Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqining
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
8 SINF INFORMATIKA
Kirish
Informatika va axborot texnologiyalari 7-sinf darsligi 2019-yildagi Cambridge ICT Starters: On Track Stage 2 kitobi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu darslikda On Track'dagi barcha modullar toʻliq qamrab olingan boʻlib, ular yordamida AKT rivojlanishining keyingi bosqichlarida keng qamrovli bilim, ko„nikma va maʼlumotlarga ega boʻlasiz. Modullarni istalgan tartibda oʻrganish mumkin. Ushbu darslikda dasturlash, veb-sayt dizayni, video va animatsiya bo„yicha kompetensiyalaringizni yanada chuqurroq rivojlantirish uchun zarur bilim va amaliy ko„nikmalar jamlangan. Bu darslik quyidagi materiallardan tashkil topgan: • vazifa namunalari; • amalda qoʻllashdan oldin ko„nikmalarni shakllantirish uchun mashg„ulot va topshiriqlar; • o„zlashtirishni tekshirish uchun yakuniy loyihalar; • ixtiyoriy ssenariylar va oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻlganlar uchun murakkab masalalar. Bu materiallar tajribali oʻqituvchilarning koʻmagi bilan darslarida foydalanish uchun moʻljallangan. Mashg„ulotlar, topshiriqlar, ko„nikmalar va mashqlar kompyuterdan foydalanish zarur boʻlgan real vaziyatlardan kelib chiqib belgilangan. Har bir modulning boshlanish qismida “Boshlashdan avval...” rukni mavjud. Bu ruknda sanab o„tilgan amallar sizni har bir ko„nikma haqida bilim va tushunchangizni namoyish qilish uchun yakuniy loyiha sari olib borishga moʻljallangan. Ayrim mashqlar avvaldan tayyorlangan fayllarni ochishingizni talab qiladi. Ushbu fayllarni o„qituvchingiz sizga mashg'ulot paytida taqdim etadi. Bu darslikdagi mavzularda Scratch, Notepad, Pencil 2D, Adobe Spark va Audacity dasturidan misollar keltirilgan. Ulardan foydalanish raqamli ko„nikmalaringizni oshirib, kitobdagi mashqlarga bajarishni osonlashtiradi. Umid qilamizki, ushbu darslik sizga unutilmas tajriba va foyda keltiradi. Omad yor boʻlsin! Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling