Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 0.57 Mb.
bet50/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. O‘quv-metodik ishlarini Muvofiqlashtirish Kengashi to‘g‘risidagi nizom haqida fikrlar bildiring?
2. Hududiy kengash faoliyatini tashkil etish qanday tashkil etiladi?
3. Hududiy kengashning ishchi organi faoliyatini tashkil etish nima?
4.Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Ishchi organ qanday tashkil etiladi?
5. Hududiy kengashning ishchi organi faoliyatini qanday tashkil etiladi?

Mavzu yuzasidan test savollari:

  1. Respublikamizda maktabgacha ta’lim bo‘limi huzuridagi O‘quv-metodik ishlarini Muvofiqlashtirish Kengashi o‘z faoliyatini qaysi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi?

  1. Hech qanday qonun hujjatlariga asoslanmaydi

  2. O‘zbekiston Respublikasi konsitutsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qarorlariga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoishlariga O‘zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining qarorlariga asoslanadi

  3. Faqat O‘quv-metodik ishlarini Muvofiqlashtirish Kengashi to‘g‘risidagi nizomga asoslanadi.

  4. Faqat Konstitusiyaga amal qiladi

  1. Hududiy kengashlarning asosiy vasifalar?

  1. Maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan variativ va ishchi o‘quv dasturi didaktik o‘yinlar, metodik ishlanmalar, tarqatma materiallari, mashgulot ishlanmalarini ko‘rib chiqish hamda chop etishga tavsiya etish

  2. Chop etishga tavsiya etilayotgan o‘quv - metodik va didaktik materiallarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha qaror qabul qilish

  3. Ilg‘or pedagogik tajribalarini ko‘rib chiqish va viloyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etish

  4. Maktabgacha ta’lim faoliyatiga oid barcha vazifalarni amalga oshiradi

  1. Hududiy kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi xuquqlarga ega. To‘g‘ri to‘liq javoblarni tanlang

1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish.
2. Mansabdor shaxslardan hududiy kengash vakolatiga taluqli zarur ma’lumot va materiallarni so‘rash va olish.
3. Maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv-metodik ishlarni takomillashtirish bo‘yicha olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni jalb etish.
4. Maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv - metodik va didaktik materiallarni tasdiqlash va chop etishga tavsiya etish

  1. 1,2

  2. 1,4,3

  3. 1,2,3.4

  4. 2,3

4. Kengash tarkibi kim tomonidan tasdiqlanadi?

  1. Rais o‘rinbosari

  2. Rais tomonidan

  3. Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan

  4. Maktabgacha ta’lim vazirin ing o‘rin bosari tomonidan

5. Hududiy kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida ishchi organ qancha vaqtda hududiy kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi?

  1. Har chorakda

  2. Har haftada

  3. Har oyda

  4. Bir yilda bir marta


Mavzu yuzasidan topshiriq:
Hurmatli talabalar! Siz mavzuda bayon etilgan o‘quv - metodik adabiyotlarga oid asosiy tushunchalarni quyidagi jadvalga joylashtiring:






Tushuncha













1.








2.
















3.
















4.
















5.
















6.

















Foydalanilgan adabiyotlar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qaror: T.: 2019 yil 13-may.
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida 352-son qaror: T.: 2019 yil 25-aprel.
3. Maktabgacha ta`lim va tarviya to‘g‘risida QONUN-595-son T.:-2019 yil 22 oktyabr
4. Davlat maktabgacha tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasqidlash to‘g‘risida”155-son buyruq.T.:-2019 yil, 30-avgust
5. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q.,Kayumova N.M., A’zamovaM.N. Maktabgacha pedagogika T.: 2018.
6. “Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv - metodik ishlarni muvofiqlashtirish Kengashini tashkil etish haqida”gi 22-son buyrug‘iga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” gi 2020 yil, 28-maydagi 83-son MTV buyrug‘i.
7. Navoiy viloyti Maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2020 yil 18 iyundagi 81-sonli buyrug‘iga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi 2020 yil, 21-avgustdagi 110-son buyrugi.
Internet saytlari.
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet. uz
www. edu. uz


7.1.PEDAGOGIK KENGASH VA UNING VAZIFALARI




Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini birgalikda ko‘rib chiqadigan doimiy faoliyat yuritadigan organ, metodik mahorat maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengash muhokamasiga bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish chora - tadbirlarini belgilash, muassasada pedagogika, psixologiya, sotsiologiya kabi fan sohalarida erishilgan yutuqlarni va yetuk pedagog-tarbiyachilar ilg‘or tajribasini amaliyotga joriy etish; tarbiyachilar pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini rivojlantirish singari masalalar kiritiladi.
Pedagogik kengash Maktabgacha ta’limi vazirligi, maktabgacha ta’lim bo‘yicha buyruq yo‘l - yo‘riq nizom va boshqa me’yoriy hujjatlarni; maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasini; bolalar sog‘ligini mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo‘yicha talablarni sifatli bajarilishi jarayonini; ish amaliyotiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilg‘or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim - tarbiya berishning dolzarb masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarligini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga doir boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiradigan dolzarb mavzularning kiritilishini ta’minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi faol va sermahsul bo‘ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat qiladigan shifokor, katta hamshira, kasaba uyushmasi, ota- onalar qo‘mitasi hamda vasiylik kengash raislari kiradi.Pedagogik kengash yig‘ilishiga jamoat tashkilotlari vakillari, maktab o‘qituvchilari, tarbiyalanuvchilarining ota - onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha tashkilotning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan reja asosida faoliyat yuritadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yuqori organi hisoblangan pedagogik kengash faoliyati pedagog xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’limda davlat talablari asosida muvofiqlashtirilgan ta’lim - tarbiya jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Pedagogik kengashning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatini yo‘naltirish, tarbiyalanuvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ning bajarilishini ta’minlash;

  • ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishda maqbul shart - sharoitlar yaratishga doir qarorlar qabul qiling;

  • pedagog xodimlarning nufuzi va metodik salohiyatini oshirish, ularning tashabbuskorligini qullab - quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ishlarni tashkil etish;

  • pedagogik jamoaning ta’lim - tarbiya yo‘nalishidagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa berish;

  • ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish, yosh pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish yo‘llarini belgilash;

  • Ustoz - shogird an’analari, uzluksiz malaka oshirish borasida odingan hisobotlar yuzasidan xulosalar tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy - axloqiy qadriyatlarni singdirish, bola shaxsini shakllantirishda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish;

Tarbiyalanuvlarni jismoniy, intellektual va ma’naviy jihatdan barkamol, vatanparvar va yurtparvar shaxs sifatida tarbiyalash yuzasidan takliflar berish. Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish jarayonini kuzatib boradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling