Usim-biol p65


Download 0.94 Mb.
bet39/70
Sana07.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1339822
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70
Bog'liq
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

Entomoftorin-T — «Biotexnika» ilmiy ishlab chiqarish biriash-masida va mikrobiologiya sanoatida Entomophtora zamburug`i asosida ishlab chiqarilmoqda. Tiniq sarg`ish rangdagi quruq kukun bo`lib, namligi 8 foizdan oshmaydi. Hasharotlarga, asosan, lipidi biomassasi shakllari ta'sir etadi. So`ruvchi hasharotlardan g`o`za shirasi va o`rgimchakkanalarga har gektariga 1,5—2 kg miqdorda sarilanadi. Faqat ertalab va kechqurunlari sepish lozim. Chunki 60—80 foizgacha bo`Igan nisbiy namlikda g`o`za barglariga tez singadi.
Olimlaming ma'Iumotiga ko`ra, entomoftorinning bu (Т) shakldagi xillari so`ruvchi hasharotlarga nisbatan (o`simlik biti, o`rgimchakkana) biologik samaradoriigi 83,2 dan 86,3 foizni tashkil qilgan. 1990-yiIdan boshlab ishlab chiqarishda foydalanish uchun tavsiya etilgan. Foydali hasharotlar uchun ta'siri yo`q.
Ko`sak qurti, shira va o`rgimchakkanalaming birga tarqalgan va entomoftorin bilan ishlov berilgan maydonlarda bir kundan keyin trixogramma va brakonlami qo`llash mumkin.
Boveriya Beuveria bassiana Bals. zamburug`i asosida ishlab chiqarilgan biologik insektitsidli preparat. Bu preparat Ukraina o`simliklami himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan yaratilgan bo`Iib, kulrang kukun holida chiqariladi. Asosan, qishloq xo`jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi qo`llaniladi.
Zararii hasharotlardan zararii xasva, Kolorado qo`ng`izi, lavlagi uzunbumni, olma kuyasi, olma va shaftoli mevaxo`ri, o`tloq va makkajo`xori parvonasi hamda kuzgi va qarag`ay odimchisi boverin ta'sirida sezilarii darajada nobud bo`ladi.
Boveriya zararkunandalarda, asosan, oq muskardina kasalligini qo`zg`atadi. Preparatning bir grammida 2 mlrd spora mavjud bo`Iib, harorat 17—22°C da va 70 foiz namlikda 4 oygacha saqlash mumkin.
Preparatning ishchi eritmasi o`simlikkapurkashdan 1—2 soat oldin tayyorianadi. Preparatning Kolorado qo`ng`iziga qarshi (1—2 yoshdagi
86
hchinka) gektariga 2 kg hisobida qo`Uaniladi. Kimyoviy preparatlar ЬИап ishlov berilganda 95—97 foizgacha Uchinkalaming nobud bo`Ushi kuzatilgan. Ishchi aralashmaning bir gektar maydonga sarf miqdori 450 litrni tashkil qiladi. Bu preparatdan yomg`irii mavsumda zararkunandalarga qarshi foydalanish taqiqlanadi. Ishlov berilgan maydonda yomg`ir yoqqan bo`lsa, bu vaqtda 12—15 kundan so`ng takroriy ishlov beriladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling