Samarqand shahri tashqi elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 8,0 mln dollar;
Respublika bо‘yicha 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 43,8 mln dollar;
mavjud 35-110 kV elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 15,8 mln dollar;
Jamiyatda yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish loyihasi doirasida 13,0 mln dollar miqdoridagi mablag‘ о‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qо‘shimcha loyihalalar, jumladan EIZ va KSZlarni tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 13,3 mln. dollar miqdorida о‘z mablag‘lari sarf qilindi
Jamiyatda olib borilgan transformatsiya ishlari va moliyaviy sog‘lomlashtirish say-harakatlari natijasi о‘laroq, 2022 yilda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingi “BB-“ “Barqaror” darajada baholanganini qayd etib о‘tish joiz.
E’tiborlisi, mazkur reyting “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni jahonning investitsiya bozorida aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |