Ushbu gapda ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan qaysi gap bo‘lagini izohlab kelgan?
Download 18.19 Kb.
|
Bog\'langan qo\'shma gap
QO’SHMA GAPLAR 1-TEST 1. Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami, kechmi pand yeyishadi. Ushbu gapda ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan qaysi gap bo‘lagini izohlab kelgan? A) egani B) kesimni C) to‘ldiruvchini D) aniqlovchini 2. Qaysi bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning faqat bittasi yuzaga chiqishi ta’kidlanishi mumkin? A) zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda B) ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda C) bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda 3. Mabodo bog‘lovchisi yordamida bog‘langan ergashgan qo‘shma gap qanday ma’no ifodalaydi? A) sabab B) shart C) maqsad D) qiyoslash-chog‘ishtiruv 4. Bog‘langan qo‘shma gapning sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini qaysi bog‘lovchilar bog‘lab keladi? A) biriktiruv bog‘lovchilar B) zidlov bog‘lovchilar C) ayiruv bog‘lovchilar D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar 5. Bog‘langan qo‘shmagapning payt munosabatida bo‘lgan qismlarini qaysi bog‘lovchilar bog‘lab keladi? A) biriktiruv bog‘lovchilar B) zidlov bog‘lovchilar C) ayiruv bog‘lovchilar D) ergashtiruvchi bog‘lovchilar 6. Mashhur qora qashqa ayg‘irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. Mazkur qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalangan? A) sabab-natija munosabati B) payt munosabati C) zidlik munosabati D) qiyoslash munosabati 7. Bog‘lovchi vositalardan qaysi biri qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga, ular orasida qiyoslash munosabati mavjudligini ifodalaydi? A) bo‘lsa, esa so‘zlari B) nisbiy so‘zlar C) biriktiruvchi bog‘lovchilar D) ayiruv bog‘lovchilar 8. Do‘stlikdan o‘tadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun do‘st orttirish imkoniyatlarini sira qo‘ldan boy berma. Ushbu qo‘shma gap qismlari o‘zaro qaysi bog‘lovchi vositasida bog‘langan? A) ergashtiruvchi bog‘lovchi B) nisbiy so‘zlar C) ko‘makchili qurilma D) ohang Download 18.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling