Ushbu kurs ishida Turkistonlik mashhur shayx, O‘rta Osiyoda Yassaviylik


II BOB DEVONI HIKMATI"DA ISLOM MA’RIFATI VA AXLOQ TALQINI………………………………………………………………………....28


Download 86.28 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi86.28 Kb.
#1406449
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MZ1

II BOB DEVONI HIKMATI"DA ISLOM MA’RIFATI VA AXLOQ TALQINI………………………………………………………………………....28
2.1§ "Devoni hikmat" asarida insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi,nopoklik,nodonlik,dunyoparastlik kabi illatlarning qoralanishi……..28
2.2§ “Devoni hikmat”da tasavvufiy qarashlar………………………………..…...40
Xulosa………………………………………………………………………...…..43
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..………………..47
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda jamiyatda yaxshilikka intilib, yomonlikdan tiyilish, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashish, zo‘ravonlikdan voz kechish va hayotni hurmat qilish, hamjihatlik va ijti­moiy adolatga asoslangan tartib o‘rnatish, sabr-toqat va bag‘rikenglik, burch va ma’suliyat bilan inson omilini to‘liq ro‘yobga chiqarish qadriyat darajasiga ko‘tarildi va bun­day ma’naviy muhitni qaror toptirish ahamiyati kun sayin o‘sib bormoqda.
Chunki, axloqiy ong va munosabat, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy siyosiy muloqot va o‘zini o‘zi anglash, o‘z-o‘zini tanqid orqali o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini takomil­lashtirish zarurati jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhitini, uning qiyofasini va ijtimoiy taraqqiyotining yo‘nalishlarini belgilab beradi. O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan, yangicha tizimni shakllantirish borasidagi siyo­sat zamirida ham, eskirgan, qotib qolgan tizim elementlarini xaotik holatda beqarorlashtirish asosida yangicha sistemani barpo etish usuli ham sinergetik tafakkur asosida amalga oshirilmoqda1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillar­da O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining yoshlarga doir davlat siyosatini takomillashtirish bandida, 2017-yil 18-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-3138-son, 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qarorlarida, 2018- yil 5 iyunda qabul qilingan 3775- sonli “Oliy ta’lim muassasala­rida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlari mazmunida ham shu kabi masalalar, xususan, gar­monik rivojlangan, kreativ fikrlaydigan, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratadigan shaxslarni tarbiyalash vazifasi bel­gilandi.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va ak­sincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sar­qiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qa­zodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Shunday bir sharoitda A.Yassaviy ijodini o’rganish uni yoshlar tarbiyasida qo’llash muhum ahamiyat kasb etadi.
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi, shoir ijodidagi tasavvuf adabiyoti namunalariva adabiy merosini o‘rganish o‘ziga xos jarayondirki, uning ildizlari olis davrlarga borib tutashadi. Yassaviy ijodiyotiga yaqinlashish, keng omma nigohini unga qaratish ehtiyoji 60-yillarning oxirida O‘zbekistonda paydo bo‘ldi. Mustaqillik arafasida ma’naviy hayotimizda katta o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Ana shu o‘zgarishlar natijasida atoqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul tomonidan 1990-yilda shoirning hikmatlari nashrga tayyorlandi2. Mustaqillikdan keyin Yassaviy shaxsiyati va ijodiyotiga qiziqish o‘zo‘zidan kuchaydi. Natijada 1993-yil Xalqaro “Ahmad Yassaviy yili” deb e’lon qilindi.
Bu hol nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa turkiy davlatlarda, xususan, Turkiyada ham bu buyuk mutasavvufning hayoti, adabiy-ma’rifiy faoliyati, shuningdek, uning izdoshlari xizmatiga qiziqishni kuchaytirib yubordi. Xuddi shu yili O‘zbekiston va Turkiyada Yassaviyga bag‘ishlab ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, ma’ruzalar matni alohida kitob holida nashr etildi3 . Turkiyada Ahmad Yassaviy fondi tuzilib, “Yassaviy” jurnali chiqarila boshlandi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati va she’riyatidan bahs yurituvchi o‘nlab maqolalar bosilib chiqdi.

Download 86.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling