Qo’llanma bilan ishlash shartlari
Ushbu qo’llanma bilan shlashni boshlashdan oldin siz Windows yoki Linux operatsion sistemalari
haqida boshlang’ich bilimlarga ega bo’lishingiz kerak bo’ladi. Bunga qo’shimcha ravishda quyidagilar
bilan ham tanishib chiqing:
Istalgan matn muharriri bilan ishlay olishingiz kerak. Masalan: Notepad, Notepad++,
yoki Edit plus. Qo’llanmani yozish jarayonida muallif asosan Sublime Text Editor hamda
PHP Storm kabilardan foydalangan;
Kompyuterda buyruq va fayllarni qanday yaratish to’g’risida ko’nikma;
Turli buyruqlarni boshqara olish ko’nikmasi;
Faylga nom tanlay olish va ularni kompyuterda saqlashni bilish;
JPEG, PNG kabi turli formatdagi rasmlar haqida bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |