Ушбу саволларга жавоб ёзинг Nazorat savollari


Download 0.63 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#199457
Bog'liq
Notes 210118 215926

Ушбу саволларга жавоб ёзинг

Nazorat savollari:

1.Mayatnik nima? Matematik mayatnik nima?

Mayatnik— tashqaridan taʼsir ettirilgan kuchlar, xususan, tortishish kuchi taʼsirida qoʻzgʻalmas nuqta yoki oʻq atrofida tebranma harakat qiladigan qattiq jism. 1) Matematik M. — biror qoʻzgʻalmas nuqtaga vaznsiz va choʻzilmaydigan ipga osib qoʻyilgan moddiy nuqta M. ogʻirlik kuchi taʼsirida vertikal (tik) tekislikda tebranadi. M. turli asboblarda, soatlarda, i. t. ishlarida qoʻllaniladi.

2 Tebranma harakat deb qanday harakatga aytiladi?

U yoki bu darajada takrorlanuvchanligi
bilan ajralib turadigan jarayonlarga

tebranishlar deyiladi.

3.Garmonik harakat nima va u qanday kuchlar ta’sirida ro‘y beradi?

Tebranishlar sinus yoki kosinus qonuni

bo’yicha sodir bo’lsa, bunday tebranishlarga garmonik tebranishlar deyiladi. Garmonik tebranishlar eng sodda tebranishlar hisoblanadi va qo`yidagi ikki sababga ko`ra ular batafsil o`rganiladi: birinchidan tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlarning aksariyati garmonik tebranishga yaqindir; ikkinchidan turli murakkab tebranishlarni ham garmonik tebranishlarning yig’indisi sifatida qarash mumkin.

4.Mayatnikning garmonik tebranma


harakat qilish sharti nimadan iborat?

Sistema garmonik tebranishi uchun: 1) jism muvozanat vaziyatidan chiqarilganda unda tizimni muvozanat vaziyatiga qaytaruvchi ichki kuchlar hosil bo‘lishi; 2)tebranayotgan jism inertlikka ega bo‘lib, unga ishqalanish va qarshilik kuchlari ta’sir qilmasligi shart. Bu shartlar tebranma harakatning ro‘y berish shartlari deyiladi.

5. Og‘irlik kuchi tezlanishi g ni hisoblash formulasini keltirib chiqaring.

P =mg - ogirlik kuchi formulasi. Bunda g-tortishish kuchi ; m- massa.

g- 9.81 m/s.

Aniqlash formulasi:





6. Og‘irlik kuchi tezlanishi nima uchun geografik kenglikka bog‘liq?

Ogʻirlik kuchi Yer aylanishidan vujudga keladigan markazdan qochma kuch bilan Yer tortish kuchining teng taʼsir etuvchisiga teng . Markazdan qochma kuch Yer ekvatorida eng katta qiymatga ega boʻlib, Ogʻirlik kuchining 1/288 qismiga teng . Shu tufayli, Yer sirtidagi Ogʻirlik kuchi Yerning shakli va oʻlchamiga, joyning geografik kengligiga bogʻliq. 

8. Sharning o‘lchamini, ipning cho‘zilishini va vaznini e’tiborga olmaslik tajribada qanday xatoliklarga olib keladi?



Butun tajriba xato chiqadi. Chunki massa - m hajm - h togri berilmasa formula boyicha yechilsa butun masala notogri chiqadi.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling