Ushbu ish, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bugungi kunda dolzarbligi sababli ushbu mavzu tanlandi
Tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
Download 76.36 Kb.
|
Rahimboyev Lochin
Tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jarayonida bozor iqtisodiy jihatdan o`zining talab va taklif qonuniyatlari asosida ijtimoiy zaruriy ishlab-chiqarish rivojini, tovar bahosini, uning sifatini, mahsulotlarning iste`molbop xususiyatlarini belgilaydi, ilmiy-texnik taraqqiyotga turtki beradi va shuning bilan birga keraksiz, samarasiz, raqobatga bardoshsiz bo`lgan ishlab-chiqarishni chetga surib tashlaydi. Ana shu tariqa bozor tadbirkorlar manfaatlariga ta`sir ko`rsatadi, bu sohada ishlab-chiqarishni va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotining rivojlantiruvchi mezoni bo`lgan raqobat tadbirkorlarning ishlab-chiqarish xarajatlarini kamaytirishga va baholarni pasaytirishga majbur etadi. Biroq, har qanday jamiyatda uning iqtisodi qanday bozor modeliga moslashtirilgan bo`lishidan qat`i nazar, uning iqtisodi va xususan tadbirkorlik sohasida davlatning tutgan o`rni alohida ahamiyatga ega bo`lib, tadbirkorlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati yuzaga kelishi tabiiy. Chunki bozor iqtisodi sharoitida tadbirkorlar faoliyatini erkin rivojlanishini davlat-huquqiy mexanizmining yordamisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, unga ta`sir ko`rsatish zaruriyatini jamiyat manfaatlarini muhofaza qilishning quyidagi talablari bilan asoslash mumkin: Iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotda ustuvor bo`lgan davlat va jamiyat ehtiyojlarini ta`minlash; Davlat budjetini shakllantirish; Atrof-muhitni himoya qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish; Aholi bandligini ta`minlash va ishsizlikni oldini olish; Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta`minlash; Tadbirkorlik faoliyatining erkinligini va raqobatni amalga oshirish hamda monopoliyadan himoya qilish; Tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyatida huquq-tartibotni saqlash, qonuniylikni ta`minlash; Chet el investitsiyasi faoliyatining erkinligini kafolatlash. Yuqorida keltirilgan davlat tomonidan hal etilishi lozim bo`lgan vazifalar ro`yxatidan ko`rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish zaruriyatining asoslari jamiyat ommaviy manfaatlaridan kelib chiqadi. Aytish kerakki, bozor sharoitida xususiy manfaatlar odil sudlov yo`li bilan, agarda qachon va qanday darajada ommaviy (jamoat) manfaatlar bilan qo`shilib kelsa, mumkin qadar davlat aralashuvi yo`li bilan himoya qilinadi. Tadbirkorlik faoliyatiga va xususan, tadbirkor ishiga davlat aralashuvining chegarasi, boshqacha qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qamrovi jamiyat uchun kerak bo`lgan yo`nalishda, iqtisodiy rivojlanishni inobatga olgan holda bozor munosabatlarining muhim elementlarini saqlab qolish zaruriyati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik sohasini tartibga solishda davlat faoliyati ko`p qirrali bo`lib, bunda davlat (uning organlari) quyidagi darajalarda harakat qiladi: butun jamiyat (mamlakat) manfaatlari vakili sifatida O`zbekiston Respublikasi hududi miqyosida; Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar aholisi manfaatlarining vakili sifatida mazkur hududlar miqyosida; tumanlar va shaharlar aholisi manfaatlarining vakili sifatida mazkur hududlar miqyosida; O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha ma`muriy-xududiy tuzilmalar O`zbekiston Respublikasining subyektlari hisoblanib, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda o`zlarining qonunda belgilangan vakolatlari doirasiga harakat qiladilar. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati va yuzaga kelish asoslariga ko`ra, tartibga solishni ikki turga: umumiy va alohida turlarga bo`lish mumkin. Umumiy tartibga solishda davlat va uning organlari halq nomidan va jamiyat manfaatlari uchun tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir ko`rsatsa, uning alohida turida davlat (uning organlari) ma`muriy-hududiy tuzilma doirasida uning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda aholi manfaatlari uchun tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi. Bunda har doim alohida tartibga solish tadbirkorlik faoliyati umumiy tartibga solish yo`nalishidan chiqib ketmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni bunday turlarga ajratishga sabab shuki, bu sohada davlat faoliyati ma`lum darajada alohidalashtirilgan bo`lib, umumiydan tashqari, hududiy tusdagi huquqiy hujjatlar ham harakatda bo`ladi. Umumiy tartibga solish tadbirkorlik faoliyatining turli tomonlarini butun mamlakat miqyosida birdek qamrab oladi va barcha uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, tadbirkorlar faoliyatining erkinligi «Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonun, tadbirkorlarni soliqqa tortish masalasi esa soliq, tannarxni shakllantirish tartibi to`g`risidagi qonunlar bilan hal qilinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning alohida turida, masalan mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yig`imlar bo`yicha imtiyozlar berishi yoki tadbirkorlar uchun qo`shimcha kafolatlar belgilashi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning mazmuniga ko`ra, uni quyidagi turlarga ajratish mumkin: tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil qilish va tugatish; rejalashtirish; tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Rejalashtirish tadbirkorlik faoliyatiga davlat tomonidan ta`sir etishning shakli sifatida O`zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini mamlakat kompleks iqtisodiy rivojlanishi yo`nalishida amalga oshirilishini ta`minlaydi. Rejalashtirilgan faoliyat mamlakat miqyosidagi muhim iqtisodiy vazifalarni hal etish uchun mo`ljallanib, viloyat, tuman va boshqa ma`muriy-hududiy bo`linmalar yoki ayrim tarmoq, soha tadbirkorlariga yo`naltiriladi. Bundan maqsad mamlakat va halq manfaatlarining ustunligini ta`minlashdan, tadbirkorlik faoliyatining erkinligini kafolatlash va rag`batlantirish asosida jamiyat farovonligi uchun xizmat qilishdan iborat. Rejalashtirilgan faoliyat ko`rsatkichlariga erishishda davlat iqtisodiy choralaridan, xususan, moliyalashtirish, subvensiya, kredit, soliq imtiyozlarini berish kabilardan foydalanadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rejalashtirish asosida davlat ehtiyojlari uchun tovar va mahsulotlar sotib olish davlat budjeti va davlat ehtiyojini qondirish uchun mo`ljallangan boshqa hil mablag`lar hisobidan qoplanadi. Tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyatini tartibga solish xo`jalik faoliyatini yuritishga yo`l qo`ymaslik, uni o`zgartirish yoki bekor qilish, yoki aksincha ushbu faoliyatni muvofiq holatini qo`llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati subyekti (subyektlari)ga nisbatan davlat tomonidan ta`sir etishdan iborat. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini yuritishga yo`l qo`ymaslik (taqiqlash) atrof-muhitni, tabiatni muhofaza qilish tartibida uchrashi mumkin. Masalan, ekologiya zarar yetkazishi mumkin bo`lgan obyektlar qurilishini davlat qonun yo`li bilan ta`qiqlaydi. Xo`jalik yuritish faoliyatini o`zgartirish atrof-muhitga, tabiatga zararli faoliyat turini cheklash yoki uni butunlay to`xtatish haqida qaror qabul qilish natijasida sodir bo`ladi. Tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyatini tartibga solish masalani bevosita (direktiv) yechish (ta`qiqlash, ruxsat etish) va bilvosita, ya`ni iqtisodiy rag`batlantirish yordamida hal qilish yo`llari bilan amalga oshiriladi. Xo`jalik yuritish faoliyatini tartibga solish imkoniyatlari faqat qonunga tayanmog`i lozim. Aytish kerakki, bunday normalar (qoidalar) bir qancha normativ aktlardan joy olgan. Masalan, tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyati haqidagi asosiy qoidalar O`zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunda nazarda tutilgan bo`lsa, uning ayrim sohalari va jihatlari tegishli qonunlarda, jumladan, «Investitsiyalar to`g`risida»gi, «Atrof-muhitni muhofaza qilish to`g`risida»gi, «Tabiatdan foydalanish to`g`risidagi»gi, «Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi va boshqa qator qonun hujjatlarida belgilanadi. Xo`jalik yuritish faoliyatining nazorati deganda, davlat organlari uchun tadbirkorning xo`jalik (ish) holatini kuzatish va belgilangan tartibda tekshirish, qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli choralar qo`llash bo`yicha qonuniy imkoniyatlari tushuniladi. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi, «Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida»gi Qonunlarda tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun nazorat qilinuvchi sohalar va nazorat qilish tartibi: buxgalteriya va statistika hisoboti yuritish, soliqqa tortish uchun zarur bo`lgan axborotlar berish, tekshirish asoslari va boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi normalar belgilangan. Qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatining ayrim subyektlari uchun xo`jalik yuritish faoliyatining maxsus nazorat qilinuvchi sohalari nazarda tutilishi mumkin. Masalan, «Tabiiy monopoliyalar to`g`risida»gi (№ 815-1), «O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida»gi (№ 543-1), «Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida»gi (№ 353-1) Qonunlarda maxsus nazorat qilish belgilangan. Bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy tabaqalanish jarayonining yengilroq o`tishini ta`minlash, qolaversa, iqtisodiy barqarorlikni saqlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish bir necha yo`nalishda olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shundan iboratki, bunday faoliyatni olib borish jarayonida tadbirkorlarning shaxsiy manfaatlari va jamiyatning ommaviy manfaatlari o`zaro to`qnashadi. Bu manfaatlar o`zaro mutanosib bo`lishi va bir-biri bilan qarama-qarshi kelmasliklari uchun turli yo`llar va uslublar yordamida ushbu manfaatlar uyg`unlashuviga erishiladi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning barcha turlari aktning huquqiy shakliga ega bo`ladi. Tartibga solish bo`yicha hokimiyat yoki boshqaruv organining harakatlari aktning turli nomdagi huquqiy shaklida (reja-akt, dastur, ruxsatnoma, kvota, litsenziya, farmoyish) ma`lum maqsad (vazifa)ni amalga oshirishga qaratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi bunday aktlar (qanday nomlanishidan qat`i-nazar) davlat xohish-irodasini ifoda etganligi sababli faqat yozma shaklda bo`lishi mumkin. Davlat tomonidan tartibga solish aktning huquqiy shakllaridan boshqacha tarzda (shaklda) amalga oshirilmaydi. Reja-akt (dastur) – bu subyektlar o`zida ko`rsatilgan normativ yoki konkret (aniq) tusdagi topshiriq bo`lib, unga ko`ra subyektlar zimmalariga yuklangan talablarga rioya qilishlari yoki ushbu talablarni belgilangan muddatda bajarishlari lozim va buning uchun moddiy-moliyaviy ta`minot talab qilish huquqiga egadir. Masalan, tadbirkor davlat buyurtmachisi sifatida davlat ehtiyoji uchun zarur bo`lgan tovarni dasturda belgilangan tartib va muddatda yetkazib berishga majbur va ayni paytda buning uchun ajratilgan moliya mablag`larini talab qilib olishga haqli. Reja-aktlar (dasturlar) turli vazifani bajarish uchun mo`ljallanadi va turli darajadagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadi. Masalan, dasturlar respublika, ma`lum bir viloyat yoki tuman miqyosida qabul qilinishi mumkin. Dasturlar asosida tadbirkorlik faoliyatining ularda ko`rsatilgan subyektlari o`zlarining rejalarini tuzadilar va amalga oshiradilar. Reja-akt (dasturlar) davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish, umummilliy muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa, ilmiy-texnikaviy, tabiatni muhofaza qilish borasida va boshqa aniq maqsadga yo`naltirilgan vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish akti – bu vakolatli davlat organining belgilangan shaklga keltirilgan ko`rsatmasi bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati subyektlari yoki aniq bir subyekt uchun mo`ljallanadi va yo`naltiriladi. U belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini yuritish yoki uni belgilangan holatga keltirish to`g`risidagi talabni qo`yadi. Agar bunday akt bir qancha (noaniq) tadbirkorlar doirasi uchun yo`naltirilgan bo`lsa, demak normativ tartibga solish hisoblanadi. Aksincha, davlat organining aniq bir tadbirkorlar uchun qabul qilgan ko`rsatmasi (akti) bo`lsa, unda bunday tartibga solish konkret (aniq) tartibga solish haqida so`z yuritiladi. Normativ tartibga solish aktlari qatoriga, masalan, erkin tasarruf qilish taqiqlangan mahsulotlar ro`yxatini yoki maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar asosidagina shug`ullanishi mumkin bo`lgan faoliyat turlarining ro`yxatini kiritish mumkin. Tartibga solishning bu turi o`zining tezkor ta`sir etish tabiati bilan ajralib turadi. Bular qonunosti tusga ega bo`lib, odatda aniq vazifalarni zudlik bilan hal etish uchun qabul qilinadi. Konkret (aniq) tartibga solish deganda davlat organi tomonidan tadbirkorlik sohasidagi xo`jalik huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi aktni qabul qilish tushuniladi. Demak, aniq tartibga solish akti har vaqt yuridik fakt bo`ladi. Bu turdagi aktlar turli maqsadni hal qilish uchun mo`ljallanishi va ayni paytda har turli huquqiy shaklda bo`lishi mumkin. Bunday aktlarni keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan huquqiy oqibatlariga ko`ra uch turga, ya`ni: huquq paydo qiluvchi, huquqni o`zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi turlarga ajratish mumkin. Huquq paydo qiluvchi aktlar jumlasiga ruxsat etuvchi aktlarnii yoki imtiyozlar, limitlar, kvotalar va taqdim etish huquqlarini, huquqni o`zgartiruvchi aktlar qatoriga esa, tadbirkorlik faoliyatini xududiy yoki tarmoq bo`yicha rivojlantirish uchun dotatsiya, subsidiya, subvensiya, ssuda va shunga o`xshash shakldagi yordamni nazarda tutgan davlat investitsiya dasturlariga muvofiq qabul qilingan davlat moliyaviy yordami to`g`risidagi aktlarni kiritish maqsadga muvofiq keladi. Huquqni bekor qiluvchi aktlar bo`lib, tadbirkorlarning xo`jalik faoliyatini ta`qiqlovchi aktlar hisoblanadi va ular qatoriga, masalan davlat bosh sanitar vrachining sanitariya qoidalariga muvofiq kelmaydigan xom-ashyodan tayyorlangan va ular bilan aloqada bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab-chiqarishdan olib tashlash haqidagi qarorini kiritish mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy shakllaridan yana biri – bu davlat nazorati aktidir. Davlat nazorati akti o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshirish asosini o`zida ifoda etgan, ularning huquqiy maqomini belgilashga qaratilgan vakolatli davlat organining harakatidan iborat. Bu aktlar xo`jalik yurituvchi tadbirkorlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish uchun mo`ljallanadi. Tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyatini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi «Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi va asosiy maqsad qonun ustuvorligini ta`minlashga qaratiladi. Qonunning ustuvorlik tamoyili iqtisodiy soha va tadbirkorlikning boshqaruvi ahamiyatining oshishida o`z aksini topadi. Iqtisodiyot boshqaruvi sohasida qabul qilingan me`yoriy-huquqiy hujjatlarning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga, uni rivojlantirishga qaratiladi. Shunga qaramay, huquqiy aktlarda direktiv qoidalar to`plami tadbirkorlik faoliyatining turli aspektlariga o`z munosabatini saqlab qoladi. Tadbirkorlarning ro`yxatdan o`tish majburiyati, alohida faoliyat turi bilan shug`ullanish uchun litsenziya olish, mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiyalash talab qilinadigan hollarda sertifikatga ega bo`lish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tabiiy hol, albatta. Lekin, shu bilan birga xo`jalik yuritishning bozor sharoitida turli hil vositalar va uslublarni qo`llash yordamida asta-sekin tadbirkorlik faoliyatini bilvosita tartibga solishga o`tiladi. Bunday vositalar va uslublar jumlasiga imtiyozli qarzlar berish, dotatsiya va yordam puli taqdim etish, imtiyozli soliq joriy etish va boshqalar kiradi. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda davlat quyidagi uslublardan foydalanadi: tadbirkorlik faoliyati asoslarini normativ tartibga solish (faoliyat turlari, yo`nalishi, mazmuni va hokazo); tadbirkorlik subyektlari maqomini va ular amalga oshirayotgan faoliyat turlarini tasdiqlash, rasmiy tan olish (ro`yxatga olish, litsenziya berish va hokazo); tadbirkorlarning xo`jalik yuritish faoliyati tartibini aniqlash; tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va sifatiga me`yoriy talablar belgilash; tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlashni tashkil qilish; qonunga rioya qilishni nazorat ostiga olish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda belgilangan me`yorlardan og`ishmaslikni ta`minlash maqsadida taqiq va sanksiyalar kiritish. Bu uslublar iqtisodiy vaziyatga moslanuvchan va mohiyatan o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, ularni shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: nisbatan barqaror (masalan, tadbirkorlarni ro`yxatga olish); birmuncha o`zgaruvchan (masalan, soliqlar, litsenziyalar turlari) va tez o`zgaruvchan. Jamiyat iqtisodiy negizini saqlashga xizmat qiluvchi bank, birja, axborot markazlari, sug`urta kompaniyalari kabi shakllangan bozorga taalluqli tuzilmalar faoliyatini ta`minlash, tadbirkorlarning xo`jalik yuritishdagi tashabbusi va mustaqilligini rag`batlantirish bu uslublarning muhim xususiyati hisoblanadi. Demak, davlat tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishni qonun aktlarida davlat organlarining ushbu faoliyatni nazorat qilish huquqini mustahkamlash orqali amalga oshiradi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish mulkdorlar sinfini shakllantirish hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy yo`llaridan biri hisoblanadi. Har qanday yuksak taraqqiy etgan jamiyat o`z tadbirkorini himoya qiladi va qonuniy raqobatni ta`minlaydi. Tadbirkorlikning muhim ahamiyati uning mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Davlat va tadbirkorlik maqsadlarining uyg`unligi (umumiyligi) quyidagi yo`nalishlarning birligida namoyon bo`ladi: Davlat uchun vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish, tadbirkorlik uchun esa daromad (foyda) olish imkoniyatini yaratuvchi jamiyatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash; Aholining tovar (xizmat)ga bo`lgan ehtiyojini imkon qadar to`laroq qondirish. Bunda tadbirkor o`z tovarlarini sotish (realizatsiya qilish) orqali daromad (foyda) olsa, davlat ishlab-chiqarishini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, soliq undirish orqali milliy iqtisodiyotni taraqqiyotiga erishadi; Raqobatbardosh tovar (xizmat)larni ko`paytirish, ularni eksport qilish, jahon bozoridan munosib joy olish. Bunda tadbirkor yangi sotuv bozorlaridan joy olsa, davlatning xalqaro maydonda nufuzi oshadi. Demak, davlat va tadbirkorlik bir-biriga muhtoj va bir-birini qo`llab-quvvatlashi bozori iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishning muhim omilidir. AQSH tajribasi shuni ko`rsatadiki, tadbirkorlikni rivojlantirishni mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining umumiy yo`nalishlaridan ajratib bo`lmaydi. Shuning uchun tadbirkorlarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga doir asosiy yo`nalishlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy rivojlanish dasturlari doirasida o`z faoliyatlarini belgilashlari hamda yuritishlari maqsadga muvofiq bo`ladi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash, avvalambor, uning mustahkam va jamiyat bilan chamcharchas bog`lab turuvchi huquqiy tizimini yaratishdan iborat. Bunda huquqiy tizimning, qonunlarning respublikamiz iqtisodiyotining bozor sharoitiga mos keladigan va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ahloqiy talablariga javob beradigan huquqiy asosining shakllanishini ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Davlat iste`molchilarining huquqi ustunligini inobatga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini kafolatlaydi. Barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradi. Aytish lozimki, xo`jalik yurituvchi subyekt sifatida tadbirkorlarning huquqiy maqomini belgilashda va ular o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishda O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi alohida o`rin tutadi. Xulosa Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta’minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o’rin tutadi. Mehnat resurslari tez o’sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o’ziga xoslik sharoitlarida O’zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyat-larni yaratadi: erkin mehnat resurslarining, yangi xo’jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi natijasida ishlab chiqarishda bo’shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’lishi; aholining, birinchi navbatda yoshlarning, moddiy, ma’naviy va kasb darajasini ko’tarish; aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste’moli mollariga bo’lgan extiyojlarini to’laroq qondirish; milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o’rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko’rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g’oyat muhim bo’lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkor-likning ijobiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to’g’ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko’rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg’armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg’armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo’lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalar-ni rivojlantirish uchun) manba bo’lib xizmat qilishlari lozim. O’zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko’rsatadigan banklar, fondlar, investiiiyalar va sug’urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag’batlantirish yo’nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublika-sida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo’lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me’yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir. Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko’rib bo’lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta’sir ko’rsatadi, kon’yunkturaning keskin o’zgarib ketishi, mijozlarning to’lovga qodir bo’lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo’yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug’urtalar tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug’urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa tijorat xatarlari katta bo’lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o’ziniki bo’lgan yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak. Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to’ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim: aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug’ullanish istagini uyg’otish; qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo’jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo’li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo’shimcha ish joylari bilan ta’minlash; mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashti-rish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; respublika aholisining ortib borayotgan talab va extiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish; ko’rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta’minlash; korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lishlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish; joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko’ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste’mol bozorini tovar bilan to’ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish. Ma’lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65,3 foizi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko’rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo’nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog’liq turli boshqaruv pog’onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim: bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish; hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash; kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash; islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o’ynaydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi aksariyat muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. So’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillashtirishni, 52,5 foiz soliqni, 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to’g’risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlarning hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to’siq bo’layotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga egadir.
Download 76.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling