Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tassarufida 2023 yil 1 yanvar holatiga:
- Jami 04-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari (270 266,2 km);
shundan, 110 kV – 15 379,2 km; 35 kV – 13 492,3 km; 10 kV – 88 211,0 km;
6 kV – 14 079,2 km; 0,4 kV – 139 104,5 km.
- Jami transformator punktlari (95 789 dona)
shundan, 10/0,4 kV gacha – 78 291 dona; 6/0,4-160 kV gacha – 17 498 dona.
- Jami podstansiyalar (1 788 ta),
shundan, 110 kVli – 715 ta; 35 kVli – 1 073 ta mavjud.
О‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasidan foydalanuvchilarning umumiy soni:
yuridik iste’molchilar – 388,3 ming ta;
maishiy iste’molchilar (aholi) – 7,8 mln. kishi
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «О‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi tо‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasini yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshirib kelmoqda.
Bugungi kunda Jamiyat tarkibidagi 12 ta hududiy filial hamda 2 ta hududiy korxona tomonidan (“Buxoro HETK” va “Farg‘ona HETK” AJlar) 0,4-6-10-35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyasi, shuningdek, ularning rivojlanishi doirasida yangi qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari 3 ta filial (“EEHOAM” filiali, “D va SHXR” filiali, “Davlat xaridlari markazi” filiali) tomonidan elektr energiyasi iste’molchilariga xizmat kо‘rsatib kelinmoqda.
2022 yil davomida Jamiyat tarkibiy korxonalari tassarufidagi 35-110 kV kuchlanishli 1 787 ta podstansiyadan chiquvchi, 96 017 dona transformator punkti va 270,3 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali 390,3 ming yuridik hamda 7,4 mln. maishiy iste’molchilarga 68,0 mlrd kVt•soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bо‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan о‘sish sur’ati 105,6 foizni tashkil etdi.
Hisobot yilida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tarmoqlarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishiga alohida ahamiyat qaratildi.
Xususan, 2022/2023 yil kuz-qish mavsumini betalafot о‘tkazish maqsadida 28 020,8 km elektr tarmoqlari va 9 685 ta transformator punkti mukammal ta’mirdan chiqarilib, bu borada belgilangan kо‘rsatkichlar ijrosi tо‘liq ta’minlandi. Bundan tashqari, 35-110 kV quvvatga ega podstansiyalarda 86 dona kuch transformatori va 377 ta о‘chirgich mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Yuqoridagi say-harakatlar natijasida hududlarda 3,5 mingdan ortiq mahalla va qishloqlarda qariyb 3,7 mln ta aholi iste’molchilari va 210 ming tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi.
Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son Qaroriga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2022 yil uchun 5 ta yirik investitsion loyiha doirasida jami 84,14 mln dollar, shundan:
“Ishtixon” podstansiyasidan "Gornorudnaya-2" podstansiyasigacha 110 kVli ikkinchi elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida (NKMK dasturi) 0,22 mln dollar;
Do'stlaringiz bilan baham: |