arj a c:\archive\matn yoki arj a a:\matn
Yuqoridagi buyruqlar kiritilgach, ular ko'rsatilgan amallarni
bajarishga kirishadilar. Ekranda arxivga kiritilayotgan fayllar nomlari
tasvirlanadi. Har bir faylni «siqishda» faylning qayta isnlangan foizi
yoki bu jarayonni ko'rsatuvchi gorizontal chiziqcha hosil bo'ladi. Faylni
arxivlash tugatilgach, uning qarshisida siqilish darajasi haqida xabar
chiqariladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ARJ va PKZIP dasturlari siqilish
darajasi haqidagi xabarni turli xilda ko'rsatadi. Masalan, agar dastlabki
faylni 10 marta «siqilsa» ARJ dasturi ishi tugagach 10% ni («siqilgan»
fayl uzunligining fayl uzunligiga nisbati), PKZIP esa 90% ni (faylni
arxivga joylashtirishda necha foizga «siqilishini») ko'rsatadi.
Arxivni ochish, ya'ni undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi
buyruqda a harfi o'rniga e («extract» so'zidan olingan — «izvlech’»—
chiqarish) harfi qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |