Usim-biol p65


Antagonist mikroorganizmlarning ahamiyati


Download 0.94 Mb.
bet54/70
Sana07.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1339822
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
c1b50c4d7ef2b81e5d4db6ab0727de14 O`SIMLIKLARNI BIOLOGIK HIMOYA QILISH

4.3. Antagonist mikroorganizmlarning ahamiyati
Antagonist mikroorganizmlardan o`simlik kasalliklariga qarshi foydalaniladi. Ekinlarda zamburug`Iarga qarshi kurashda uning tuproq mikroorganizmlari bilan antagonistik o`zaro munosabatiga asoslangan biologik kurash usullari katta ahamiyatga ega. Chunki ular ajratadigan antibiotik moddalar fitopatogen zamburug`Iarning rivojlanishini to`xtatish bilan cheklanmay, balki o`simlik ildizlari orqali uning tanasiga kirib, kasallikka chidamliligini oshiradi.
L. Paster 1877-yiIda mikroorganizmlarda yuz beradigan antago-nizm jarayonini aniqlagan. Antagonist mikroblardan foydalanish boshqa kurash vositalariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega.
Zamburug`li antagonistlar. Tuproqda yashaydigan mikroorganizm-lar orasida g`o`za viltiga qarshi kurashda foydalanish uchun trixoderma
109
{Trichoderma lignorum Zflrz)-Iignorum eng istiqbolli antagonist hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu zamburug`ning tuproqda yashaydigan fitopatogenlarga, shu jumladan, vertitsiyamumga ham kuchli ta'sir etadigan 7 ta antibiotigi borligi ma'Ium.
Trixoderma-gliotoksin-gram musbat mikroorganizmlar va aktinomitsetlarga qarshi kuchli ta'sir qiladi. Viridin, Alametsitin, Sasukosillin kristall modda bo`Iib, erish nuqtasi 249—25ГС ga teng.
Trixotoksin-A antibakterial faollikka ega. Dermadin gram musbat va gram manfiy mikroorganizmlar va ba'zi zamburug`Iarga qarshi faol. Yuqorida nomlari ko`rsatilgan antibiotiklar bodring va zig`ir antraknozi va fuzariozi, bug`doy fuzariozi, kartoshka rizoktoniozi hamda madaniy ekinlaming boshqa kasalliklariga qarshi kurashda yuqori samara beradi.
Bundan tashqari, bakteriyali antagonistlar amalda o`simliklar-ning bakteriya kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar o`simlik ildiz chirish va so`Iish kasalligini qo`zg`atuvchilaming rivojlanishiga to`sqinlik qiladi.
P. eycorhaga bakteriyasining eritmasi bilan ochiq yoki yopiq gruntlarda ekilayotgan ko`chatlar tomiri namlanganda pomidorning fuzarioz so`Iish kasalligi 28,2 foizdan 0,8 foizgacha kamaygan. Bu bakteriya ildiz chirish, urug`Iar va barglarda fuzarioz hamda g`o`za vilti, bug`doyning ildiz chirish, karamning qorason kasalligiga qarshi kurashda ulaming urug`Iari ekishdan oldin ishlov berilganda yuqori samara berishi aniqlangan.
Ayrim mamlakatlarda Bacillus subtilis bakteriyasi makka-jo`xorining fuzarioz chirish, bug`doy rizoktoniya, sabzining ildiz chirish, g`o`zaning unib chiqishida rizoktoniya kasalliklariga qarshi yaxshi samara bergan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling