Ushbu kurs ishida Turkistonlik mashhur shayx, O‘rta Osiyoda Yassaviylik
Download 86.28 Kb.
|
MZ1
2.2 “Devoni hikmat”da tasavvufiy qarashlar.
Tasavvuf ahli Iloh ma'rifatini qozonishni inson kamoloti, axloqiy poklanish yo`li, insonning insonligini ochish, uning ruhini shayton changalidan qutqarish chorasi, deb hisoblar edilar. Haq va haqiqat g`oyasi, ruhiy farog`at hissi, tafakkur korxonasi, ijod — yaratish niyatlari ushbu ta'limot bag`rida panoh topib, rivojlangan. Albatta, avju mavjlari, qirralari xilma-xil bu ta'limotning hamma tomonlari Ahmad Yassaviy ijodida aks etgan, deya olmaymiz. Juda chuqur falsafiy tizimlarni Yassaviydan qidirish ham zo`rma-zo`raki sun'iylik bo`lar edi. Ahmad Yassaviy avvalo kurashchi bir insondir. Uning asarlari quruq nasihatlar yig`indisi (garchi nasihatda tanbeh ohangi mavjud bo`lsa-da) ham, tasavvuf va shariat haqidagi betaraf qarashlar, mulohazalar bayoni ham emas, balki sharrga — yomonlikka nafrat, ezgulik — xayrni himoya etuvchi zarbali satrlardir. Shu bois Yassaviyning juda ko`p fikrlari g`azabkor bir ohangda jaranglaydi, shoir dunyoni tark etish, zulmga chidash, ishq-muhabbat, darveshning riyozatu karomati haqida yozar ekan, bularning hammasi, birinchidan, tasavvuf ta'limoti talablaridan kelib chiqishini, ikkinchidan, shoirning ilohsevar va insonsevar qalbi nidolari ekanini esda tutmog`imiz kerak. u yerda Ahmad Yassaviy qarashlarining bir jihati, yani tarkidunyochilik aqidasi ustida to`xtab o`tishni lozim topdik. «Devoni hikmat»da o`qiymiz: Ayo do`stlar, pok ishqini qo`lga oldim, Bu dunyoni dushman tutib yurdim mano. Lomakonni sayr etibon makon oshtim, Dunyo-o`qbin yuz ming taloq qo`ydum mano. Shunga o`xshash «dunyo harom», «dunyo palid», «dunyo moli hirsu havo koni» kabi ta'rif-tavsiflarni Yassaviy she'rlarida ko`p uchratamiz. Xo`sh, nega dunyo dushman, nega uni tark etish kerak? Ahmad Yassaviy va umuman barcha tariqat ahli fikriga ko`ra, Iloh yo`lini tanlagan solik dunyoviy aloqalar, ya'ni mol- mulk bilan bog`liq tashvishlardan xalos bo`lishi lozim (Shu o`rinda muxlis — ixlos — xalos — maxlas so`zlarining bir o`zaqdan ekani, to xalos bo`lmay so`fiy bo`lish mumkin emas, degan fikrga e'tibor qiling). Shundagina solikning qalbi butkul Alloh ixtiyorida bo`ladi. Allohning g`ayri (Raqib) yodidan qutuladi. Chunki Xudo muhabbati va dunyo muhabbati bir- birini inkor etuvchidir. Axir ajdodlarimiz hayot deb, tiriklik deb ruhni va uning sohibi Tangrini bilganlar. Moddiylikni ular latif ruhning ziddi — zindoni hisoblaganlar, jumladan, vujudimiz ham. Hattoki, dunyodagi hayot, tiriklik ne'mati oxiratdagi abadiy hayot uchun sarflanuvchi vosita, xolos. Ayni haqiqat bo`lgan bu qarash berilsa, uning ishqi yolg`on, qilmishi riyo, xalqni gumroh etuvchi shay-tondir, deydi Ahmad Yassaviy. Albatta, bizning zaminiy tor tushunchalarimiz bilan o`lchanganda, Yassaviy da'vatlari g`ayritabiiy, g`ayriinsoniyday bo`lib tuyuladi. Lekin tasavvuf ichiga chuqurroq kirib borsak, tarkidunyochilik g`oyasi hayotga zid ko`z qarash bo`lmay, balki teran insonse-varlik g`oyasi ekanini anglab olamiz. Masalan, dunyo tariqat ahli nuqtai nazaridan quyidagi ma'nolarga ega: Dunyo — maxluqot olami, moddiy borliq. Dunyo — jism, inson badani. Dunyo — davlat, boylik. Dunyo — nafs, zulmat, qorong`ilik timsoli. Dunyo — majoz, obraz, foniylik, yolg`on mavjudlik ramzi. Dunyo Xoliq yaratgan maxluqot olami, o`tkinchi, foniy ekan, u hech kimga vafo qilmaydi. Shuning uchun u muhabbatimiz, mehrimizga arzimaydi. Haqiqiy boqiylik, abadiy Parvardigorga muhabbat — abadiyatga muhabbat bo`lib, u chin muhabbatdir. Parvardigor ma'naviyat va fayz koni, inson ruhining asl ildizidir. Bu fikrlar inson xilqatining jism va ruhdan iboratligi, insonni jismi emas, balki ruhi mukarram etishi haqidagi qarash bilan uyg`unlashib ketadi. Insonning insoniyligi uning ruhoniy javhari, ya'ni ilohiyligidadir. Shu bois ruhrniylik qancha kamol topsa, inson shuncha mukammallashadi, poklanadi. Ammo eng muhimi shundaki, Yassaviy nazarida dunyo mehr-muhabbatga arzimagani uchun, uni sevganlar ham baxtli emas. «Bu dunyoda lahza forig` bo`lmoq qayda», — deb yozadi u alam bilan. Darhaqiqat, dunyoda oromu osoyishtalik, farog`at yo`q. Inson hamisha tashvishu g`amda, tashvishlari esa mayda va umrni kemiruvchi, ma'naviyatni berkituvchi. Holbuki, insonning bosh vazifasi — o`z Tangrisini tanish, Unga intilish bo`lmog`i kerak. Download 86.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling