Ushbu qo’llanma
TARXIDAN TOMCHI
kanalida tayyorlandi.
Muallif nomini o’zgartirmasdan foydalaning!!! Jumanazarov Zaxiriddin
TARIXDAN TOMCHI
kanalida berilayotgan ushbu darslar uchun shartli to’lov miqdori belgilanmagan.
Darslarimiz uchun o’z to’lov qobilyatingizga qarab to’lov qilasiz:
To’lov uchun karta raqami: 9860 1301 4989 6586 Jumanazarov Zaxiriddin nomida. Tel: +99890-521-60-22
6-SINFDAN 15-TOPSHIRIQ
6-SINF 26-30-MAVZULAR
@tarixdan_tomchi
1. Yunon haykaltaroshlari kimlarning sharafiga haykallar
tiklashgan?
1) olimpiya g’oliblari 2) xudolar 3) qahramonlar
4) olimlar
Javob: ______________________________
2. Quyidagi jumlalardan nechtasi Yunoniston tarixiga
tegishli emas?
1) teatr niqoblari 2) haykaltaroshlik 3) triyera 4) goplit
5) liktor 6) periyek 7) plebey 8) strateg 9)
tonggi shafaq
10) Xalq sudi 11) meteklar 12) uyqu xudosi
13) momaqaldiroq xudosi 14) still 15) she’riyat
16) Taqdir ilohasi
A) 4
B) 5 C) 3 D) 6
3. Yunonlarning o‘rmonlar, daryolar va tog‘larda
yashaydi, deb tasavvur etilgan ma’budlari…
A) Olamni boshqaradi B) Mehribon
va rahmli
C) Quyi tabaqali
D) Kundalik hayotda hukmron
4. Mantiqiy ketma-ketlikni toping?
A) Demokrit – Diomed – Doro I
B) Geraklit – atom – hayot murabbiyi
C) Korinf – Filipp II – Yunoniston podshosi
D) Agora – demos – Drakont
5. Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga nima
maqsadda yurish boshlagan?
A) savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida
B) hududlarni
kengaytirish uchun
C) qasos olish maqsadida
D) o‘lja uchun
6. Korinfda ittifoqchi davlatlar nimalarga kelishib
olishdi?
1) boqinchilarga qarshi birlashish 2) murosada tinch-totuv
yashash, 3) savdo yo’llarini havfsizligini ta’minlash 4) bir-
birining ichki ishlariga aralashmaslik
5) yunonlar hokimyati ostida makedonlarga qarshi birlashish
6) o‘zaro urushlar olib bormaslik
JAVOB: ___________________________
7. Yunon shahar-davlatlari Makedoniyaga qaram bo‘lgan
davrdan boshlab barcha kelishmovchilik va nizolar qay
tartibda hal qilinadigan bo’ldi?
A) shahar-davlatlar kengashi
orqali
B) makedonlarni nazorati orqali
C) oqsoqollar kengashi orqali
D) Afina ittifoqi orqali
8. Qaysi qatorda mantiqiy ketma-ketlik mavjud emas?
A) Gerakl – Olimpiya – olov
B) Xeoniya – Aleksandr – Korinf
C) Demosfen – Afina – Fiva
D) Sukrat – Delfiya – Sparta
9. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda
har kuni tomoshalar uyushtirilgan. Erta tongdan
boshlangan tomoshalar kun bo‘yi davom etar edi.
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri
10. Yunonlar faqat podsholar va zodagonlar uchun
saroylar emas, balki hamma odamlar foydalanadigan
jamoat binolarini ham barpo etishganmi?
Ha
Yo‘q
11. Yunon shaharlar Korinfga yig’ilgandan necha yil o’tib
G’arbiy Rim imperiyasi parchalanib ketdi?
A) 813 B) 138 D) 747
D) 118
12. Olimpiada o’yinlar ilk bor o’tkazilgan yildan necha yil
o’tib Ahamoniylar imperiyasiga asos solindi?
A) 1134 B) 237 D) 218
D) 1334
13. Rasmi keltirilgan shaxs haqidagi
ma’lumotlarni aniqlang?
1) mil.avv V asrda yashagan
2) mil.avv IV asrda yashagan
3) Jonajon shahri Sirakuza bo’lgan
4) Aleksandrning ustozi
5) hamma narsa olovdon kelib chiqqan deb uqtirgan
6) to‘plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi
JAVOB: _________________________________
14. Rasmi keltirilgan shaxs haqidagi
ma’lumotlarni aniqlang?
1) Frakiyalik
faylasuf
2) «Insonda hech qanday ehtiyojlar
bo‘lmasligi shart» degan fikrni o‘z
ta’limotiga asos qilib oldi.
3) Yer yuzida hamma narsa olovdon kelib
chiqqan deb uqtirgan
4) to’plangan bilimlarni mustaqil fanlar sifatida ta’riflab berdi
5) «Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir»
degan mashhur hikmat unga teqishlidir
JAVOB: ______________________________
I.
II.
III.
IV.
V.
VI.
VII.
VIII.
IX.
15. USHBU RASMDAGI SHAXSLARNI NOMLARINI YOZING:
I
VI
II
VII
III
VIII
IV
IX
V
16. Yuqoridagi rasmi keltirilgan shaxslardan qaysi biri
tragediyalar ustasi?
JAVOB: _______________________________
17. Yuqoridagi rasmi keltirilgan shaxslardan qaysi biri
Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish
va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan?
JAVOB: ________________________________
18.
Yuqoridagi rasmi keltirilgan shaxslardan qaysi biri
yunon emas?
JAVOB: ________________________________