Ushbu muammoli vaziyatni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiling


Download 6.54 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.54 Kb.
#1828196
Bog'liq
Kazus- Ekologiya huquqi


Kazus

Toshkent viloyati Angrenshahar “Parvoz”mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Doniyorov o‘z uyi oldida o‘stirib parvarish qilgan 5 tupdaraxtni kesgani uchun viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlarixodimi tomonidan javobgarlikka tortildi va unga jarima solindi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro S.Doniyorov huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qildi. U o‘z arizasida uy-joyini 10 yil oldin sotib olganligini, sotib olayotgan paytda uyning avvalgi egasi ko‘cha bo‘yidagi daraxtlarning hammasini o‘zi ekib o‘stirganligini, shu sababli ushbu daraxtlar uning mulki ekanligini bildirdi. Bunga asos sifatida o‘z arizasidauy-joyni sotib olish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga asosan ushbu daraxtlar ham unga o‘tganligini, ushbu daraxtlar uning mulki bo‘lib, ularga fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi mumkinligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan mansab vakolatlaridan chetga chiqqan shaxslarga nisbatan chora ko‘rilishini so‘radi. Viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari esa mazkur shikoyat umuman asossiz ekanligini vaj qilibAngrenshahar prokuroriga murojaat qildilar.

Ushbu muammoli vaziyatni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiling.

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishga oid hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, ko‘rsatma va qarorlar qabul qilish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini tomonidan 2021-yilning 30-dekabr kuni imzolangan “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-sonli farmoni, shuningdek, “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-76-sonli qarorining mazmun-mohiyati va dolzarb ahamiyati [ususida so‘z yuritildi.


️Ta'kidlandiki, joriy yilning 1-aprelidan daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha huquqbuzarliklar haqida xabar berganlarga pul mukofoti beriladi.Prezidentning tegishli Farmon va Qarori bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi. Moratoriy talablarini buzganlik uchun ma'muriy jarimalar miqdori besh baravarga, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Ushbu kazusga javob topishda quyidagi savolga toʻxtalsam mubolagʻa boʻlmaydi.
O‘z hovlimdagi daraxtlarni kesish uchun ham ruxsatnoma olishim kerakmi?

— Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarori 1-bob, 2-bandiga muvofiq, agarda bu daraxt sizning xonadoningiz kadastr chizmasi hududida bo‘lsa, ruxsatnoma talab etilmaydi. Sababi, ushbu daraxt sizni shaxsiy mulkingiz hisoblanadi. Demak Toshkent viloyati Angrenshahar ʼParvozʼ mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Doniyorov oʻz hovlisidagi shaxsiy mulki boʻlgan daraxtni kesdi unga nisbatan javobgarlik belgilanmaydi.


Misol uchun quyidagi vaziyatda javobgarlik belgilanishi mumkin.
Aytaylik, men hovlimning atrofini obodonlashtirish uchun ko‘chadagi 100 yillik qayrag‘ochni kesdim. Unga nisbatan
— Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-sonli qarori 15-ilovasiga asosan, jismoniy va yuridik shaxslar davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma olish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari lozim. Mazkur portal orqali elektron shaklda yo‘llangan murojaatga asosan Tabiat resurslari vazirligi hududiy bo‘limlari davlat inspektorlari joyiga chiqib, o‘rganish ishlarini olib boradi hamda 5 ish kuni ichida portal orqali javob xatini taqdim etadi.

Agar siz hovlingiz atrofidagi 100 yillik qayrag‘och daraxtini tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy kessangiz, sizga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, ushbu qayrag‘och sog‘lom bo‘lgan taqdirda, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar ham hisoblanadi.
Download 6.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling