Ushbu hikoya hayotiy voqeaga asoslangan. Iltimos foydalanmoqchi bo’lsangiz, kanalning nomini ko’rsating, sizga omonat. Chunki bu o’z mehnatim


Download 421.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi421.07 Kb.
#1527425
  1   2
Bog'liq
Sevgilisiga yetishgan Umar hikoyasi



Ushbu hikoya hayotiy voqeaga asoslangan. Iltimos foydalanmoqchi bo’lsangiz, 
kanalning nomini ko’rsating, sizga omonat. Chunki bu o’z mehnatim.
t/me.iffatliqalb, @snergis 
Instagram asiriga aylangan
Ummu Gulsumning ibratli hikoyasi
40 yoshlardagi nur yuzli ayol, qo’lida tasbehi bilan xonaning pardalarini ochdi: 
“Ummu Gulsum uygʻon qizim, quyosh allaqachon chiqdi, yaqinda peshin bo’ladi. 
Uygʻonmaydiya. Yana yarim kechagacha telefon oʻynadingmi?!” 
“Oyijon iltimos yana ozgina uxlay” 
“5 daqiqada nonushtaga tush” deya onasi xonasidan chiqib ketdi.
Ummu Gulsum “uff” deya yostigʻini tagidan telefonini chiqardi. Instagramdan bir 
talay xabarlar kelgandi. Hayajon ichida kulimsiradi.
8 soat ichida 52 ta obunachi unga qo’shilgan edi. Darhol rasmlari tagiga yozilgan 
izohlarga javob bera boshladi. Bu orada onasi “Ummu Gulsum” deb chaqirdi. 
Qo’lidagi telefonini xonasida qoldirib pastga nonushtaga tushdi.
“Buving olib kelgan ko’ylak bilan ro’molni ilib qo’ydingmi? Juda yarashdi a senga. 
Biron bayramlarda kiyarsan” 
“Yo’q oyijon ilmadim. Bekorga joy olmasin, shundoq ham shkafim to’la, ham u 
ko’ylak menga bo’lmaydi, juda keng, ichida yo’qolib qoldim” 
“Ko’ylakka nima qilibdi, chiroyliku, biron maxsus kunlarda kiyasan” 
“Uff oyi siz bilan talashamanmi endi. Dugonalarim bilan uchrashishim kerak” deya 
xonasiga chiqib darhol kiyina boshladi. Tor jinsi shim, ustiga esa kaltaroq kofta 
kiydi. Oynani oldiga borib sochlarini tuyani oʻrkachidek qilib yig’di va roʻmolini 
oʻradi. Koʻziga qalam, biroz tush surdi. Labiga esa bilinar bilinmas qilib pomada 
surganidan keyin, telefonini olib rasmga tushdi va shu zahoti instagram profiliga 
joyladi. Joylashi bilan turli xil chiroyli soʻzlar kela boshladi. Kulib qo’ydi va atirini 
sepib uydan chiqdi. Yarim soatdan keyin dugonalari bilan uchrashib bir kafega 
kirishdi. Suhbatlari juda qiziqarli va kulgularga toʻla oʻtayotgan edi. Kafedagi 
hamma ularga qaradi, qizlar esa bu holatga yanada batarroq kular edilar. Ummu 
Gulsum yana telefonini chiqardi, kelgan xabarlarni oʻqib kulib qoʻyar edi. Yon 
stolda oʻtirgan yigitlar esa unga bir-bir qarab qoʻyib, oʻz oralarida pichirlashishar 
edi. Koʻp oʻtmay yigitlarning ichidan eng kelishgani Ummu Gulsum oʻtirgan 
stolning yoniga kelib: 
“Salom” dedi.
“Salom” 
“Sen instagramdagi Ummu Gulsum emasmisan?” 
“Ha, menman” deb javob berdi qiz.


“Bilgan edim. Doʻstlarim esa ishonishmadi. Haqiqatda goʻzal ekansan” 
“Balki... rahmat” dedi Ummu Gulsum qo’pol ohangda.
“Yoshing nechchida” 
“18 da. Bo’ldimi?!” 
“Meniki 26 da. Yoshlarimiz ham juda mos ekan. Kechroq yozaman senga”
Ummu Gulsumning dugonalari qahqaha otib kulishdi. Ularga Ummu Gulsum ham 
qoʻshilib kula boshladi.
Kech kirgan edi. Dugonalar birgalikda uyga qaytayotgan edilar. Qorong’idan 
ko’chada deyarli hech narsa ko’rinmas edi. Ummu Gulsum qoʻlida telefon bilan 
barchadan oldinda ketayotgan edi. Ko’cha tomonga burilmoqchi boʻlganida birdan 
bir narsaga urilib ketti. Ovozi boricha baqirib yubordi. Unga qoʻshilib dugonalari 
ham baqirib yuborishdi. Uzun bo’yli, gavdali bir kishi Ummu Gulsumga g’azabli 
nigoh bilan qarab turardi. Ummu Gulsum esa bu odamning koʻzlariga termulib 
qolgan edi. Yigit boshidagi sallasini toʻgirlab, hech narsa demasdan boshqa yoʻldan 
keta boshladi.
“Tavba, astagʻfirullah” deya yoʻlida davom etti. Ummu Gulsum darhol uyiga bordi. 
Gʻazab toʻla nigohlardan qoʻrqib ketgan edi. Xonasiga kirib oʻzini krovatiga oʻtti. 
Telefonini olib xabarlarni oʻqiy boshladi. Haligi kafedagi bola rostan ham unga 
xabar yuborgan edi. Buni koʻrib joyidan sakrab turdi. “Xayrli oqshom” deb 
yozilgan edi. Ummu Gulsum kulimsirab u bolani bloklab qoʻydi. Birozdan soʻng 
boshqa profildan xabar keldi. “Qaysarlik qilma, sen bilan tanishishni xohlayman.” 
“Men esa xohlamayman” deb yana bloklab qoʻydi. Shunday qilish unga juda yoqar 
edi.
Kunlar shu saylda oʻtardi. Har kuni yangi rasmlar, videolar joylanar, ularning 
tagiga yuzlab izoh, xabarlar, iltifotlar. Kundan kunga obunachilari koʻpayardi. 
Qoʻli telefondan boʻshamas.
 
Shu sababli namozlari ham doim yo qazo boʻlar, yo 
eng soʻnggi daqiqalarida oʻqilar edi. Ba’zan ichi gʻash boʻlib qolganida namoz 
oʻqir, oʻqib boʻlgach joynamozi va tasbehini rasmga olib instagramga joylardi. 
Tagiga esa diniy post yozib qoʻyardi. Qolgan vaqtlarchi? Namozlar o’qilmasdi, bu 
rasmlar faqatgina onlik rasmlar edi.
Haftalar oʻtti va nihoyat masjidda oʻtkaziladigan hayriya yigʻilishi kuni keldi. 
Ummu Gulsum erta tongdan uygʻonib chiroyli kiyimlarini kiydi.
Namozga ulgurishni xohlardi, lekin ulguradimi yoʻqmi bilmasdi. Birozdan soʻng, 
masjidga ayollar kirganidan keyin ma’ruza boshlandi. Barcha qizlar Ummu 
Gulsumni “xush kelibsan” deb kutib olishdi. Hammaning e’tibori unda edi. 
Masjiddagilarning yarmi imomning ma’ruzani eshitar, qolgan yarmi esa kirib 
kelgan goʻzal qizga qarab, bir-birlari bilan suhbatlashishar edi.
“Koʻz tegmasin buncha chiroyli qiz ekan!” 
“Kiyinishini qara. Manekenga oʻxshaydiya. Yoshiga mos ekan!”


Ummu Gulsum unga qaratilgan nigohlarni his qilardi. Barchani oldidan oʻtib, eng 
birinchi safga, dugonalarini oldiga borib oʻtirdi. Yana telefonini chiqardi. 
Instagramga rasm joylab qayerdaligini bildirishni xohladi. Masjidda esa imomning 
ovozi hattoki osmonni ham titratgudek edi: 
“Qani qayerda qoldi, yosh qizlarning hayosi, odobi, ahloqi. Iffat timsoli qizlarimiz 
qani?!
Sahobalar soʻragan edi: “Ey Fotima, Muhammad alayhissalomning eng nozik gul 
gʻunchasi, ayting eng hayirli ayol kim?” 
Onamiz nima deb javob bergan edilar?” 
Sukunat choʻkkan edi masjidga. Imomning ovozi shu qadar baland, g’azab toʻla 
ediki hatto masjid minorasidagi qushlar ham uchib ketayotgan edi.
“Begona erkaklarning hayolida bo’lmagan ayol” deb javob bergandilar onamiz.” 
Ma’ruza uzoq davom etar, imom hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning musulmon 
qizlarning ahloqiga ta’sirini, moʻmina qizlarning qadrini, ular qoʻl tegmagan 
mujavhardek ekanligini tushuntirar edi. Ammo, Ummu Gulsum bularni 
eshtayotganmidi? Osmonlar-u, yerlarning, qushlarning ham eshitganini, u eshitmas 
edi. Chunki qalbi muhrlangan edi... 
Ma’ruza tugachach ayol qizlar o’zlari uchun maxsus ajratilgan hovliga chiqtilar. 
Ummu Gulsum u yerda ham o’zini rasmga olib profiliga joyladi. Ayollarga 
ajratilgan joyga erkaklar ham kirayotganini ko’rgan bir yigit nima bo’layotganini 
tushunmay, borib koʻrishga qaror qildi. Borib qarasa go’zallar go’zali bir qiz, 
bilagini ochib yengini shimarib olgan, ozgina ochilib turgan bo’yniga tushib turgan 
ro’molini tez-tez orqaga tashlab xizmat qilayotgan edi. Kimdir kelganini sezgach 
“Keling, nima xizmat” deb boshini ko’tardi-yu, uzun bo’yli, gavdali, g’azab to’la 
nigohli yigit bilan qarshilashdi. Bu o’sha bir necha oy avval ko’chada uchratib 
qolgan yigit edi. Yonoqlari qizarib ketdi. Ko’zlariga tik qarab “keling marhamat, 
qanday yordamim kerak” dedi. Ammo, yigit Ummu Gulsumga gʻazab qilib, 
yonidagi ayoldan yordam istadi va chiqib ketdi. Kim edi bu? Axir yigitlar, Ummu 
Gulsumning ko’zlariga bir bora qarash uchun navbatda turishardi. Unga e’tibor 
ham bermagan bu yigit kim edi?
Shu kundan boshlab Ummu Gulsum har kuni masjidga kelib yordam beradigan 
bo’ldi. Eng chiroyli kiyimlarini kiyar, tabiiy koʻrsatadigan yengil pardoz qilib 
kelardi. O’sha notanishni yana koʻrish uchun.
Uni yoqtirib qolganin hech kimga aytmagan edi. Axir u Ummu Gulsum edi. U 
mashhur ediku. Qalbini hech kimga bermasligi kerak edi, aksincha qalblarni 
yondirishi kerak edi.
Hayriya kunlari tugagan edi. Endi Ummu Gulsum uni faqat uzoqdan koʻra olardi 
xolos. Hamma uni yaxshi koʻrardi: yoshi katta buvilardan tortib yosh bolalargacha. 


Hamma uning yoniga kelardi.
“U ham men kabi mashhurmikan? Bo’lishi mumkin, juda kelishgan-ku.”
Instagramdan, yoki telefonga biron xabar kelsa darhol yuragi oʻynab joyidan sakrab 
turib telefoniga qarardi. Ammo, u yigitdan biron xabar yoʻq edi.
Bir kun qizlar masjidda yig’ilishdi. Masjidda bir ayol biri: 
“ Shu yerda bir quti bor, ichidagi kitoblar bizning ishimizga yarashi mumkin. 
Qarab, olib kelasizlarmi?” dedi. Ayolning gapi tugamasidan “Ha, albatta, biz borib 
kelamiz” dedi Ummu Gulsum va dugonasi bilan aytilgan joyga borishdi. Ichida 
ajoyib bir his bor edi.
 
Gʻazab toʻla koʻzli yigitni koʻrish umidi bor edi. 
“Axir,Allohning uyiku masjid. Albatta keladi.” deb oʻylardi.
“Qanday yordam kerak” dedi, qoʻlida kitoblar bilan kelayotgan bir yigit.
“Haligii..Biz bir quti olishimiz kerak, ichida kitoblari bor...” deb ikki qoʻlini 
orqasiga birlashtirdi, huddi erkatoy yosh qizchadek.
Yigit bu goʻzal qizni koʻrib kulimsiradi. “Ha shundaymi? Quti menda hozir 
beraman. Mening ismim Muhammad. Sen Ummu Gulsum emasmisan? Hayriyada 
ham koʻrgandim seni.” 
Ummu Gulsum hattoki masjidlarda ham taniqli boʻlganidan xursan boʻlgan edi.
“Ha, bu menman. Qayerdan bilasan?” deb Muhammadning koʻzlariga kulib qaradi. 
Egilib qutini olmoqchi boʻlganida Muhammad
“toʻxta biroz ogʻirroq, yerdan koʻtarishga yordam beraman” deb qutini olib Ummu 
Gulsumning qoʻliga tutqazdi va barmoqlarini sekin-sekin Ummu Gulsumning 
barmoqlariga teqqizdi. Xijolat bo’lgan qiz esa qoʻlini sekin tortib oldi. Qutini olib 
ketayotgan ediki, yana oʻsha gavdali, baxaybat, gʻazab toʻla koʻzli devordek yigit 
bilan urilib ketdi. Uning gʻazab toʻla koʻzlari bu safar Ummu Gulsumga emas, 
Muhammadga qaragan edi. “Bu yerda nima bo’lyabdi” deb Muhammadga bir 
musht tushirdi. Qizlarga qarab “Sizlar darhol bu yerdan keting!” dedi.
“Sen qizlarga osilyabsanmi?” 
“Aka, kechiring, nafsim...?” 
“Sen bu yerda ishlamaysan, nega yordam beryabsan, seni deb menga gap tegadi!” 
“Aka boshqa takrorlanmaydi...” 
“Boshqa koʻrmay seni!” 
Ummu Gulsum yuqorida hammasini eshtib turgan edi. Qanchalik yoqib tushgan 
edi.
“Bilardim. Meni rashk qildi. U ham meni yoqtiradi” deb ichiga sigʻmayotgan edi.
Masjiddagi ayollardan biri: 
“Tinchlikmi domla, ovozingiz hamma joyga eshitildi?” deb soʻradi.
Ummu Gulsum quloqlariga ishonmayotgan edi. Nahotki, u domla edi. Demak, 
imom ekanda. Shuning uchun menga qaramayotgan ekanda.
“Xavotir olmang, bir talabamni qizlarga osilganini koʻrdim, darhol tazirini berdim. 


Himoya qilishim kerak axir.” 
Ummu Gulsum oʻziga sigʻmay ketdi. “Kimni himoya qiladi. Menimi? Nahotki?! 
Meni rashk qilsa, qizgʻonsa, qanday baqirdiya haligi bolaga, yetmaganiga musht 
ham tushirdi. Hammasi men tufayli...” 
“Kimni himoya qilasiz” deb soʻradi masjiddagi muallima ayol.
“Oʻquvchilarmni!” deb baqirdi imom ataylab. Himoya qilishim kerak oxir zamon 
fitnasidan, nafslarining istaklaridan. Qizlar bu yerda nima qilyabdi?! Bundan buyon 
erkaklar va ayollarni bir joyda boʻlishini xohlamayman. Qizlar kelib mening 
oʻquvchilarim bilan bemalol gaplashishi mumkin emas!!!” 
“Oʻzingni bos, imom oʻgʻlim, jaxling chiqmasin, men oʻzim qarayman ularga. “ 
“Darhol buni hal qiling. Hayriya ishlariga yordamga kimlarni olganingizga qarang. 
Qizlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda mashhur ekan. Qarang, mening talabam ham 
tanir ekan hattoki. Qancha ma’ruzalar qilaman bu haqida, masjidni, meni imomlik 
hurmatimni qoʻying, dinimizni qanday qilib bunchalik qadrsizlantiradi!?” 
Ummu Gulsum bu soʻzlarni eshtib tamom boʻlgan edi. Rashk qilib meni himoya 
qildi deb oʻylagan odami, u haqida qancha gaplar gapirgan edi. Ummu Gulsum 
bunday haqoratlarga oʻrganmagan edi. Hamma uni yoqtirardi axir. Darhol uyiga 
keldi. Oyogʻida mador yoʻq edi. “Men haqimda nimalar dedi haddini bilmaydigan 
imom” deb jaxli chiqardi.
Endi Ummu Gulsumning instagram sahifasi yanada aktiv holatga kelgandi. 
Rasmlar, videolar koʻpaygandi.
“Musulmon qizlariga qoʻyilgan har xil qonunlar, ta’qiqlarga qarshiman!
Nima endi bir qiz hijob oʻragan boʻlsa erkaklar bilan hecham gaplashmasligi 
kerakmi? 
Rasmga tusholmaydimi?
Dugonalari bilan bemalol chegaradan chiqmagan holda kechgacha 
aylanolmaydimi? 
Moda qarab chiroyli kiyinolmaydimi? Yoshi katta ayollardek kiyinishi kerakmi? 
Qanday be’mani va johilona tushuncha bu!” kabi nafrat toʻla soʻzlar yozib 
qoldirardi. Profilidagi erkak kuzatuvchilari uni yanayam koʻproq rasm qoʻyishi 
uchun fikrlarini qoʻllab quvvatlashardi. “Toʻgʻri aytasan, albatta sen haqlisan. Qani 
olg’a Ummu Gulsum koʻrsatib qoʻy hammaga” deb qizning nafsiga yoqadigan 
gaplar yozishardi.
“Alloh goʻzal qilib yaratibdi uni nega yashirasan, koʻrsataversangchi hammaga 
ham berilmagan axir.
 
Sen maydonga chiq, olam maniken, model qanday bôladi bir 
ko’rsin. Islomga havas qilishsin...” va h.k.soʻzlar. Afsuski, bu oxir zamondagi xolat 
shunday edi.
Yana bir kun Ummu Gulsum bir talay rasmlar joyladi. Ortidan esa niqob taqib, 
faqatgina surma surilgan koʻzlari koʻrinib turadigan rasmini joylab, pastiga Hazrati 


Fotima roziyallohu anhuning iffati haqidagi post yozib qoldirdi. Kuzatuvchi yigitlar 
eng chiroyli koment qoldirish boʻyicha goʻyo musobaqalashayotgan edilar. Ummu 
Gulsum erkalanib uyqisi kelayotganini aytib instagramdan chiqdi. Yuziga maska 
surib uyquga ketdi... 
Ummu Gulsum uxlayotgan edi. Tahajjud vaqti...Peshonasi terga botgan. Yerda 
sudralayotgan edi. Nega turolmayabdi oʻrnidan? Og’riqlarchi? Yuzi, oyoq-qoʻllari 
ogʻriyotgan edi. Sochlari yonib ketgan edi. Juda xunuklashib ketgan edi. 
Goʻzalligidan asar ham qolmagan edi. Atrof toʻla odam hamma unga qarardi. 
Ustida kalta bir koʻylak bor edi. U ham yirtiq yamoq edi. Hamma unga irganib 
qarar, qoʻli bilan koʻrsatardi. Ayniqsa, yigitlar. Qochadigan joy qidirardi Ummu 
Gulsum. Uzoqda bir qoyaga koʻzi tushdi. Qoyadan nur taralardi. Ustida bir yozuv, 
uzun keng koʻylak va roʻmol bor edi. Bu oʻsha buvisi unga olib bergan keng 
koʻylak edi. Uning ustida esa Qur’oni Karim bor edi. Yugurib borib oʻsha 
koʻylakni olib kiyib olmoqchi boʻldi Ummu Gulsum. Ammo, qaniydi borolsa, 
qaniydi qoʻllari yetsa...Yonginasida turganiga qaramasdan yetib borolmasdi. 
Allohning oyatiga, oʻsha roʻmolga qoʻlini uzatsa ogʻriqlardan ingrar edi. Huddi bir 
toʻsiq bordek edi. Yon tarafida esa oʻzining kiyimlari: tor shimlar, kalta koʻylaklar. 
Hech qanaqasiga avratini yopa olmayotgan edi. Yig’lashni boshladi. Birozdan 
soʻng boshqa yigʻi ovozi eshtildi. Uzoqlarga qaradi. Nur ustida nur. “Kim bor? 
Kimdir menga yordam bersin!” deb baqirdi.
Oppoq koʻylakda, oppoq roʻmolda, nur yuzli goʻzal ayol keldi yoniga. Ko’zlaridagi 
yosh yuzidan oqib, turoqqa tushar, tushgan joydan esa gullar oʻsib chiqardi. 
Yaqinroq keldi Ummu Gulsumning yoniga. Koʻz yoshlari Ummu Gulsumning 
ustiga tomar, tomgan joyidagi yaralar va ogʻriqlar tuzalardi.
“Sen kimsan? Sen menga yordam berolasan. Qara yaralarim yaxshi boʻlyabdi. 
Iltimos yordam ber menga” 
Nur yuzli ayol boshini egdi, yordam berolmasligini aytib orqasiga oʻgirilib keta 
boshladi. Ummu Gulsum ortidan baqirdi: 
“Toʻxta, qayerga ketyabsan? Nimaga yigʻlayabsan. Men tufaylimi?” 
Shu payt birdan Qur’ondan bir oyat eshtila boshladi. Qur’ondan oyat oʻqiyotgan 
inson, bunchalar ham chiroyli qiroat qilmasa. Ovoz ham tanish tuyulardi. Nur yuzli 
ayol Ummu Gulsumga qayrilib qaradi va dedi: 
“Faqat men emas koʻz yosh toʻkayotgan. Otam Muhammad salollohu alayhi 
vasallam ham yig’lamoqda. Men, Abdulloh oʻgʻli Muhammad Mustafo salollohu 
alayhi vasallamning qizi, Abu Tolibning oʻgʻli Alining jufti Fotimaman... 
Hayrat toʻla nigohlar bilan qarab turardi Ummu Gulsum.
“Kaftingni och”
Ummu Gulsum Kaftlarini ochdi. Kaftiga bir tomchi yosh tushdi. Tushishi bilan 
hamma joy nurlarga toʻlib ketdi. “Yo Robbim, bu nima?” 


“Bu otamning koʻzlaridan soqollariga, gul iforli soqolidan kaftlariga tushgan bir 
tomchi yosh” deb javob berdi Hazrati Fotima.
“Allohu Akbar” deya uygʻonib ketdi Ummu Gulsum. Titrayotgan edi. Huddi 
kuygan joylari hali ham bordek. Oʻziga bir qaradi. Hamma joyi sogʻ edi. Oʻng 
qoʻliga qarasa tomchi koʻz yosh hali ham bor. Hidladi, qoʻlidan gullarni ifori 
taralardi. Ummu Gulsum ovozi boricha baqirib yig’lardi. “Allohim, men bunga 
loyiq emasdim...shuncha gunohim boʻla turib-a Robbim...nega men Allohim! 
Otam onam sizga fido boʻlsin gul yuzli paygʻambarim” deya soatlarcha yigʻladi. 
Soʻng bir roʻmolcha olib koʻz yoshlarini artti va shu roʻmolchasini Qur’oni 
Karimning ichiga solib qoʻydi. Nur surasining oyatlari orasida saqlardi. Darhol 
turib tahorat oldi, tavba qildi. Oʻtirib tinmay yigʻladi. Hayolida Fotima onamizning 
soʻzlari aylanardi. Eslagani sari battar yigʻlar edi. Tun boʻyi joynamoz ustidan 
turmadi. Tizzalari, koʻzlari ogʻrib ketgan boʻlsa ham turmadi oʻtiraverdi. Onasining 
iltimosi bilan oyoqqa turdi. Tushi haqida esa hech kimga hech narsa demadi.
 
Birinchi qilgan ishi telefonini olib instagramdagi rasmlarini oʻchirish boʻldi. 
Ammo, rasmlari faqat instagram sahifasida emas boshqa turli xil saytlarda ham bor 
edi. Ularni oʻchira olmadi. Battar yigʻlashga tushdi. Telefonini devorga otib 
yubordi. Oynaga qaraginda profiliga joylangan turli xil rasmlari va tushida koʻrgan 
oʻzining ahvoli: kuygan yuzlar va sochlari hayoliga kelardi. Yana yigʻladi, oʻksib 
oʻksib yigʻladi. 
“Ming la’nat bu yuzga! Agar men paygʻambarimni koʻra olmasam, bu goʻzalikkni 
nima keragi bor menga?!! Hammaga yoqishni, goʻzal koʻrinishni xohlashlik 
orzusi... Allohim nafsimdan senga sigʻinaman menga yordam ber” deb yigʻlardi.
Shkafini ochib barcha tor, kalta kiyimlarini olib otib yubordi. Hech oʻziga 
yarashtirmagan, keng turadi deb kiymay olib qoʻygan uzun koʻylagi keldi hayoliga. 
Shu koʻylakni kiydi.
Yoshini kattaroq koʻrsatsa ham tanasini shakli bilinmas, shahvoniy nafsni 
uygʻotmas edi. Bir vaqtlar menga toʻgʻri kelmaydi degan koʻylagi, endi yagona 
kiyimiga aylangan edi. Tinmasdan Qur’oni Karim, sahobiyya ayollarning ahloqi va 
iffati ta’riflangan kitoblar oʻqirdi. Hazrati Hadicha onamiz, Hazrati Oisha 
onamizning hayotlari bilan tanishardi. Ularning ichida koʻproq Hazrati Fotima 
onamiz haqidagi kitoblarni oʻqirdi. Fotima roziyallohu anhuni juda yaxshi koʻrar 
edi. Oʻqir ekan baqirib baqirib yigʻlardi. Uyidan hech chiqmas edi. Masjidgaku 
umuman bormay qoʻydi. Qalbini oʻgʻirlagan oʻsha yigitni koʻrib qolishdan 
qoʻrqardi.
“Qanchalik rost gaplarni aytgan edi yosh imom oʻshanda... 
Men unga loyiqmidim? Qanday qilib u bilan birga boʻlishni orzu qila oldim men!”
Bir kun telefon jiringladi. Ummu Gulsum koʻrib yoqtirib qolgan bir ayol uylariga 
sovchi boʻlib kelmoqchiligini aytdi.


Ummu Gulsum doim duo qilar, eng xayirlisini soʻrardi. Demak shu xayirli edi. 
Taklifni qabul qildi. Yigit juda kelishgan va juda dindor edi. O’zidan atiga ikki 
yosh katta edi. Ummu Gulsumning qalbi bu yigitga isimagan boʻlsa ham taklifini 
qabul qildi. Koʻchada bemalol yurishni, odamlarni gap soʻzlaridan qutilishni 
xohlardi. Bu taklif Ummu Gulsum uchun bir imkoniyat edi. Oilalar ham bir-biriga 
mos kelgan edi. 1 hafta oʻtib unashtirildi. Ummu Gulsumning boʻlajak turmush 
oʻrtog’iga nisbatan hurmati baland edi. Uning oldida biron soʻz demasdi. Doim 
boshi yerda edi. Yigitni sevib qoladigan kunni kutardi. “Nikohda xayir bor, toʻydan 
keyin sevib qolaman” derdi oʻziga oʻzi. O’zini juda omadli his qilardi. Endi uni 
qoʻllaridan tutib hech qoʻyib yubormaydigan odam bor edi.
Bir kun yigit Ummu Gulsumga bir kafega borib ovqatlanishni taklif qildi. 
“Uyalishingga xojat yoʻq, singlim ham keladi. Meni oldimda oʻzini erkin his 
qilishingni xohlayman, seni yaqinroqdan tanimoqchiman” dedi yigit. Ummu 
Gulsum rozi boʻldi. Yoʻl boʻyi boshini koʻtarmay jim ketdi. Bu esa turmush 
oʻrtogʻi Hasanga juda yoqib tushgan edi. Bu oxir zamonda shunday iffatli qiz uning 
jufti boʻlish arafasida edi. Kafega borib kichik stolga oʻtirishdi. Hasan koʻzlarini 
Ummu Gulsumdan uzolmasdi. “Naqadar chiroyli qiz, qoʻllari bunchalar nozik 
boʻlmasa...” 
Tezroq juftining qoʻllaridan tutgisi kelardi. Birdan Hasanning koʻzlari qarshi 
stoldagi yigitlarga tushdi. Huddi ular Hasanlar oʻtirgan stolga qarab bir nimalar deb 
pichirlashayotgandek edi. “Ular bizga qarayabdimi” deb soʻradi singlisidan. “Ular 
Ummu Gulsumga qarashyabdimi?” 
Ummu Gulsumning ularni tanishi esa hayoliga ham kelmasdi. Juda jaxli chiqqan 
edi Hasanning, qizgʻonayotgan edi. Yana davom etsa oʻrnidan turib urar edi. 
Yigitlar yana Ummu Gulsumga qarab pichirlashishdi. Hasan ortiq chidolmadi. 
Joyidan uchib turdi. Ummu Gulsum Hasanning qoʻlidan ushlab “Iltimos, unday 
qilmang...” deb yigʻlab yubordi. Hasan darhol joyiga oʻtirdi. Ummu Gulsumning 
bir soʻzi uni sokinlatgan edi. Koʻzlariga qaradi. Ummu Gulsum ming 
pushaymonlik bilan qoʻlini darhol tortib oldi. Ichidan tavba qildi. Unga teginishni 
xohlamagan edi, refleks tufayli qoʻlini ushlagandi. “Kechiring, bunday qilishni 
xohlamagandim...”
Hasan ham gʻalati boʻlib ketti. U ham tavba qildi, hali nikoh boʻlmasidan qoʻllari 
bir-biriga tegishidan hayo qilgandi. Koʻzi hech qiymasdi uni.
“Ketsak yaxshi boʻladi” deb oʻrnidan turdi Hasan va kassa tomonga ketti. Singlisi 
esa Ummu Gulsumni tinchlantirayotgan edi. Hasan ketishi bilan qarshi stoldagi 
yigitlardan biri Ummu Gulsumning yoniga keldi. Hasan esa buni koʻrib orqasidan 
keldi.
“Vay, vay instagramning guli. Qalaysan. Yoʻqolib ketding. Juda oʻzgarib ketibsan” 
Ummu Gulsumning koʻzlari yoshga toʻldi. Koshki yer yorilsayu yerning ichiga 


kirib ketsa.
Hasan quloqlariga ishonmayotgan edi.
“Odobli, hayoli qiz roli senga yarashibdi. Lekin bilasanmi, sen hali ham mening 
hayollarimga juda mossan.”
Hasan chidolmadi. Yigitni oʻziga qaratib bir musht tushirdi.
“Nima boʻlyabdi” deb yigit yerdan turdi.
“Sen meni boʻlajak ayolim bilan bunday gaplashishga nima haqqing bor?” 
“Ooo... hali boʻlajak turmush oʻrtogʻing ham bormi Ummu Gulsum?! Shumi seni 
unashtirilganing. Yaxshi bolaga oʻxshayabdi. Juda achindim. Qanday qilib 
ilintirding?” 
Hasan takror yigitning yoqasiga yopishdi. 
“Ummu Gulsum bu nimala deyabdi?!” 
Ummu Gulsum faqat yigʻlardi. Oyoqda turishga holi yoʻq edi. Koʻzlarini yumib 
boshini egdi.
“Birodar sen bu qizni kimligini rostan ham bilmaysanmi? Toʻxta senga bir narsa 
koʻrsataman. Hasan Ummu Gulsumga qaradi. Ummu Gulsum boshini hecham 
koʻtarmadi. Hasanni yoʻqotishdan qoʻrqayotgan edi.
Yigit telefonini olib Ummu Gulsum degan papkaga kirdi. Hasan koʻrganiga 
ishonmadi. Ummu Gulsumning turli xil rasmlari, videolari bor edi. Hasan turgan 
joyida qotib qolgan edi.
“Ha koʻrdingmi, bu rasmlar faqat menda emas anavi yerda oʻtirgan doʻstlarimda 
ham bor. Mayli seni hurmating uchun oʻchirib tashlayman. Modomiki uylanmoqchi 
ekansan.” 
Hasan gʻazab otiga minib yigitning xumoridan chiqqanicha urdi. Soʻng qoʻlidagi 
unashtiruv uzugini chiqarib stolning ustiga qoʻydi. Fotiha buzilgan edi.
Ummu Gulsum bir ahvolda oʻtirardi. Chidolmadi, baqirib yigʻlab yubordi.
Kaltak yegan yigit doʻstlariga kulib qarab qoʻydi va Ummu Gulsumning stoliga 
oʻtirdi.
“Qara, tashlab ketti seni. Nimaga kayfiyating yoʻq? Kel men bilan koʻngil xushlik 
qil. Seni men baxtli qilaman. Yur biron doʻkonga borib ustinga chiroyli kiyimlar 
olamiz. Xola boʻlib qolibsan” deb masxara qilardi yigit Ummu Gulsumni.
Ummu Gulsum bularni eshitgandan koʻra oʻlishni tanlardi. Indamadi, oʻrnidan turib 
yigʻlaganicha chiqib ketdi. Hattoki ovozini ham eshttirishni xohlamadi. Uyiga 
bordi, ammo koshki bormasa edi. Janjal u yerda ham davom etardi. Hasanning 
onasi telefon qilib fotiha buzilganini aytgan edi. Hasan hech narsa demasa ham 
singlisi bor gapni oilasiga aytib bergan edi.
“Ana ol, 24 soat telefondan boʻshamasding, mana endi nafaqat oʻzingni bizni 
boshimizni ham yerga egib qoʻyding, koʻchaga chiqishga yuzimiz qolmadi” deya 
onasi ham undan xafa boʻlgan edi.
Faqatgina buvisi tushunardi uni. Boshini tizzasiga qoʻyib yigʻladi. Sochlarini silardi 


buvisi. “Tavba qil bolam, tavba qil...” 
“Qachongacha buvijon, nega meni imtihonim tugamayabdi?” 
“Ummu Gulsumim... goʻzal qizim.” deb sochlarini siladi yana.
Ummu Gulsum tunlarni ibodat bilan oʻtkazar, isyon qilmaslik uchun ichini faqat 
Allohga toʻkib solardi. Ammo 4 devor orasi unga juda tor kelayotgan edi. Masjidga 
borib u yerning ma’naviy havosidan nafas olishni xohlardi. Tayyorlanib uydan 
chiqdi va masjid tomon yura boshladi. “Allohim iltimos haligi yosh imomni koʻrib 
qolmay...” deb duolar qilardi.
Yoʻlda ketayotganida birdan orqadan ovozlar eshtila boshladi: 
“Fisht ey Ummu Gulsum!” 
Koʻchaning bezori yigitlari edi. Ummu Gulsum eshitmaganlikka olib yoʻlida 
davom etti.
“Vah, vah oldinlari bitta xabarga darhol javob yozadigan Ummu Gulsum endi 
yuzimizga ham qaramayabdimi?!” 
Ummu Gulsum qoʻrqayotgan edi. Qadamini tezlatdi. Shu payt bir qoʻl uni ushlab 
oʻziga qaratdi. Yetmaganiga belidan ham ushladi. Ummu Gulsum tepa boshladi, 
“Yordam bering” deb baqirdi.
Yonidagi doʻsti “Yusuf domla kelyabdi” dedi. Ammo yigit “Jim boʻlsangchi hozir 
hazilni vaqtimi” deb e’tibor bermadi.
“Ummu Gulsum yur biz sen bilan chetroqqa oʻtamiz” dedi qahqaha otib. Shu payt 
kimdir uni oʻziga oʻgirib bir musht tushirdi. Bu oʻsha...yosh imom edi. 
Uni Koʻrib qolmaslik uchun qancha duo qilgandi. Endi esa Alloh duosini qabul 
qilmagani uchun shukur qilardi. Yusuf juda gʻazablangan edi. Uning bu jaxli 
Ummu Gulsumga Hazrati Umar, Hazrati Hamzani eslatardi. Huddi 
kitoblardagidek... 
Ummu Gulsum yuzini qoʻli bilan berkitib yig’layotgan edi.
Yusuf qizning yoniga keldi. “Singlim yaxshimisan” 
Ummu Gulsum boshini sekin koʻtardi. Yusuf uni tanigan edi. Jaxli chiqishni 
boshladi, nuqul nimadir muammo chiqsa oʻsha yerda qarshisiga Ummu Gulsum 
chiqardi. Yoʻgʻon ovozda: “Oʻrningdan tur!” dedi.
Ummu Gulsum sekin oʻrnidan turdi. Atrofdagi erkaklar darrov boshlarini egishdi 
Ummu Gulsumga qarashmayotgandi. Chunki Yusuf domlaning bu masalalarda 
qanchalik qattiq qoʻlligini bilishardi. Yusuf ham xijolat boʻlayotgan qizning yuziga 
qaramasdan gapira boshladi: 
“Musulmon ayol bunday choʻkib qolmaydi. Kuchli boʻladi. Sen ham kuchli boʻl. 
Seni boshqa bunday koʻz yosh toʻkib oʻtirganingni koʻrmay! Tushunarlimi?” 
“Tushunarli” dedi pas ovozda Ummu Gulsum.
Masjid muallimasi qizning oldiga kelib uni yupatish uchub masjidga olib bordi. 
Ularni koʻrgan qizlar ham masjidda toplanishdi. Hamma bir-biriga oʻtmishdagi 
rasmlari haligacha ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurganini, oʻqish joylarida 


haligacha qoʻli bilan koʻrsatib gʻiybat qilishlarini gapirib berardi.
Virtual olam bir qizning hayotini ostin ustun qilib yuborishi mumkinligiga amin 
boʻlgandi Ummu Gulsum. Masjid muallimasi bir nimalar aytib berar, ammo Ummu 
Gulsum uni eshitmasdi. Uning nigohlari va hayoli masjidning bir burchagida 
namoz oʻqiyotgan qora niqobli ayolda edi. Yuragi yanayam tez urib ketdi. “Masha 
Alloh” dedi ichida. Soʻng ruhsat soʻrab uyiga ketdi. Bir hafta oʻtib maqsadiga 
erishdi. Ummu Gulsum ham endi niqobda edi. Hatto koʻzlari ham deyarli 
koʻrinmas edi. Odamlarning gap soʻzlaridan qutilgan edi. Davomli ibodat qilar, 
tavba qilib tinmay yigʻlar edi.
Oradan oylar oʻtti. Masjiddagi hayriya kuni kelgandi. Ammo, bu safar Ummu 
Gulsum yordamlashish niyati yoʻq edi, chunki Yusufning soʻzlarini unutmagan edi. 
Shunchaki borib oʻtirdi. Masjidda hizmat qilishga oʻzini loyiq koʻrmas edi.
Bir dugonasi uni chaqirib ba’zi narsalarga yordam berib yuborishini iltimos qildi. 
Ummu Gulsum ming xijolatda rozi boʻldi. Qachonki biron erkak kelib ulardan 
nimadir istasa Ummu Gulsum boshqa joyga oʻtib olardi. Erkaklarga xizmat 
koʻrsatmas edi. Birozdan soʻng koʻrgan manzarasiga ishonolmadi. Yusuf...u 
tomonga kelayotgan edi.
Ummu Gulsumning yonidagi ayol Yusufga qarab gapirdi: 
“Oʻgʻlim, nimadur yeb oldingmi? Qorning ochgandir.” 
Yusuf ayolning oldiga kelib qoʻllaridan oʻpdi.
“Yedim onajon, xavotir olmang” dedi.
“Demak, Yusufni onasi ekanda.”
Ummu Gulsum hatto qayrilib qaramas, oʻz ishlari bilan mashgʻul edi.
Onasi qoʻyarda qoʻymay bir tovoqda ovqat solib bermoqchi boʻldi. Hamma band 
boʻlgani tufayli Ummu Gulsumdan yordam soʻradi. Lekin, u erkak borligi uchun 
onasi va Yusuf turgan joyga hatto yaqin ham kelmayotgan edi. Erkaklarga xizmat 
koʻrsatgisi kelmas, ammo bu haqda hech kimga aytolmasdi. Iffati bilan riyo 
qilolmasdi. Shunchaki sukut saqladi.
Yusuf juda xayron qolgan edi. Juftiga juda sodiq bo’lgan bir ayol boʻlsa kerak deb 
qoʻydi ichida va juda gʻururlandi. “Mayli onajon kerakmas” deb u yerdan 
uzoqlashdi.
Qanchalik xursand boʻlgan edi. “Oxir zamonda shunday iffatli ayollar ham bor 
ekan, qaniydi qolgan musulmon ayollar ham shunday bo’lsa...Niqob ham ularning 
nafslariga ogʻir keladi. Dinimizga mos kiyinib, erkaklardan uzoq boʻlsalar yetarli 
edi” deb oʻylardi.
Kechgacha Yusufning qalbida ajoyib his bor edi, tafakkur ichida edi. Uyiga 
borgach onasi bilan suhbat qurishdi.
“Yusufim, bugungacha uylanish masalasini koʻtarmadim senga. Kimni ko’rsatsam 
doim rad qilding. Ammo, men ham qariyabman, baxtingni koʻrsam deyman...Faqat 
jaxling chiqmasin” 


“Onajonim” dedi Yusuf. Qoʻllaridan oʻpti.
“Nega jaxlim chiqsin. Men istagandek qiz uchradi-yu, men rad qildimmi?” 
“Qara, bugun masjidda bir qiz bor edi...” 
“Yoʻq ona masjiddagi qizlarni istamayman. Onajon mening ayolim qanday boʻlishi 
kerakligini bilasizmi? Mening har bir soʻzimga itoat qiladigan, hayosidan hatto 
ko’zlarimga ham tik qarolmaydigan, mening oldimda boshqa erkaklarning hattoki 
ismini ham tilga olmaydigan boʻlishi kerak. Aktyor, sportchi... men tushunmayman 
buni. Hayo qilishi kerak bulardan. Men oʻzimni xohishimga zid boʻlgan ayol 
izlasam darhol topaman. Lekin, oilamga va bu ummatga goʻzal xizmat qiladigan 
kelin, farzandlarimni chiroyli tarbiyalaydigan ona, juftini mamnun qilish uchun 
qiladigan harakatlari bilan yoʻli jannat tomon boradigan ayol qidiryabman onajon. 
Bugun bir ayolni koʻrdik eslaysizmi? Masha Alloh, ishonchim komil juftiga 
boʻlgan hurmatidan shunday qildi. O’z avratini berkitib, taqvo uchun niqob 
kiyganidan ham koʻra, erkaklar tomonga oʻtmasdan hech kimga xizmat 
koʻrsatmagani meni qoyil qoldirdi. Turmush oʻrtogʻidan boshqasiga xizmat 
qilmasligi koʻrinib turibdi. 
”Men ham shuni aytabmanda bolam.“ deb kulib qoʻydi onasi. “Surishtiridim oʻsha 
qizni. Turmush qurmagan ekan, yoshi sendan 3-4 yosh kichik ekan. Menga ma’qul 
keldi.” 
Yusuf koʻzini olib qochdi. “Kim ekan, nasl-nasabi qanday ekan?” 
Oilasi dindor ekan. Balki tanirsan. Doim juma namoziga kelarkan. Ahmad 
amakining nevarasi” 
Yusuf oʻylashni boshladi. “Ismi nima ekan bilasanmi? Ummu Gulsum! Oldinlari 
masjidda ishlagan ekan, ammo anchadan beri kelmayotgan ekan”
Onasi Ummu Gulsum haqida tinmay gapirar, lekin Yusuf uchun uning ismini 
eshtishi bilanoq mavzu yopilgan edi.
“Yo’q ona boʻlmaydi!” 
“Nega oʻgʻlim? Juda chiroyli qiz ekan, hamma maqtadi” 
“Boʻlmaydi, iltimos sababini soʻramang.” 
Yusuf xonasiga kirdi. Ummu Gulsum bilan boʻlib oʻtgan voqealarni birma-bir 
esladi. Yusuf jufti bilan bunday tanishishni xohlamasdi. Kitoblarda oʻqigandek, 
hadislarda aytilgandek sevgini xohlardi. Muhammad alayhissalom, Ali roziyallohu 
anhularning turmushidek oila istardi. Ummu Gulsum mavzusini tamoman yopib, 
namoz oʻqidi. Namozdan soʻng xayirli juft uchun uzundan-uzun duolar qildi. 
Yotogʻiga borib uyquga ketdi.
Ustida oppoq koʻylak, boshida esa salla bor edi. Gullar toʻla bogʻning ichida edi. 
Hamma joyda atirgullar ifori, qushlarning sayrashi...Yusuf yurdi, yurdi, soʻng bir 
joyga oʻtirib atrofni tamosh qila boshladi. Shunchalar goʻzal edi-ki, koʻzlariga 
ishonmasdi. Birozdan soʻng Yusufning oldiga oppoq koʻylak, oppoq roʻmol va 


oppoq niqobda bir ayol kelib oʻtirdi. Yonida guvoh sifatida ikki ayol ham bor edi. 
Ammo, ular koʻrinmas faqatgina nur taralardi. Birdan bir ovoz eshitdi. “Kimsan?” 
dedi Yusuf.
Gullarning orasidan ikki kabutar qanot qoqib uchib, Yusufning yoniga kelgach 
birdaniga gʻoyib boʻldi, atrof nurlanib ketdi . Ular xush habar olib kelgan 
farishtalar edi.
“Ey, Yusuf! Payg’ambarimiz nikohingni oʻqimoqdalar, qabul qilasanmi?” 
Yusuf yigʻlab yubordi. “Nima? Kim bilan? Men bunday baxtga loyiq emasman!” 
Takror soʻraldi.
“Ey, Yusuf! Paygʻambarimiz nikohingni oʻqimoqdalar, qabul qilasanmi?” 
Yusufning koʻzidan tinmay yosh oqardi. Yonida oʻtirgan ayolga qaradi. Bu safar 
kuchliroq va balandroq ovozda soʻlardi. “Ey, Yusuf qabul qilasanmi?!” 
“Ha, qabul qilaman Rosulim!” dedi Yusuf. Qanday baxt edi bu? Soʻng shohid 
sifatida oʻtirgan ikki ayolni soʻradi. “Bular kim?” 
“Muhammad Mustafo salollohu alayhi vasallamning qizi Hazrati Fotima 
roziyallohu anh va jufti haloli Hazrati Hadicha roziyallohu anholar sizlarning nikoh 
guvohlaringizdir.” dedi farishtalar.
Yusuf xo’ngrab yigʻlab yubordi. “Ya Alloh... bu qanday xush habar...” 
Shu payt bir qoʻl qoʻlida roʻmolcha bilan Yusufning koʻz yoshlarini artdi. Yusuf 
jufti tomon oʻgirilib, niqobini yechdi. Ne koʻz bilan qarasin-ki, qarshisida Ummu 
Gulsum turardi!
Demak, Ummu Gulsum Yusuf uchun xush habar edi. Satrlangani sari yanayam 
goʻzallashib ketgandi. Yusuf Ummu Gulsumning peshonasidan oʻpti.
“Ey, Yusuf! Jannat muborak boʻlsin” dedi farishtalar. 
Yusuf birdan uygʻonib ketdi. “Hu Alloh, Ya Alloh” deb baqirardi. Tili faqat Alloh, 
Alloh deyotgan edi. Yuragi huddi otilib chiqadigandek urar, qalbi ishq bilan 
yonayotgan edi.
Onasi qoʻrqib ketganidan, Yusufning xonasiga yugurib keldi. Oʻgʻlini bu ahvolda 
koʻrib yanayam qoʻrqib ketdi. 
Yusuf oʻzida emasdi. “Ya Alloh, Ya Alloh” deb oʻzini yerga urardi. Bir necha 
soatdan keyingina oʻziga keldi. Tinmay koʻz yosh toʻkardi. Unga qoʻshilib onasi 
ham yigʻlayotgan edi.
“Onajon, darhol sovchilikka boramiz onajon!” 
“Kimnikiga oʻgʻlim?” 
“Onajon ertagayoq boramiz. U mening jannatim ona tushunyabsizmi?” 
Onasi juda xayron qolgandi. Tushida bir nimalar koʻrganini bilardi. Darhol 
tayyorgarlik koʻrdi. Ummu Gulsumning oilasiga xabar berildi.
Tunni qanday oʻtganini bilmadi Yusuf. Tunning yarmini ibodat, qolgan yarmini esa 
tushi va Ummu Gulsum haqida oʻylash bilan oʻtkazdi.
Yusuf vaqtni choʻzishni xohlamasdi. Hatto unashtiruvni ham tezroq qilib nikohga 


ulab yuborishni xohlardi. Bu taklif ikki oilaga ham ma’qul keldi. Bir haftadan 
keyin toʻy qilishga qaror qilishdi.
Toʻyga ikki kun qolganida Yusuf, Ummu Gulsum bilan birinchi martta yolgʻiz 
qolib, gaplashib olishni xohladi. Bir xona tayyorladilar. Yusuf nimalar deyishini 
oʻylab qoʻygandi. Lekin eshik ochilishi bilan hammasi esidan chiqib ketdi. Ummu 
Gulsum oppoq niqobda boshi egilgan holda kirib keldi.
Yusuf nimalardir demoqchi boʻldi, ammo tili aylanmasdi. Gapni Ummu Gulsum 
boshladi: 
“Yusuf...” 
Ismini aytishini oʻzi Yusufning yurak urishini tezlashtirib yuborgandi.
“Siz mendan ham yaxshirogʻiga loyiqsiz...” 
Soʻzlarini tugatmasdan Yusuf gapira boshladi.
“Yoʻq Ummu Gulsum, aslo unday dema!” 
“Yusuf... men oʻtmishda juda koʻp xatolar qildim. Nomahramlar bilan biron 
munosabatim bo’lmadi, qo’l ushlashib yurmadim, ammo internet sahifalarida...” 
“Yoʻq, boʻldi jim. Bularni eshtishni xohlamayman. Oʻtmish, oʻtmishda qoldi. Meni 
oldimda bu mavzu ochilmasin!” dedi Yusuf.
Ummu Gulsum koʻz yoshlarini artdi.
“Sen meni halolim boʻlasan Ummu Gulsum. Oʻtmishing, gunohlaring... bularni 
menga qizigʻi yoʻq. Allohning kechirganini, unuttirganini men eslatamanmi?
Tavba qilgan insonni xor koʻrmayman. Muhimi pushaymon boʻlib gunohlarga 
tavba qilishlik. Aslida men senga loyiq emasman, oʻtmishda senga qanday gaplar 
gapirib dilingni ogʻritgandim. Mendan rozi boʻlasanmi, kechira olasanmi?” dedi 
Yusuf.
Ummu Gulsum: “O’tmishni eslamasdan, koʻzlarimga qaray olasizmi?” 
“Ummu Gulsum, sen mening kelajagimsan. Azaldan taqdirimga yozilgan halolim, 
Qolu Balodan beri to bugungacha tutgan ishq roʻzamsan. Koʻzlaringga 
qaraganimda oʻtmishni emas, faqat muhabbatni koʻraman. Nega seni ayblay? Alloh 
bizning yordamchimiz boʻladi.” 
Toʻy kuni... Juda oddiy, kichkina toʻy qilishdi. Ayollar va erkaklar alohida, isrofsiz, 
bid’atlarsiz. Huddi Payg’ambarimiz buyurganlaridek. Ummu Gulsum oppoq 
koʻylakda, oppoq niqobda edi. Koʻzlari ham koʻrinmas edi. Barchaga oʻrnak 
boʻladigan, musulmonlar qanday toʻy qilishi kerakligini koʻrsatib beradigan toʻy 
boʻlgan edi.
Toʻy tugagach uylariga kettilar. Yusuf, Ummu Gulsumga Hazrati Hifa va Hazrati 
Suhaybning hikoyasini soʻzlab berdi. Ummu Gulsum indamasdan boshini egib 
eshtib otirdi. Juda goʻzal hikoya edi. Yusuf istaganidek oʻsha kechani ibodat bilan 
namoz oʻqib oʻtkazishdi. Soʻng Yusuf Ummu Gulsumning niqobini yechdi. 
Peshonasidan oʻpib:


“Jannatimsan mening Ummu Gulsum!” dedi.
Oradan oylar oʻtti. Yusuf sevganiga juda chiroyli muomala qilar, uni hech hafa 
qilmasdi. Ummu Gulsumda qandaydir xolsizlik bor edi. Bu ularning orasiga 
masofa qoʻygandi. Yusuf ham buni sezar va oʻziga-oʻzi: “Nahotki men oʻylagan 
narsa bo’lsa...Ummu Gulsum ona bo’ladimi!?” derdi.
Lekin so’ramasdi. Bu xabarni halolining oʻzi aytishini xohlardi. Yusuf Ummu 
Gulsumga uy ishlarini ham qildirmay qo’ydi. Kutdi, kutdi... lekin Ummu Gulsum 
hech narsa demasdi. Bir kun birga namoz oʻqib boʻlishganidan keyin Ummu 
Gulsum turib, kitoblar orasidan bir nima olib keldi. Yusufning qo’llarini oʻpib, 
unga tutqazdi. Bu oʻsha, bir paytlar Qur’onining oyatlari orasiga qo’yib qo’ygan 
roʻmolchasi edi. Yusufning qo’lini yuragiga qoʻydi.
“Yusufim... bizni hech narsa ajratolmaydi. Yolg’iz o’lim ajratishi mumkin...” 
Yusuf yigʻlab yubordi. Ummu Gulsumni bunchalik ta’sirlantirgan narsa nima edi? 
Ayniqsa, oxirgi jumlasini eshtgach Yusufning miyyasida chaqmoq chaqqandek 
bo’ldi.
“Sevgimiz oxiratga qoldi Yusufim...” dedi Ummu Gulsum. 
Yusuf sezgandi, yorini uni tashlab ketishini eshtib yuragi yona boshladi. Shu payt 
Ummu Gulsumning ko’zlari asta-sekin yumilib boshi Yusufning yelkasiga tushdi. 
Yusuf uni uygʻotishga harakat qilardi. Lekin Ummu Gulsum uygʻonmasdi. Tez 
yordam chaqirdi.
“Uyg’on jannatim, iltimos koʻzlaringni och!” derdi Yusuf. Hayoliga kelgan 
duolarni oʻqirdi. Ummu Gulsum koʻzlarini ochdi, Yusufga roʻmolchasini berib: 
“Buni oling, doim Qur’oningizning ichida tursin” dedi pas ovozda. Yusufning koʻz 
yoshlari sevgilisining yuziga tomchilardi. Ummu Gulsum chuqur nafas oldi va 
kulimsiradi. “Siz ham shirin hidni sezyabsizmi? Huddi gullar toʻla bog’ning ichida 
oʻtirgandekmiz.” 
Yusuf Ummu Gulsumni boshini koʻtarib quchoqladi: “Iltimos, meni tashlab ketma” 
derdi. Ummu Gulsum sekin shahodat barmog’ini koʻtardi va Yusufning qulogʻiga
“La Ilaha Ilalloh” dedi.
“Qara menga sevgilim. Bizning nikohimiz Arshi Aloda oʻqildi. Biz jannat 
eshiklarini birgalikda ochamiz. Kuchim, nafasim yetganicha seni duolarimda doim 
eslayman...” derdi Yusuf, Ummu Gulsumning boshini silagan holda.
Ummu Gulsum koʻzlarini yumdi. Yusuf esa pichirlagan holda dedi:
“Sen ham shahitsan gulim, sen ham shahitsan...” 
uning yuzlarini silab oxirat yurtiga kuzatdi.
Ummu Gulsumni yuvadigan ayol kamdan-kam bunday xolatlarga duch kelardi.
Ummu Gulsumning yuzida tabassum bor edi.
Uni huddi kelinchaklardek tayyorladi. Chunki, farishtalar tomonidan kutib 


olinishini bilardi.
Yusuf koʻzlarida yosh, o’zini qo’lga olishga harakat qilardi, yuragi yongan holda 
uni tuproqqa qoʻydi. Hali unga toʻyib ulgurmasdan tuproq uni olib qoʻygandi. 
Oʻsha kecha Yusuf bir tush koʻrdi...Ummu Gulsum unga tabassum qilayotgandi.
“Yusufim! Meni Fotima onamiz kutib oldilar. Men seni jannatning eshigi tagida 
kutaman” deyotgandi.
Jannatning eshigi tagida 


Iltimos, foydalansangiz manbani ko’rsating. Kanal nomini o’chirib o’zlashtirishingizga roziligim yo’q! 
T.me/iffatliqalb
 
T.me/iffatliqalb
 
Mozorga borganmisiz?
O’liklarni hammasi qariyalarmi?
Ajali qachon kelishini bilmaydigan nodon inson, nimasiga bunchalik ishonadi?
Qalbini ba’zan o’zi ham tushunmaydigan ojiz inson, qanday qilib bemalol “qalbim toza” deya oladi?
“Oyi!” 
“Dada?” - deb baqirdi Umar, lekin biron ovoz eshtmadi.
“Uff, qayerda qoldi bular?” 
Umar mehmonxonaning eshigini ochib qarasa, ota-onasi namoz o’qishayotgan ekan.
“Qachon chaqirsam namoz o’qishayotgan bo’ladi, nima chiqadi shu namozdan!!! Qalbda bo’ladi, qalbdaa. 
Eee, xullas men ko’chaga chiqyabman.”- dedi. Sigaretini cho’ntagiga solib tashqariga chiqib ketdi.
Ko’chada uni huddi o’ziga o’xshagan do’sti kutib oldi.
“Qayerlarda qolib ketding, kutaverib siqilib ketdim!” 
“Bo’ldi ko’p gapirma chiqdimku.” - dedi qo’pol ohangda va do’stining mashinasiga o’tirdi Umar. Juda 
g’azablanayotgandi.
“Mayli tezroq ketaylik, Ahmad telefon qildi bugun klubda juda chiroyli qizlar bor ekan” 
Umar bu gapni eshtib sal o’ziga keldi.
“Oo, bo’pti unda kuttirib qo’ymaylik, hayda!” 
Shunday edi Umar. Qizlarni boshini aylantirardi, sigaret chekardi, ba’zan yonidagi do’stlari majburlasa 
aroq, pivo bularni ham ichardi. Oxirat haqida o’ylamasdi.
“Insonni iymoni ichida bo’ladi” – derdi.
Umar qizlar bilan ko’ngil xushlik qilish haqida o’ylayotgan paytda, uy ichida ota-onasi ko’z yosh 
to’kayotgan edi. Farzand bilan sinalishgandi. Bu ularning sinovi edi. O’g’illari tufayli bir pasda sochlariga 
oq, yuzlariga ajin tushgan, ancha qarib qolishgandi.
Butun uyni Umarning atirini hidi tutib ketgan.
“Bolamning tarbiyasida qayerda xato qildim Robbim” deb Allohga yolvorardi otasi.
Onasi esa o’g’liga insof va hidoyat so’rab duo qilardi.
Soat kechasi 1 dan oshdi. Otasi allaqachon uxlab qolgan, ammo onasi har doimgidek Umarni kutardi. O’g’li 
kelmasidan ko’ngli joyiga tushmas, mijja qoqmasdi.
“Nima qilayotgan ekan. Yana ichib kelsa-ya bugun...Biron janjalga qo’shilib qolsa-chi. Allohim bu bola 
yarim tungacha nima qiladi!?” 
Shu o’ylar bilan onasi ham kuta-kuta uxlab qoldi. Aslida Umar bolaligida juda odobli va axloqli edi. Ota-
onasi unga bir necha suralarni, duolarni yod oldirgandi. Ammo, katta bo’lgani sari yonida do’stlariga 
qo’shilib Umar ham ayniy boshladi. Oxir oqibat shu ko’chaga kirib qolgandi.
Tong yorishdi. Umarning ota-onasi bomdod namozini o’qish uchun uyg’onishdi. Onasi darhol Umarni 
xonasiga qarab yugurdi. Umar kelgan, uxlab yotardi.
“Allohga shukur” deb indamastan chiqib ketdi. Bomdod namozini o’qib bo’lgach uy ishlari bilan mashg’ul 
bo’lishdi.
Umar esa hali uyg’onay demasdi. Peshindan ham o’tib ketti. Onasi urushib bermasin deb uni 


uyg’otmagandi, lekin oxiri majbur bo’ldi. Sekin eshikni ochib xonasiga kirdi. Xonasidan sigaret hidi kelardi.
“Og’lim, kech bo’ldi bolam uyg’on. Bolam...turaqol yuz-qo’llaringni yuv.” - deb derazalarni ochdi. Umar esa 
uyoqdan buyoqqa ag’darilib: 
“Uff, oyi boshim yorilay deyabdi, sizni gapizni umuman ko’taromiman. Chiqing xonamdan!” 
deb baqirdi.
Onasi yana xafa bo’lib chiqib ketdi. Buni ko’rgan otasi esa Umar bilan to’qnash kelib qolmaslik uchun 
uydan chiqib ketti. Masjidga borib birodarlari bilan suhbat qilgisi kelgandi. Yo’lda ketayotib, o’zini tutib 
turolmay yig’lab yubordi. Umar ibn Hattobdek o’g’il istab bolasiga Umar deb ism qo’ygandi. Umar 
roziyallohu anhudek adolatli, Allohning oshig’i bo’lishini xohlagandi. Lekin afsuski Umar aksincha dindan 
uzoq edi. Ko’chada huddi dinsizdek yurardi. Kiyimidan tortib og’zidan chiqadigan harom so’zlari...ismiga 
loyiqmasdi.
Ammo, otasini Allohdan umidi bor edi. Duolar qildi va ko’z yoshini sekingina artib yo’lda davom etdi.
Umar zo’rg’a o’rnidan turdi. Yuz-qo’lini yuvib oshxonaga onasini yoniga bordi.
Stolga o’tirib, salom yo’q alik yo’q “Nima bor yeyishga, qornim och” dedi.
Onasi o’g’lini injiqligini bilgani uchun bir necha xil ovqat qilgandi.
“Bolam, yaxshimisan, boshing...” dedi-yu, shu payt Umar baqirib ketdi.
“Oyi boshim yorilay deyabdi dedim-ku, nega hadeb so’rayverasiz!
Men ovqat so’radim, necha martta aytaman faqat savolimga javob bering deb!!!” 
Ayolni ko’zidan yoshlar quyila boshladi. Ro’moli bilan yoshini artardi.
“Men kettim, asabimni buzib hadeb telefon qilavermanglar!” - deb ko’chaga chiqib ketdi Umar.
So’ng otasi kirib keldi. 
Ayolini yig’lab o’tirganini ko’rib chidolmadi. Zotan, hech qachon chidolmasdi uning ko’z yoshlariga. Yuragi 
yonayotgandi. Qo’lini duoga ochib Allohdan so’ray boshladi: 
“Robbim, yoki o’glimni ismiga mos qul ayla, yoki bundan ham og’irroq gunoh qilmasidan uni yoningga ol”
Onasi darhol “Yo’q unday demang, u bizni birgina o’g’limizku axir” deb tinmay yig’lardi.
Umar do’stlari bilan kalyan chekadigan kafega borib kayf-u safo qilayotgandi. Ro’parada o’tirgan do’sti: 
“Umar, qizing qani nega olib kelmading?” - dedi.
Umar esa kulib javob berdi.
“Qaysi birini aytyabsan. Rus qiznimi yoki o’zimiznikinimi?” 
Shayton quloqlariga sekin pichirlab “Ofarin” deyotgandi. Qizlarni boshini aylantirish, bir vaqtda bir nechta 
qizlar bilan gaplashish faxrlanishga arzigudek ish edi go’yo.
Kafedan chiqib diskotekaga bordi. Bir talay qizlar bilan birga raqs tusha boshladi. Shu kuni Umar haddan 
tashqari ko’p ichdi. Saharga yaqin mast holda uyga qaytayotgan vaqtda masjid imomi ham bomdod uchun 
masjidga ketayotgandi. Umarni ko’rib xafa bo’lib ketdi va so’radi: 
“O’g’lim, isming nima, nima bu yurish?” 
“Ee, nima qilasizeee ismimni boring namozingizni o’qing! 
Umar ismim Umar bo’ldimi?” 
Imom unga nasihat qila boshladi: 
“Qo’y bu ishingni Umar. Tavba qil, o’lim bor, oxirat bor. Bu ishing Allohga xush kelmaydi!” 
“Qanaqa o’lim, men yoshman hali. Menga jinam urmaydi.” deb yo’lida davom etti Umar.
Uyga borib eshikni tepa boshladi.
“Oyii, daadaa” deb baqirdi. Otasi chiqib eshikni ochishi bilan Umar otilib uyga kirdi.
“Muncha ochishilar qiyin!!! Qanilar Hadicha xonim, kelishim bilan diydiyo boshlamaydilarmi yana?” 


Onasi yana yig’lab xonadan chiqdi.
“O’g’lim, jonim bolam yetar endi. Bizni ham sabrimiz qolmadi, hayotdan to’ydirdingku”.
Umar: 
“Hali men tôydirdimmi. Shunaqami?” - deb onasini urmoqchi bo’lib qo’lini ko’tardi. Lekin otasi bunga yo’l 
qo’ymay, Umarni qo’lini qaytarib qoldi va yuziga tarsaki tushirdi.
Umar qizarib g’azab otiga mindi.
“Hech kim kerakmas menga, sizlar ham. Bu uyda sizlarga joy yo’q. Chiqinglar ko’chaga” - deb hayday 
boshladi. Ota-onasi qarib qolishgan, Umar esa ayni kuchga to’lgan payti. Ularni Umarga kuchlari yetmasdi. 
Mast holatida nima deb, nima qilayotganini bilmasdi ham Umar.
Guldek ota-onadan qanday qilib bunday nodon va johil farzand dunyoga kelishi mumkin edi!?
“Allohim, bu qanday sinov” deb tinmay yig’lardi onasi. Shovqin-surondan qo’shnilarga ham tinchlik yo’q 
edi.
Qarib, endi farzand rohatini ko’ramiz degan paytlarida ko’chada qolishdi. Ammo, tabiiyki dunyoda hali 
insoniylik o’lmagan.
“Yuring biznikiga. Bo’lib turadi-da bunaqa ishlar.” deb bir-ikki qo’shni pastga tushishdi.
Qaysi biriga yonsin bechora ota-ona.
Uyidan haydalganigami yoki shunday johil o’g’il tarbiyalashganigami...Shu payt onaizorni yuragi sanchib 
qoldi. Tez yordam chaqirildi va shifoxonaga olib ketishdi.
Umar uyda yolg’iz, shayton esa qulog’iga tinmay pichirlardi. Telefonini olib bir qizning raqamini tera 
boshladi, uni uyga taklif qilmoqchi edi. Ayni muddao emasmi, uyda hech kim yo’q, asabi ham buzilgan. 
Kayfiyatini ko’tarishi kerak edi. Qiz kelgunicha Umar shu xoliga yana bir necha qadah ichkilik ichdi. Endi 
tamoman karaxt holda, ko’zlari yumilib ketayotgandi. Soatga ko’z tashlab qo’ydi.
Soat ertalabki 3:52 
Chaqirgan mehmonini ham unutib, o’tirgan joyida o’ziga-o’zi gapirib, gapirib uxlab qoldi.
Umar notanish ovozlar eshtardi.
Nima edi u?
Huddi chaqmoq chaqayotgandek, momaqaldiroqning kuchli ovozi go’yo quloqlarini teshib yuboradigandek.
Qop-qorong’u zimiston.
“Qayerdaman, nima bo’lyabdi?!” derdi o’ziga.
Sekin o’rnidan turdi, qadam tashlab yurmoqchi edi-ki, yelkasiga kimnidir qo’li tekkanini sezdi. Tirnoqlari 
uzun, o’tkir.
“Aytgancha, haligi qiz bo’lsa kerak, uyga chaqirgandim-ku” deb o’yladi Umar.
Orqasiga o’girilib qaraganda esa, qarshisida qo’rqinchli, nimaligini tushunib bo’lmaydigan maxluqni ko’rdi. 
Maxluq Umarni yerga yotqizib ikki yelkasiga qo’lini qo’ydi.
Qop-qora yaratiq Umarga qarab qo’rqinchli shaklda kular va chuqur-chuqur nafas olib chiqarardi. Og’izdan 
shunchalik badbo’y hid kelar, u hidni ta’riflashga til ojiz edi. 
Tobora Umarga yaqinlashar, Umar esa o’zini olib qochmoqchi bo’lardi. Nihoyat, juda yoqimsiz ovozda 
“UMAR!” dedi.
Umarni yuragi tez urayotgandi. Umri davomida hech kimdan bunchalik qo’rqmagandi.
Yana bir bor takrorladi: “UMAAAR!”
“Kimsan, nima istaysan, qo’yib yubor meni!” derdi Umar, huddi yolvorayotgandek.
Umar yolvorardi. Oldin qanday edi?!


Hamma undan qo’rqardi, hech kimga yalinmagandi.
“Men seni do’stingman Umar. Tanimadingmi?
1 soniyaga bo’lsa ham yoningdan meni ayirmading, doim men bilan bo’lding. Endi bu dunyoda men ham 
sen bilan bo’laman!” 
“Meni sendek do’stim yo’q! Keet!” deb, huddi yosh boladek yig’lardi Umar.
O’rnidan turib qocha boshladi. 
“Do’stingman seni Umaar” 
Maxluq qo’llarini ochib Umarga qarab kelardi. Yanada daxshatliroq ko’rinardi bu xolatda.
Umar go’yo tilini yutgandek edi. Osmonga qarab, qo’lini ochib duo qila boshladi.
“Allohim, yolvoraman meni qutqar!” 
“Nima? Nima deyabsan Umar? Xa-xa-xa! Allohmi? Sen meni aytganimni qilding, Uni emas. Men nima 
desam meni gapimga kirding. Endi U ham senga yordam bermaydi.” 
Nima qilsin endi Umar. Kimdan yordam so’rasin. Majoli qolmagandi Umarni, peshonasidan terlar oqar, yuzi 
qo’rquvdan oqarib ketgandi.
“Umaar, kelsangchi yonimga.
Aroq ich dedim, ichding!
Qizlarga qara dedim, qarading.
Borib gaplash, shahvatni lazzatini his qil, harom so’zlarni ayt dedim, aytding.
So’kin dedim, so’kinding.
Ota-onangga baqir dedim, baqirding.
Namozni nima qilasan hali yoshsan dedim, o’qimading! 
Gapimni ikki qilmading. Nahotki endi tanimayabsan meni?
Aroq ichgan paytingda men ichingga o’sha aroq bilan birga tushdim! 
Qizlar bilan yolg’iz qolganingda orangizda doim men bor edim!
Ota-onangga baqirib, qo’l ko’targaningda peshonangdan men o’ptim!
So’kinib gapirganingda seni yelkangni men siladim Umar!
Men qildim bularni, men bor edim yoningda. Seni yolg’iz qoldirmadim men Umar.
Endi mana yana birgaman!” 
Umar yig’lardi, baqirib-baqirib yig’lardi.
“Yo’q bo’lishi mumkin emas!” 
Shu payt boshqa yig’i ovozlari ham eshtildi, insonlarni gaplari, shovqinlar.
Qayrilib qaradi Umar. Hamma bir joyga qarab turardi. Ba’zilar yig’lardi, ba’zilar esa pichirlashardi. Qayerga 
qarashyabdi deb Umar ham o’girildi. Bu nimasi? Nimalar bo’lyabdi?
Umar divanda qanday uxlab qolgan bo’lsa shunday yotardi. Farqi...yuragi urmas, joni uzilgandi. Ha, Umar 
o’lgandi!
“Kim bu yotgan. Men shu yerdaman. Hey, men shu yerdaman, nega yig’layabsizlar?
Menga qaranglar! ESHITYABSIZLARMIII!”
Ammo, hech kim eshtmasdi.
Odamlar o’zaro gaplashishardi: 
“Essizgina, yosh edi-ya hali...” 
“Ota-onasi qutildi axeri” 
Umar quloqlariga ishonmayotgan edi.
“Nima deyabsan, kim yosh ketti, kim o’ldi? Men shu yerdaman axir.” 
Tez yordam keldi, Umarni yuzlari ko’karib ketgandi, aroq va sigaret hidi tutib ketgandi uyni.


Umar nima bo’layotganini tushunmasdi, bir lahzada o’zini morgda ko’rdi, tepasida esa ota-onasi... 
Onasi faryoq solar, otasi esa uni zo’rg’a tutib turardi. 
“O’g’lim, bolaaam meni qanday tashlab ketding, axir juda yosh eding-ku. Kechagina chaqaloq eding-ku 
bolam. Bolaginaaam bu yer juda sovuq sen qanday qolasan bu yerda!!!” 
Hamshiralar, shifokorlarga yalinib yolvorardi.
“Doxtir bolam bu yer juda sovuq, o’g’lim sovuq qotadi, yolvoraman bu yerdan uni chiqar” deya yig’lardi.
Umar onasini ko’rib quchoqlamoqchi bo’ldi.
“Yig’lamang oyijon men shu yerdaman”. 
Lekin hech kim uni ko’rmasdi ham eshitmasdi ham... 
Umarni jasadini yuvish payti kelgandi. Umar u yerdan bu yerga yurar haligacha tushunib yetmagandi nima 
bo’lganini. Boshqa tomondan esa kulgular va qahqahalar eshtilardi: 
“Oz qoldi Umar, oz qoldi! Xa-xa-xa” 
Naqadar qo’rqinchli va yoqimsiz ovoz edi. Ovoz u yoqda tursin Umarni qo’rqitish uchun uning nafasini o’zi 
yetib ortardi.
Uni yuvish uchun xonaga imom kirib keldi. Bu o’sha Umarga nasihat qilmoqchi bo’lgan imom edi.
Imomni ko’rishi bilan shayton uzoqlashdi.
“Ana keldi, meni doim haydaydigan” deb imomga ishora qildi so’ng asta-sekin vasvasa qilishni boshladi: 
“Naqadar yoqimsiz bir jasad bu, hidiga chidab bo’lmaydi. Sen yuvma buni” 
Imom shaytonni eshitmasdi lekin ichidan 
“Boshqa odam chaqirsammikin buni yuvish uchun” deb o’yladi. Chunki haqiqatda xonadagi jasad hidiga 
chidab bo’lmasdi.
Shayton esa vasvasa qilishda davom etardi: 
“Xunukligini qara, kim bilsin tirikligida qanday ishlar qilgan, yuvma buni” 
Umar hamma narsani ko’rib turardi.
“Demak shaytonni vasvasasi shunday bo’larkanda” deb qo’ydi.
Imom Umarni yuzini ochdi. “Bismillahir rohmanir rohim” deb orqaga bir qadam tashladi. Chunki umri 
davomida bunchalik tez chirib ketgan jasadni ko’rmagandi. Umarni vujudiga tahorat suvi tegmaganligi, 
peshonasi sajda ko’rmaganligi bilinib turardi. Darhol suv bilan yuva boshladi. Duolar bilan yuvdi.
“Jasadi bunday bo’lsa, ruhi qay ahvoldekin...” deb o’yladi. Yuvib bo’lib kafanga o’ramoqchi edi lekin, kafan 
yetmasdi. Eyvoh, bu qanday bo’lishi mumkin? Kafan yetmasligi mumkinmi?
Bir amallab o’rashdi.
Umar tobut ichida edi. Otasi va do’stlari uni ko’tarib ketayotgandi. Bu tobut shunchalik og’ir ediki otasining 
peshonasidan ter oqardi.
Umar atrofdagi hammaga qarab baqirardi: 
“Yolvoraman unday qilmanglar, hazil denglar, tush denglar!” 
Koshki kimdur eshitsa.
Umarni ko’zi yana tobutga tushdi. Tobut ustidagi qop-qora it nimasi. It nima qilyabdi?
Bilsaydi-ki, u it Umarning nafsi edi.
Go’rini ko’rib daxshatga tushdi chunki katta semiz ilon bor edi.
“Unday qilmang yolvoraman, men tavba qilaman, kechiring meni iltimos men tavba qilaman” derdi Umar.
Ammo...afsus yo’lni oxiriga kelib bo’lgandi. 
Tobutni go’rga qo’yishdi. Birdan Umar tobutni ichida ko’zini ochdi. Badaniga qaytgandi. Ustiga tuproq 
otilayotganini sezardi.


“Yo’o’q, chiqaringlar meni bu yerdan, men tavba qilaman. Men hali tayyor emasman.
Otajon tuproq otmang, to’xtang.” 
Yorug’lik tuproq bilan zimistonga aylanayotgandi.
Borgan sari shovqin-suron kamayib odamlar ham tarqadi. 
Oxirida esa imom qoldi va qabrga qarab: 
“Ey, Hasan o’g’li Umar sen o’lding!” 
“Nima?”
Umar tushunmadi.
“Ey, Hasan o’g’li Umar sen o’lding!” 
Umar hech narsani tushunmayotgandi.
Imom uchinchi martta takrorladi.
“Ey, Hasan o’g’li Umar sen o’lding!” 
Nihoyat Umar nima bo’lganini tushundi. Ko’zlarini daxshattan katta-katta ochdi. Tobutdan chiqmoqchi 
bo’lib o’rnidan turdi-yu boshini taxtaga urdi.
Endi Umar rostdan ham o’lganini tushunib yetgandi. Qilmishlari bilan yolg’iz qolgandi.
Endi Umar...bu dunyoning emas, narigi dunyoning ovozlarni eshitardi.
Yonidagi qabrda yotganlarning faryodlarini, azobdan ingrashlarini, Allohga yolvorishlarini eshitardi.
So’ng...ikki farishta keldi Umarni oldiga.
Munkar va Nakir. Ularning vazifasi Umarni so’roqqa tutish edi. Javobiga qarab Umarni qabrdagi hayoti 
o’zgarishi mumkin. 
Va boshlandi... 
“Ey Hasan o’g’li Umar Robbing kim?” 
Jimjitlik... 
Umar javob bera olmasdi. Bundan oson savol bormi dunyoda? Lekin, Umar javob berolmas, tilini 
qimirlatolmasdi, huddi tili muxrlanib qolgandek, qabr esa tobora uni siqib borardi.
Savol davom etardi: 
“Payg’ambaring kim?” 
Qiyin ahvolda edi Umar. Qabr torayib borar, Umarni butun badani qaxshab og’rirdi, qanday javob bersin, 
og’riqlardan gapira olmasdi ham. Albatta Umar bu savollarni javobini bilardi. Yoshligida o’rgangandi, 
yodlagandi. Bundan oson savol bo’ladimi? Javob beraman deb o’ylagandi, o’ziga ishongandi. 
“Allohdan O’zga iloh yo’qligiga, Muhammad uning quli va rosuli ekaniga guvohlik berasanmi?” 
Nima desin Umar, lablari qimirlamasdi. Lekin qalbi...qalbi “Ha, guvohlik beraman” deyotgandi. Dunyo 
hayotida qalbida ishonardi bunga. Amali, yurish turishi buni bildirmasa ham, lekin qalbi guvohlik bergandi. 
Ammo, farishtalarni qanday ishontirsin. Faqatgina qalbini guvohligi yetarlimidi? Boshqa a’zolari ham 
guvohlik berishi kerak edi.
“Shahodat kalimasini ayt!” 
Aytolmasdi Umar. Shahodat o’zi nima edi? Shunchaki ko’rdim, eshitdim deyish bilan ish bitarmidi.
“Isboting qani?” 
Tili isbotlaydimi Umarni?
Yoki qo’llari, yoki peshonasi, yoki tizzalari?
Tiliga zikrni joylashtirmagan bo’lsa, tavba qilmagan bo’lsa qanday guvohlik bersin?
Peshonasi sajda ko’rmagan bo’lsa qanday guvohlik bersin? 
Qo’llari zakot bermagan bo’lsa nimani aytsin?
Tutgan ro’zalari qani?


Namozi qani?
Bergan zakoti qani? O’qigan Qur’oni qani?
Bular bandaning shafoatchilari emasmidi?
Qaysi birini qilgandi Umar. Azon aytilganda “Menga nima” degandek qimirlab ham qo’ymadiku nafsi.
“Namozdan nima chiqadi, qalbi toza bo’lsin, iymon qalbda” deganlardan edi.
Lekin afsus, bu yetarli emas ekan.
A’zolari aksincha uni harom ishlari, harom so’zlari haqida guvohlik beradi.
Eh, qaniydi hayotligida bir marttagina bo’lsa ham Qur’on o’qiganida Umar, ko’rgan bo’lardi Allohning 
oyatlarini: 
“U kunda ularning og’izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini bizga qo’llari so’zlar va oyoqlari guvohlik 
berur.” 
“... quloqlari, ko’zlari va terilari qilib o’tgan narsalari haqida ularga qarshi guvohlik beradilar.”
Birdan qabr ilonlar bilan to’la boshladi. Boshi atrofida bir ilon tinmay aylanardi. Qabr shu qadar issiq-ki, 
huddi yonayotganday.
Oxiratga tayyorgarlik ko’rmagandi Umar. Dunyoda atiga 1 soat yashagandek tuyilardi unga.
Har namozga azon aytilganda, dunyo hayotida namoz o’qimagani uchun ilon Umarga nishini sanchib 
olardi. Umar o’lib tirilardi. Bu faqat qabrdagi azob, bundan keyin abadiy qoladigan joyi - jahannamdagi 
azoblarni bilsaydi... 
“Iltimos Robbim kechir meni, dunyoga qaytay, solih amallar qilay. Yolvoraman Allohim meni qaytar.” - deb 
dod-voy solardi.
Birdan bir eshik ochildi, eshik ortida jarliklar, yonayotgan dengizlar, eng tubida esa tikanli zaqqum 
daraxtlari. Borgan sari yonib ketayotgandi Umar. Shu payt yana bir eshik ochildi. Ammo, bunisi 
boshqacha, nurli, xushbo’y, gullar chiroyli daraxtlar bor edi. Umar shu eshik tomon bormoqchi bo’ldi. 
Nihoyat qutilishga chora topgandi. Lekin...lekin juda ingichka bir yo’l bor edi o’rtada.
Qani endi, ibodatlari joyida bo’lsa edi. Sirot ko’prigi, qildan ingichka, qilichdan o’tkir.
Umar sirotni yaqiniga ham borolmadi. Huddi katta jarlikdan pastga qulayotgandek edi. Ko’zlari to’la yosh, 
badanida sog’ joyi qolamagandi Umarni. Og’riqlar bilan birga ingrab shahodat barmog’ini ko’tardi. Birozdan 
so’ng olovda yonib kul bo’lib ketishini bilardi. Buni bilgani uchun baqirdi Umar: 
“Allohu Akbaaar, Allohu Akbaaar” 
Sahar bomdod vaqti, muazzin azon o’qiyotgan edi. Shahodat barmog’ini ko’targan holda baqirib uyg’ondi 
Umar.
Yonida mehmon qiz bor edi. U uyga kelgan, eshik qulflanmagani uchun bemalol ochib uyga kirgandi.
Soatga qaradi Umar. Soat 4:00
“Nima? Hatto 10 daqiqa ham o’tmabdi. Huddi oradan yillar o’tib ketgandek. Bu qanday tush bo’ldi 
Robbim...” 
Yonidagi qizga qaradi. Qiz ham unga xayron boqardi. “Ket” dedi Umar.
Qiz “Nima bo’ldi” demasidan oldin, Umar yana:
“Ket, ketishing kerak, meni boshqa bezovta qilma” deb bir amallab qizni uyiga jo’natib yubordi.
Soppa sog’ edi Umar. Lekin, tushi huddi haqiqatga o’xshardi.
“Allohga ming shukur, ming shukur. Allohu Akbar” deb yig’lab yubordi.
Darhol yuz-qo’lini yuvib ko’chaga chiqdi.
“Oyi, dadaa? Qayerdasizlar” deb baqirardi Umar.
Qo’shnilardan biri derazasini ochib jaxl bilan: 


“Umar nega baqiryabsan, ular yo’q bu yerda.
Uydan haydab chiqarding-ku” dedi.
“Xolajon, ayting iltimos qayerda ular” dedi Umar ko’zlari to’la yosh. Biroz avval uydan haydagan go’yo bu 
Umar emas boshqa odam edi.
“Onangni tobi qochdi. Kasalxonaga ketishdi” 
Umar kasalxona tomon yugurdi. Onasiga biron korxol bo’lsa-chi? Nima qilardi?
Hayolida faqat shu o’ylar.
Nihoyat nafasi bo’g’ziga tiqilib kasalxonaga yetib bordi. Kirishi bilan hamshira bormi, shifokor bormi: 
“Onam qani, nima bo’ldi” deb so’rardi.
“Tinchlaning, o’zingizni bosing, chuqur nafas oling” dedi shifokorlardan biri.
“Onam, onam qani. Uni ko’rishim kerak” 
“Tinchlaning, albatta ko’rasiz. Onangizni ismi nima?” 
Shu payt xonadan bir qariya chiqib keldi. Bu Umarni otasi edi. O’g’lini ovozini eshitib xonadan chiqqandi.
“Dadaaa” deya yugurdi Umar.
Otasi esa: 
“Ket, nima kerak yana senga. Shuncha qilganing kammi” deb jaxl qilayotgan edi.
“Meni kechiring dada, kechiring!”
Umar otasini oyoqlariga tiz cho’kib yig’lab kechirib so’rardi.
Otasi o’g’liga nimadir bo’lganin sezdi va o’zi ham ko’z yoshini ushlab turolmadi. O’g’lini quchoqladi.
“Oyim qani?”
Xonaga kirishdi. 
“Oyijoon”
Umar onasini mahkam quchoqlab oldi. 
“Oyijon, jonim sizga fido bo’lsin. Meni kechiring. Iltimos kechiring.” 
Onasi darhol sezdi. O’g’lida yaxshi tomonga o’zgarish borligini, Alloh duolarini qabul qilganini sezdi va 
yig’lab yubordi. Necha yillardan beri intiqlik bilan, umid bilan kutardi o’g’lini o’zgarishini.
Onasi o’g’liga kulimsirab qaradi: 
“Bor o’g’lim, endi namozga bor, masjidga bor. Allohning yoniga bor!” 
Umar ham kuldi. Avval onasiga so’ng otasiga qaradi. Qalbida o’zgacha huzur bor edi. Qanchalik qiynadi 
shu gul misol insonlarni.
Kasalxonadan chiqib uyi tomon yugurdi Umar.
Avval kiyimlarini almashtirishi, g’usl qilib olishi kerak edi. Darhol uyga borib yangi, toza kiyimlarini oldi. 
G’usl qilish uchun xommomga kirdi. Ko’zidan yosh daryo misol quyilardi. Axir, suv... Umarni poklash uchun 
qancha suv kerak edi. Yetarmidi? Gunohlardan poklanishiga, uni eng Sevimli’ni xuzuriga tayyorlashga suv 
yetarmidi?
G’usl qildi, Umar buyuk tavba uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Toza kiyimlarini kiydi, otasini do’ppisini 
boshiga kiyib oynaga qaradi. Uyaldi!
Qattiq uyaldi, hatto oynaga qarashga ham uyalayotgandi.
Yana o’sha shayton keldi Umarni oldiga. Umar uni eshitmasa ham ichida qo’rquv va vasvasa boshlandi. Bu 
safar shayton unga teginolmayotgandi, uzoqdan vasvasa qilardi: 
“Sen bunga loyiq emassan Umar. Uyalmaysanmi! Ichgan arog’ing hali qoningda aylanib yuribdi esingan 
chiqardingmi? Borma, qaysi yuz bilan borasan!” 


Tabiiyki bularni Umar eshitmasdi. Ammo, hayolida shu kabi fikrlar takrorlanardi. Sekin do’ppisini yechdi. 
Qanday borardi shuncha gunoh bilan Allohning yoniga. U bir gunohkor edi. Tavbaga loyiq emasdi. U o’ziga 
shaytonni do’st qilgan edi bir paytlar.
Ammo, Alloh shaytonni vasvasa qilishiga izin bermadi. O’z ilohiy qudrati bilan Umarni yuragiga bir titroq 
berdi.
Umar oynaga qarab o’ziga- o’zi: 
“Ey Umar, qaysi biri buyukroq. Sening gunohingmi, Allohni rahmatimi?” 
Takror do’ppisini kiyib ko’chaga chiqib, masjid tomon yo’l oldi.
Shayton esa g’azabdan nima qilarini bilmay 
“Yo’o’q” deb baqirardi.
Masjid tomon qadam tashlab borarkan, yuragi ming bir hayajon bor edi. Axir masjidga ilk marotaba 
boryabdiku. Yoshligida otasi bilan borgandi. Lekin undan keyin o’z ixtiyori bilan hali biron martta 
bormagandi.
Yer-u osmondagi farishtalar shohid bo’ladigan buyuk tavbani qilishga ketayotgandi.
Yo’lda huddi qushlar u uchun sayrayotgandek, shamol u uchun esayotgandek edi.
Nihoyat masjidga keldi.
“Keldim Robbim, keldim. Men keldim, Umar keldi Robbim” deb yig’lardi.
“Kechirmasachi gunohlarimni” deb o’yladi. Shuncha yillik gunohlar, haromlar. Osonmidi? 
Masjiddagi mushki anbarni hidini to’yib hidladi. Tezroq sajda qilgisi kelardi va masjidga kirdi.
Masjidda deyarli hech kim yo’q edi. Chunki hamma namozini o’qib ishiga chiqib ketgandi.
“Shohid bo’l Robbim, shohid bo’l!” dedi Umar va qo’llarini duoga ochdi. Namozdagi suralarni bilmagani 
uchun faqat duo qilardi.
“Allohim, seni xuzuringda turishlik bu qanday ne’mat. Qayerda edim shuncha payt. San’atni orqasidagi 
San’atkorni qanday qilib ko’rmadim?” 
Ko’z yoshlari yuziga, so’ng qo’llariga, so’ng masjidning gilamlariga oqayotgan edi.
“Qabul qilasanmi meni Robbim...?” qichqirib yig’lardi Umar.
So’ng sajda qildi. Tilidan faqat bir so’z aylanardi: 
“Avf et yo Rabb” 
“Avf et yo Rabb” 
“Avf et yo Rabb” 
Gunohlarini yuvish uchun bu so’zlarni necha martta aytishi kerak edi?
Qimirlamasdi. Boshini sajdaga qo’yganicha huddi toshdek qotib turardi, hech kimni eshitmas, hech kimni 
sezmasdi.
Ha, bu buyuk tavba edi. Farishtalar shohid edi bunga. Masjidning har bir burchagi, gilamlari, kitoblari 
guvoh edi bunga. Qalbi bilan Allohning huzuriga ko’tarilgandi go’yo Umar.
Peshin vaqti bo’ldi, azon aytilib masjidda odamlar ham ko’paya boshlagandi.
Anchadan beri sajdada turganini ko’rgan imom sekin Umarning yoniga keldi. Umar nihoyat boshini 
ko’tardi. Ko’zlari qizarib ketgandi yig’layverganidan, ammo yuzida o’zgacha tabassum bor edi.
“Tavbam qabul bo’ldi” dedi imomga qarab.
“Qayerdan bilding?” 
Imomning qo’lini ko’ksiga olib bordi: 
“Mana bu yerdan. His qildim”
O’zida yo’q xursand edi Umar, dunyolarga sig’asdi. 


Qabul qilgan edi uni Robbisi. Shuncha gunohlariga, xatolariga qaramasdan Alloh uni
“Xush kelding bandam” deya kutib olgandi.
Shu kundan boshlab Umar tamoman o’zgara boshladi. Ota-onasiga qilgan zulmlarini yuvish uchun 
atroflarida parvona bo’ladi. Kun-u tun oyoqlarini tinmay uqalashga ham rozi edi. Shunday qilardi ham. 
Lekin ota-onasi ko’pincha bunga izn bermas, chunki Umarni hidoyatga kelgani zotan ular uchun katta 
sovg’a edi. Onasi yordamida suralarni yod olar, otasi esa unga tajviddan dars berardi. Suralarni hali chala 
yod olgan bo’lsa ham namoz o’qishni boshladi. “Avval hammasini yodlab olay” demadi. Chunki ortiq 
Robbisini kuttirolmasdi.
Tinmasdi Umar, har kuni 1 sahifa bo’lsa ham kitob o’qirdi. Agar juda vaqt topolmasa, hech bo’lmasa 
telefonidagi “Namoz taqvimi” dasturidan keladigan kunlik hadislar, oyatlarni o’qib o’rganardi. “Mo’minning 
har kuni kechagidan yaxshiroq bo’lishi kerak” deb bilardi. Ba’zan tanasi namozga dangasalik qilsa, ko’rgan 
tushini eslardi. Eslashi bilan yuragi joyidan otilib chiqqudek urishni boshlar va darhol namozga turardi. Shu 
zaylda kunlar, oylar o’tib borardi. Eski Umardan asar ham qolmagandi. Barcha do’stlari va qizlar bilan 
aloqani uzgandi. Ularning haqqida ham duo qilar, hidoyat so’rardi. Ayniqsa gaplashgan qizlarini haqqiga. 
Chunki ular bilan shunchaki ko’ngilxushlik uchun gaplashgan, nechtasini aldab yurgandi.  

Download 421.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling