Ushbu malakaviy bitiruv ishining mavzusi hozirgi payt uchun o‘ta dolzarb


Download 41 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1600015
Bog'liq
Taqriz va Rahbar Xulosasi Shehroz Nurliyev


TATU Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Nurliyev Shehrozning “O‘zbek tili matnlarini razmetkalash dasturlari” nomli mavzudagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Ushbu malakaviy bitiruv ishining mavzusi hozirgi payt uchun o‘ta dolzarb. O‘zbek tili matnlarini razmetkalash dasturiy ta’minotlarini yaratish oxirigacha yetkazilmagan. Bitiruv malakaviy ishdagi dasturiy ta’minot o‘zbek tili matnlarini hamda so‘zlarini razmetkalash, matnlarni qayta ishlash uchun qism dasturiy vosita bo‘lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish kirish, 2ta bob, xotima qismi, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Kirishda mavzuning dolzarbligi asoslangan, ishning maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati keltirilgan, ishning tarkibiy qismlari tavsiflangan.
Birinchi bobda O'zbek tilidagi matnlar va ularning razmetkalashning ahamiyati haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi bobda dasturiy ta`minotni loyihalash va ishlab chiqish jarayoni ko`rsatilgan.
Xotima qismida birituv malakaviy ishni bajarish jarayonida amalga oshirilgan ishlar va natijalar sanab o‘tilgan, olingan natijalar asosida xulosalar chiqarilgan. Adabiyotlar ro‘yxati 2ta banddan iborat bo‘lib, BMI ni bajarishda foydalanilgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-uslubiy va badiiy adabiyotlarni o‘z ichiga olgan.
Ilova qismida yaratilgan dasturlarning Python dasturlash tilidagi kodi berilgan.
Ushbu ish talaba tomonidan mustaqil bajarilgani va yozilgani matndan ko‘rinib turibdi. Matnda talabalarga xos juz’iy kamchiliklar ham bor.
Yaratilgan dasturlar amaliy ahamiyatga molik. Ular dasturlashning zamonaviy texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan. Amaliyotga ishlatishga tayyor holatga keltirilgan.
Talaba Sh.Nurliyev “O‘zbek matnlarini razmetkalash dasturlari” mavzuidagi bitiruv malakaviy ishi barcha talablarni qanoatlantiradi va a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.
SamDU o‘zbek tilshunosligi
kafedrasi dotsenti B.F.Xolmuxamedov

xxTATU Samarqand filiali kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs Nurliyev Shehrozning “O‘zbek tili matnlarini razmetkalash dasturlari” nomli mavzudagi bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha rahbar


XULOSASI
Ushbu bitiruv malakaviy ishdagi dasturiy ta’minot o‘zbek tili matnlarini hamda so‘zlarini razmetkalash, matnlarni qayta ishlash uchun qism dasturiy vosita bo‘lib hisoblanadi. Masala dolzarb va shunday dasturlar hozirgi paytga kerak.
Qo‘yilgan masalani yechish uchun talaba Sh.Nurliyev quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

  • Matnlarni razmetkalash mavzusiga oid materiallar to`plash va ularni o`rganib chiqildi;

  • Dasturni ishlab chiqish qismini loyihalashtirildi;

  • Matnlarni razmetkalash dasturi ishlab chiqildi;

  • Dastur testlash bosqichidan o`tkazildi va natija olindi.

Yaratilgan dasturiy majmua amaliy ahamiyatga molik. Uning asosida o‘zbek tilining electron lug‘atini yaratish mumkin.
Talaba Sh.Nurliyev dasturiy mahsulotni mustaqil ravishda ishlab chiqdi, o‘zini dasturlash sohasida yetarlicha bilim, saviya va ko‘nikmalarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Bitiruv malakaviy ish natijalari sifatida dasturiy ta’minot uchun dasturiy guvohnoma olindi.
Talaba Sh.Nurliyevning bitiruv malakaviy ishi barcha talablarni qanoatlantiradi va u a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.


Rahbar prof.Qarshiyev A.B.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling