 10. Бернштейн Н.А. Биомеханика и физиология движений: Избранние психологические труди. - М.: 2008. – 688 с. 11. Аруин А.С., Затсиорский В.М. “Эргономическая биомеханика”.uchibnik - М. 1989 г. 160 s 12. Донской Д.Д., Зайсев Л.З. “Биомеханика” методическое указание для студентов института физкультуры. - M. 1993 г. 200 s 13. Hasanova S.A. Biomexanika. “O‘qituvchi” nashriyoti Toshkent: - 2004y 200 b. “Olimpiya zaxiralari kolleji uchun o‘quv qo‘llanmasi”. 14. Axmedov B.A. “Velotrenajerda ishlash”. - Toshkent,qo’llanma 1990 y. 150 b s 15. Донской Д.Д. Введение в биомеханику. uchibnik- М. 1981 г.200 s 16. Уткин В.Л. “Техника движений”.posobiyi - М. 1987 г.210 s 17. Уткин В.Л. Культура движений. -posobiyi М., - 1984. 200 s 1. http://www.accom.ru. 2. http://www.biomex.com. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling