Usmon azim she’riyatiga bir nazar boynazarova Gulbahor


Download 30.67 Kb.
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi30.67 Kb.
#1300038
1   2
Bog'liq
Gulbahor maqola 3

Bizni baxt yaratgan.
Qishloqdagi onamizga o‘xshash baxt. (Usmon Azim, 1995,Saylanma)
Usmon Azim uchun shoirlik kasb emas, shoirlik insoniyat oldidagi oliy burchidir. Shoir ijodiga nazar solsak, uning she’rlarida vatanparvarlik, yor ishqi, Allohga bo‘lgan muhabbat va folklor an’analarini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari shoir ijodiga xos bir uslub bor: oddiy misralarga ulkan ma’noviy zalvor yuklangan.
Tong otadi
Sen yo‘q
Kun botadi
Sen yo‘q
Misralarida shoir tong va tunlarini qanday azob bilan o‘tayotganini yozadi.
Usmon Azimni “Baxshiyona” turkumida folklor an’analaridan foydalanib, bugungi kun uchun zavqli bir asar yarata oldi. U yaratgan misralar qo‘shiq bo‘lib, insonlar qalbidan joy oldi. Yoki “Boysun haqida ballada” she’rida ham ertak qolipidan foydalanib,
Bor ekanda,
Yo‘q ekan,
Och ekanda,
To‘q ekan,
Ko‘rdim,
Kezdim, Boysunday joy
Bu olamda yo‘q ekan.
Boysunning ta’rifini beradi.Turkumda Alpomish obrazi kiritiladi. Nima uchun aynan Alpomish? Bu obraz orqali ijodkor nimani maqsad qilgan?
“Men Boysunlikman. (Asli “Boysin”; “Boysun” forscha talaffuzidir. Biz negadir “Temur”, “Bobur”, “Boysun” degan so‘zlarning forscha shaklini tanlaganmiz va bundan o‘zbekning tili ravon aylanmay zahmat chekadi…) Buning ustiga, Qo‘ng‘irot urug‘idanman. Jang-u jadalda ko‘rgazgan jasoratlari va mardliklari uchun Amir Temur Termiz atrofini Qo‘ng‘irot urug‘iga tortiq qilgan. Bu joylarda o‘rnashgan qo‘ng‘irotlar o‘zlariga qarashli manzilning eng chiroyli maskanini “Boysin” deb atashgan . Boysin- qo‘ng‘irotlarning afsonaviy,, dostonlarda (jumladan, “Alpomish”da ham) kuylanib kelingan, kindik qoni to‘kilgan Vatani. Bu so‘z “boy” va “sin” qismlaridan iboratkim, “go‘zal sinu sumbat”- “chiroyli, manzarali joy” deganidir. Men esimni bilganimdan buyon Alpomish haqida afsonalar eshitib yashadim. Baxshilarning jo‘shib aytganini tinglab, yuragim qaynar darajasiga borganlarim yodimda. Bizni maqtab, “Alpomishday yigit bo‘ladi” deyishsa, boshimiz osmonga yetgan. 50-yillarda “Alpomish” dostoni quvg‘indan chiqib (tavba sho‘ro dostonni ham qafasga slogan-a! ) nashr qilingach, bir nusxasi, albatta, bizning uyga ham yetib bordi. Men shu kitobni o‘qib savodim chiqdi. Juda ko‘p joylarini yoddan bilar edim… Bobomga, qarindoshlarimga qiroat bilan “Alpomish”ni o‘qib berish bolaligimdan qolgan eng yaxshi xotiralardan”… Usmon Azim shunday xotirlaydi. Bu boshdan –oyoq ibratdan iborat doston Ezgulik va Yovuzlikning hayot-mamot kurashidan iborat. Mardlik va xiyonat, el-u yurti uchun fifokorlik va nonko‘rlik, do‘stlik va g‘animlik, saxovat va baxillik yonma-yon, har lahzada bir-birini rad etib yashaydi. Oq-u qora chinakam bir adolatli tiniqlik bilan ajratiladi. Eshitganni yohud o‘qiganni chalg‘itmaydi. Umuman, Alpomish“ ulug‘ bir hikmatdir. Shoirlarning ilhomi biln to‘lg‘ongan mana shu hikmat qarshisida doim lol qolmay bo‘lmaydi. Har bir o‘zbekda “Alpomish” – mardlik, jasorat, fidokorlik bor. Yana bir qadrli joyi dostonning poetik yuksakligidadir. Mana bu satrni o‘qing:
Davlat qushi qo‘nsa bir chivinning boshiga,
Semurg‘ qushlar ta’zim qilar qoshida”.
Qanday og‘izni to‘ldirib aytilgan o‘zbekona donolik!
Ijodkorga xos bo‘lgan yana bir xususiyat borki, u o‘zining ruhiyatini Alpomish bilan uyg‘unlikda his qiladi.
Ko‘nglim - elsiz qolgan
Bandi Alpomish
Ishim yonish, yonish
Kul bo‘lish, yonish
Xulosa qilish mumkinki, Usmon Azim ijodidagi she’rlarda ham ma’no, ham mavzu keng qamrovli. Inson ruhiyatining eng inja jihatlarini tasvirlay olgan, folklorning eng yorqin namunalaridan unumli foydalangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Usmon Azim. (1995) Saylanma. Sharq” nashriyoti.

Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling