Usim-biol p65


Download 0.94 Mb.
bet18/70
Sana07.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1339822
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Bog'liq
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Oila. Trixogrammatidlar Trichogrammatidae
Bu oila xalsidlar bosh oilasiga mansub (0,12—1,2 mm) mayda hasharotlar bo`lib, turii xil hasharotlarning tuxumlaridagi ichki tekinxo`ri hisoblanadi. Yetuk hasharot o`simlik guli nektarida oziq-lanadi. Trichogramma oilasining ko`pchilik vakillari zararkunandalarga qarshi biologik usulda himoya qilishda keng ko`lamda qo`IIanilib kelinmoqda.
Avlod. Trixogramma (Trichogramma L.). Ular ko`pchilik turdagi hasharotlar tuxumlarining tekinxo`ri hisoblanadi. Ba'zi bir turiari qishloq xo`jaligi ekinlarini zararii hasharotlardan himoya qilish uchun ko`plab mamlakatlarda keng ko`Iamda qo`llanilmoqda. Shuningdek, Т. pintoi, Т. evanescens va bog`Iarda yashovchi Т. cococciae kabi tur-lari bor. Trixogramma biologik kurash vositalaridan biri bo`Iib, don, texnik va sabzavot ekinlarida kapalaklar tuxumlariga qarshi ommaviy ravishda kurash olib boriladi. Trixogramma laboratoriya sharoitida don kuyasi tuxumida ommaviy urchitiladi. Trixogramma turiari ekologik zararsiz bo`Iib, har bir tur uchun bog`liq bo`Igan xo`jayin va ekologik sharoitga qarab tabaqalanadi. Zararii hasharotga nisbatan samarador-ligi ko`paytirilayotgan trixogrammaning sifatiga bog`liq.
Trixogramma g`o`zani tunlamlardan hitnoya qilishda qo`Uanadigan asosiy bioagent hisoblanadi. Trixogramma — sariq-qo`ng`ir yoki qora rangli mayda (0,35—0,6 mm) hasharot. Urg`ochisining mo`ylovlari 5 bo`g`imli. Oldingi qanotlari keng, qator-qator joylashgan tukchali, cheti qisqa hoshiyalidir. Yashirin holda tuxum qo`yadi. Erkagi urg`o-chisiga o`xshaydi, lekin mo`ylovlari 3 bo`g`imli.
Xo`jayin tuxumlarining hidiga qarab qidiradi va topgandan so`ng unga bitta yoki ikkitagacha tuxum qo`yadi. Tekinxo`r Hchinkasi xo`jayin tuxumi ichida rivojlanadi va uning suyuqligi bilan oziqlanadi.
Lichinka uch yoshni o`taydi. Biilnchi yoshdagi lichinkaning yaxshi rivojlangan mandibulalari bo`ladi. Ikkinchi yoshi oxirida lichinka tanasining bo`shlig`i moy bilan to`Iadi. Lichinka uchinchi yoshi oxiriga borganda to`lishadi. Lichinkaning oziqlanishi poyoniga yetgani sari xo`jayin tuxumi qoraya boshlaydi va pronimfa fazasiga o`tish paytida
39
















13-rasm. Trixogramma:
fl—tunlam tuxumini zararlayotgan trixogramma; 6—lichinka;
fif—oziqlanayotgan lichinka; e—oxirgi yoshdagi hchinka; /—g`umbak;
g—voyaga yetgan trixogrammaning xo`jayin tuxumidan chiqishi.
qorasimon-to`q zangori tusga kiradi. umbagi ham xo`jayinning tuxumi ichida rivojlanadi. Tug`ilgan trixogrammalar tuxum qobig`ini kemiradi va uni yorib chiqadi. Urg`ochilari tuxum tug`adigan holda tug`iladi, juftlashadi va darhol xo`jayinning tuxumlarini qidira boshlaydi (13-rasm).
Ulg`aygan trixogramma tabiatda bor-yo`g`i bir necha kun yashaydi. Harorat 35°C da trixogramma 2 kun, harorat 30°C bo`Iganda — 4, 20°C bo`Iganda — 11 va 15°C da esa 14—15 kun yashaydi.
Trixogramma rivojlanishining pastki chegarasi 9,5°C ni tashkil etadi. To`Iiq rivojlanishi uchun foydali harorat yig`indisi 199,5°C yetarii hisoblanadi. o`zbekistonda trixogrammaning 12 turi aniqlan-gan, ulardan to`rt turi fan uchun yangilik bo`lib chiqdi. Mavsumda 12—14 avlod beradi.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Trixogrammalarning lichinkalari oziqlanadimi yoki yetuk zotlari?

  2. Trixogrammaning turlari haqida ma'Iumot bering.

  3. Qaysi turi olma mevaxo`ri tuxumini zararlaydi?


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling