Ushbu Humans'ning Moliyaviy servislaridan foydalanish imkonini taqdim etish qoidalari keyingi


Humans'ning Moliyaviy servislaridan foydalanish xizmati (Xizmat)


Download 54.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.10.2023
Hajmi54.06 Kb.
#1730391
1   2   3   4   5
Bog'liq
moliyaviy-servislaridan-foydalanish-imkonini-taqdim-etish-qoidalari

Humans'ning Moliyaviy servislaridan foydalanish xizmati (Xizmat) – Mijozlarga Bank
tomonidan ko'rsatilayotgan Humans'ning moliyaviy servislaridan foydalanish imkonini taqdim
etish (jumladan Mobil ilovadan foydalangan holda), Bankka Mijozlarning buyruqlarini uzatish,
shuningdek Karta orqali To'lovlarni amalga oshirishda Kartaga Provayderning aloqa xizmatlari
uchun avans tariqasida Mijoz tomonidan kiritilgan pul mablag'larini qaytarishni ta'minlash
bo'yicha Provayderning xizmati.
Ushbu Qoidalarda ishlatiladigan boshqa atamalar «Humans» MChJ aloqa xizmatlarini ko'rsatish
Shartlarida (Shartnomada) keltirilgan ma'nolarda qo'llaniladi.
1.
XIZMATNI ULASH
1.1.
Xizmatni ulash uchun Mijoz o'z qurilmasiga Ilovani o'rnatishi va undan foydalangan holda
Bank Ofertasi shartlariga muvofiq Kartani chiqarishi yoki faollashtirishi kerak.
1.2.
Ushbu ofertaning shartlarini jismoniy shaxs bo'lgan, Provayder oldida qarzdorligi
bo'lmagan, Provayderning aloqa xizmatlari uchun avans to'lagan, Shartnoma shartlariga va
amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq unga nisbatan aloqa xizmatlari ko'rsatilishi
to'xtatilmagan (abonent raqami bloklab qo'yilmagan) har qanday Mijoz qabul qilishi
mumkin.
1.3.
Kartani chiqarish va faollashtirish bo'yicha 1.1. bandida ko'zda tutilgan harakatlarni amalga
oshirar ekan, Mijoz xizmatni ulashga rozi ekanligini, Qoidalar bilan tanishib chiqqanini va
ularni qabul qilishini tasdiqlaydi.
2.
XIZMATNI KO'RSATISH TARTIBI
2.1.
Xizmat Mijoz tomonidan ulangan vaqtdan boshlab, Mijoz ushbu Qoidalarning 3-bo'limida
keltirilgan usullar yordamida Xizmat taqdim etilishidan bosh tortishigacha, yoki Provayder
tomonidan ushbu Qoidalarning 3, 5, va 7-bo'limlarida belgilangan tartibda Xizmat ko'rsatish
to'xtatilgan vaqtgacha taqdim etiladi.
2.2. To'lov amalga oshirish uchun Buyruqni Mijoz Provayderga quyidagi usullarda uzatadi:
• Kartadan foydalangan holda (To'lov amalga oshirish uchun kartadan yoki uning
rekvizitlaridan foydalangan holda) operatsiya amalga oshirish orqali;
• Ilovadan foydalangan holda Ilovaning interfeyslari tomonidan o'rnatilgan harakatlarni
bajarish va Buyruqni shakllantirish orqali;
• Bank Ofertasi va Ilovaning interfeyslari ko'zda tutgan boshqa usullarda.
• Mijozlar tomonidan tashabbus qilingan to'lovlar Bank tomonidan amalga oshiriladi.
2.3. Mijozning Buyrug'i quyidagi holatlarda bajarilmasligi mumkin (bu haqda Mijoz SMS-xabar
yoki Ilova orqali xabardor qilinadi):
2.3.1.
Ushbu Qoidalarning 5.1. bandida belgilangan cheklovlarga Mijoz tomonidan amal
qilinmayotganligi;
2.3.2. Aloqa yo'qligi yoki Provayderga Bankdan, yoki Bankka bank-korrespondentdan javob
yo'qligi.
2.3.3. Mijoz ushbu Qoidalar va/yoki Bank Ofertasini qabul qilishdan bosh tortishi;
2.3.4. Mijoz to'lamoqchi bo'lgan ish/xizmat/tovarlariga to'lov qilish mumkinligi haqida
Bankdan tasdiqlash javobi olmaganligi;
2.3.5. Mijoz to'lamoqchi bo'lgan ish/xizmat/tovarlarni taqdim etishning imkoni yo'qligi;
2.3.6. Mijoz tomonidan to'lov uchun mustaqil ravishda noto'g'ri rekvizitlar (shartnoma
raqami; to'lov summasi va h.k.) kiritilganligi;
2.3.7. Bank yoki Provayder tomonidan Buyruqni bajarish uchun taqiq qo'yilganida;
2.3.8. Provayderda yoki Bankda ruxsatsiz Buyruq yo'naltirilishining xavfi bor, deb
hisoblashga asos paydo bo'lganida;
2.3.9. Mijoz tomonidan Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga bildirilgan rozilik to'liq
yoki qisman qaytarib olinishi.
2.3.10. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish to'g'risidagi qonunchilikda ko'zda tutilgan asoslar mavjud bo'lganida.
2.4.
Agar ushbu Qoidalarning 2.3. bandida ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lmasa, Provayder pul
mablag'larini Mijozning Kartasiga o'tkazish orqali ularni Mijozning Shaxsiy hisobvarag'iga
qaytaradi. Bank Buyruqlarni Bankning tegishli Ofertasining shartlariga muvofiq bajaradi.
Aloqa xizmatlari uchun avans tariqasida kiritilgan pul mablag'larining qaytarilishi Mijozning
Buyrug'ida ko'rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi.
2.5. Buyruq muvaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz bajarilsa, Bank Mijozni To'lov amalga oshirish
natijalari haqida Provayder orqali xabardor qiladi.
2.6. Provayderning aloqa xizmatlari uchun avans hisoblangan, Mijozning Shaxsiy hisobvarag'ida
hisobga olingan pul mablag'larini qaytarish bo'yicha Provayderning majburiyatlari pul
mablag'lari Bankning korrespondent hisobiga o'tkazilgan vaqtdan boshlab ado etilgan
hisoblanadi.
2.7.
Mijoz to'lov uchun Buyruqlarni faqat Mijoz qurilmasi va/yoki Mijozga biriktirilgan
Identifikatorlardan foydalangan holda yo'llashi hamda bunday Buyruqlarni Mijoz qurilmasi
va/yoki Mijozning Identifikatorlaridan foydalangan holda shakllanishiga bo'lgan urinishlarni
oldini olishi shart.
2.8. Mijoz o'zining Shaxsiga oid ma'lumotlariga kiritilgan o'zgarishlar haqida Provayderni o'z
vaqtida xabardor qilishi shart. Shaxsga doir ma'lumotlar yangilanganida (o'zgarganida)
Mijoz ushbu ma'lumotlarni Bankka 2.10. bandida ko'rsatilgan shartlar asosida uzatishga
topshiriq beradi.
2.9.
Provayder Xizmatlarni ko'rsatish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
2.10. Mijoz shu bilan Provayderga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga
qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq Mijozni identifikatsiyalash maqsadida,
Buyruqlarni bajarish, Mijozga Buyruqlarning bajarilishi holati haqida xabar berish, Bank va
Provayder tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar bo'yicha Mijzolarga xizmat ko'rsatish va
ularni xabardor qilish maqsadida Shaxsiga doir ma'lumotlarni Bankka uzatishga o'z roziligini
bildiradi va topshiriq beradi. Mijoz Bank u tomonidan olingan yoki yig'ilgan Shaxsga doir
ma'lumotlarni uzatishiga, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat
ichida Mijoz tomonidan Provayder va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tuzilgan
shartnomada belgilangan talablarga muvofiq olingan Shaxsga doir ma'lumotlarni Bank
saqlashiga rozilik bildiradi. Mijoz shuningdek Bank olingan Shaxsga doir ma'lumotlarni, agar
bu O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va (yoki) tuzilgan shartnomalarga muvofiq
Buyruqni bajarish va Bankning tegishli Ofertasi shartlariga ko'ra Bank tomonidan
majburiyatlarni bajarish uchun uzatishga haqli ekanligiga rozilik bildiradi. Ushbu rozilik
shuningdek Shaxsga doir ma'lumotlar o'zgarganida ularning Provayder tomonidan Bankka
taqdim etilishi holatlariga, shuningdek Provayder va Mijoz o'rtasida aloqa xizmatlarini
ko'rsatish to'g'risida tuzilgan shartnoma bekor qilingani haqidagi ma'lumotni Bankka taqdim
etilishiga nisbatan tatbiq etiladi.
2.11. Mijoz Provayder yoki yuqorida ko'rsatilgan boshqa shaxslar tomonidan Shaxsiga doir
ma'lumotlarga ishlov berishga bildirgan roziligini Provayderga yozma bildirishnoma yo'llash
yoki Provayder tomonidan unga ma'lum qilingan usullar orqali qaytarib olishga haqli. Mijoz,
agar Shaxsiga doir ma'lumotlarga ishlov berish va (yoki) ularni uzatishga bildirgan roziligini
qaytarib olsa, unga Provayder va Bank tomonidan Xizmatlar ko'rsatilishi imkonsiz bo'lishini
tan oladi va bunga rozilik bildiradi.

Download 54.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling