Uskunalar panellari
Download 0.62 Mb.
|
dawis ham tekst penen islew
Dawıs hám tekst penen islew. Reje:
Microsoft Word dasturi va uni ishga tushirish Uskunalar panellariMatnni kiritish Microsoft Word dasturi va uni ishga tushirish Matnlar bilan ishlash uchun matn protsessorlaridan (yoki muharrirlaridan) foydalaniladi. Hozirgi paytda ko‘plab matn protsessorlari ishlab chiqilgan. Umuman ularning vazifasi bitta, ammo beradigan imkoniyatlari va ularni amalga oshirish vositalari turlicha. Windows tizimi bilan ishlaydigan matn muharrirlari orasidan eng ko‘p tarqalgan vosita sifatida Word muharririni ko‘rsatish mumkin. Ulardan foydalanish texnologiyasi WIMP - interfeysga asoslangan bo‘lib, Word tipidagi muharrirlarning imkoniyatlari katta va uni qandaydir ma‘noda kichik nashriyot tizimi sifatida qarash mumkin. Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo‘lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o‘zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o‘zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida va boshqa ko‘rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud. Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo‘lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Word da tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud. Odatda Microsoft Word dasturini ishga tushirish uchun Windowsning «Pusk» tugmasi bosiladi, menyuning «Programmi » bandidan Microsoft Word nomli qismi yuklatiladi. Bundan tashqari quyidagi usullar bilan ham Microsoft Word dasturini yuklash mumkin: MS Office paneli orqali (agar ushbu panel ekranda mavjud bo‘lsa, Microsoft Wordga - ga sichqonchaning chap tugmasini bosish yordamida); Windows ishchi oynasida joylashgan Microsoft Word dasturining buyrug‘i orqali (sichqoncha ko‘rsatkichini piktogramma ustiga keltirilib, uning chap tugmasi ikki marta bosiladi); ―Zapusk programmi‖ oynasi yordamida (bosh menyuda ―Vipolnit‘…‖ buyrug‘i tanlanadi va ochilgan oynada fayl nomi- Winword.exe kiritiladi, OK tugmasi bosiladi.) 1-rasm. ―Zapusk programmi‖ oynasini ochish jarayoni. Microsoft Word protsessori ishga tushganda ekranda hujjatning bo‘sh varag‘iga ega bo‘lgan ishchi oynasi namoyon bo‘ladi. YAngi ilk hujjat «Dokument 1» deb nomlanadi va foydalanuvchiga havola etadi. 2-rasm. Microsoft Word dasturi ishchi oynasi. MS Office paketiga kiruvchi barcha amaliy dasturlardagi kabi Microsoft Word dasturida ham tizimli menyular to‘plami mavjud bo‘lib, u oltita buyruqni bajaradi: 3-rasm. Tizimli menyular to‘plami Asosiy menyu qatoriga quyidagilar kiradi: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa, Okno, Spravka. Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo‘lib ular orqali hujjat yaratish (Sozdat’), saqlangan hujjatni ochish (Otkrit’), joriy hujjatni yopish(Zakrit’), hujjatni saqlash(Soxranit’), boshqa nom bilan saqlash(Soxranit’ kak…), internet sahifasi shaklida saqlash(Soxranit’ kak web-stranitsu), hujjatlarni mazmuni bo‘yicha qidirish(Nayti), bir faylning o‘zida bir necha hujjatni (o‘zgartirish kiritilish vaqtiga ko‘ra) saqlash va ochish(Versii...), internetda hujjatning qanday ko‘rinishini ko‘rib o‘tish(Predvaritel’niy prosmotr web-stranitsu), hujjatni (qog‘oz turini, hoshiyani va b.) o‘zgartirish(Parametri stranitsi...), printerdan chop etishdan oldin ko‘rish (Predvaritel’niy prosmotr), chop etish(Pechat’…), boshqa dasturlarga (elektron pochtaga va x.) hujjatni yuborish(Otpravit’…), hujjat xaqida ma‘lumot olish (Svoystva), oldin ochilgan hujjatlarni ro‘yxati va dasturdan chiqish(Vixod) kabi menyu punktlari bor. Pravka menyusida hujjatni tahrirlash punktlari joylashgan bo‘lib ularga bajarilgan amalni orqaga qaytarish(Otmenit’), yoki aksincha oldinga qaytarish(Povtorit’), belgilangan matnni yoki ob‘ektni kesib olish(Virezat’), nusxa olish(Kopirovat’), bufer(operativ xotirada) turgan ma‘lumotlarni ko‘rish(Bufer obmena Office...), va kerakli joyga matnni yoki ob‘ektni qo‘yish(Vstavit’), boshqa dasturlardan nusxasi olingan ob‘ektni maxsus qo‘yish(Spetsial’naya vstavka...), nusxa olingan hujjatga yoki ob‘ektga murojat etadgan shaklda qo‘yish(Vstavit’ kak giperssilku), hujjatni butunligicha ajratish(Videlit’ vse), kerakli jumlani qidirish(Nayti...), yoki almashtirish(Zamenit’...), kerakli sahifaga yoki bo‘limga o‘tish (Pereyti...) punktlaridan samarali foydalanish mumkin. Vid menyusidan hujjatni ko‘rinishini, jumladan oddiy ko‘rinishda (Obichniy), web shaklida (web-dokument), sahifa shaklida (Razmetka stranitsi), bo‘limlarni ko‘rish va tahrirlash shaklida(Struktura), instrumentlar panelidan panellarni(Formatirovanie, Standartnaya) tanlash(Paneli instrumentov), chizg‘ichni xosil qilish yoki berkitish(Lineyka), hujjatni sxematik shaklda ko‘rish(Sxema dokumenta), hujjat kolontitullarini tahrirlash(Kolontituli), hujjatni butun ekran bo‘yicha tahrirlash(Vo ves’ ekran), hujjatni masshtablash(Masshtab) kabi punktlar mavjud. Vstavka menyusidan hujjatga ob‘ektlarni yoki sahifalarni qo‘yish, shulardan yangi sahifa yoki bo‘limni qo‘yish(Razriv), hujjatni betlash (Nomera stranits), joriy vaqt va kunni qo‘yish (Data i vremya), avtomatn (Avtotekst), klaviaturada yo‘q belgilarni (Simvol), mundarija va ko‘rsatkichlarni (Ssilka), rasmlarni (Risunok), diagrammalarni (Organi-zatsionnaya diagramma), yozuvli ramka(Nadpis’), matnli faylni(Fayl…), boshqa dasturlardagi fayllarni yaratish yoki qo‘yish(Ob’ekt...) punktlaridan foydalanish mumkin. Format menyusidan hujjatdagi matnni o‘zgartirish, jumladan terilayotgan yoki ajratilgan matnning shriftini o‘zgartirish(SHrift…), abzatsni(Abzats…), ro‘yxatlash(Spisok), matn chetlarini va qog‘ozni ramka-lash, matn orqasiga rang berish(Granitsi i zalivka), matnni surish(Tabulya-tsiya), matnni bo‘lim-bo‘lim shaklida aks ettirish(Kolonki), matn abzatsidagi birinchi xarfni katta, ajratilgan va ko‘rinadigan shaklda xosil qilish (Bukvitsa), matnni gorizontal yoki vertikal ko‘rinishga keltirish (Napravlenie teksta), ajratilgan matnni katta yoki kichik registrga o‘tkazish(Registr), hujjat(qog‘oz) rangini o‘zgartirish va boshqalar mavjud. Servis menyusida dastur parametrlarini o‘zgartirish va tekshiruvni amalga oshirish mumkin, masalan kiritilgan matnni xatolarga tekshirish(Pravopisanie), kiritilayotgan yoki ajratilgan matnning tilini ko‘rsatish va bo‘g‘inga ajratish(YAzik), buzilgan matnni tiklash(Ispravit’ povrejdenniy tekst), kiritilgan so‘zlar va xarflar xaqida ma‘lumot olish(Statistika), hujjatni ximoyalash va uni parol orqali tahrirlash (Ustanovait’ zashitu), makro buyruqlar(Makrosi), shablonlar va o‘zgarti-rishlar (SHabloni i nadstroyki), avtomatik xatoliklarni to‘g‘rilash (Parametri avtozameni), Word dasturining panellarini o‘zgartirish, menyularni tahrirlash (Nastroyka), Word dasturining parametrlarini o‘zgartirish(Parametri) kabi amallarni shu menyu orqali amalga oshirish mumkin, shuni aytib o‘tish lozimki bu menyu dasturning eng asosiy menyusi xisoblanadi. Tablitsa menyusi jadvallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bulardan jadvalni chizish(Narisovat’ tablitsu), jadval, ustun va satrlarni qo‘yish(Vstavit’), yoki aksincha o‘chirish(Udalit’) va ajratish(Videlit’), kataklarni birlashtirish(Ob’edinit’ yacheyki) yoki bo‘lish(Razbit’ yacheyki), jadval chetlarini avtotekislash(Avtopodbor), matnni jadvalga yoki aksincha jadvalni matnga aylantirish(Preobrazovat’), jadvaldagi ma‘lumotlarni saralash(Sortirovka), formulalar ishlatish(Formula), jadval xususiyatla-rini o‘zgartirish(Svoystva tablitsi) singari vazifalar mujassamlashgan. Okno menyusida dasturda joriy vaqtda ochiq turgan hujjatlar ro‘yxa-tini ko‘rish va tanlash mumkin. Bundan tashqari, ochiq hujjatlarni ekranda tartiblab ko‘rsatish mumkin. Spravka menyusi yordam olish menyusi bo‘lib, u orqali dastur bilan ishlash uchun kerakli ma‘lumotlarni olish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, xar bir menyu ma‘lum vazifani o‘zida mujassam-lashtirgan, shuning uchun menyular bilan ishlashda ularning asosiy vazifalarini esda tutmoq zarur. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling