Usmon azim she’riyatiga bir nazar boynazarova Gulbahor
Download 30.67 Kb.
|
Gulbahor maqola 3
USMON AZIM SHE’RIYATIGA BIR NAZAR Boynazarova Gulbahor Tosh DO‘TAU Folklorshunoslik va dialektologiya yo‘nalishi 2-kurs magistranti Gulbahorboynazarova@gmail.com 998974490262 Annotatsiya Maqolada Usmon Azim she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, mavzu va ma’no ko‘lami haqida fikr yuritilgan. Har bir fikrlar she’rlar bilan izohlangan. Maqolada tavsifiy metoddan foydalanilgan. Maqolaning dolzarbligi Usmon Azim she’riyatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni ochib berish va tahlil qilish. Maqolada ijodkorning ruhiyati va she’riyatga oid tahlillar mavjud. Kalit so‘zlar She’riyat, mavzu, ma’no, ruhiyat, folklor, tahlil Abstract The article discusses the specific features of Usman Azim's poetry, the theme and scope of meaning. Each idea is explained with poems. The descriptive method is used in the article. The relevance of the article is to reveal and analyze the unique features of Usman Azim's poetry. The article contains analyzes of the artist's psyche and poetry. Keywords Poetry, theme, meaning, spirituality, folklore, analysis O‘zbek xalqining ma’naviy dunyosini shakllantirishda g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatayotgan ijodkor – Usmon Azimdir. Surxon vohasining mard o‘g‘loni, Boysun elining Usmon Azimi o‘zbek she’riyatining ufqini kengaytirib, nasriy she’rlardan barmoq vaznigacha bo‘lgan turli vaznlarda ijod qiladigan shoirdir. Usmon Azim nafaqat shoir, mohir tarjimon, dramaturg va kinossenarist hamdir. Xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyatining mukammallik kasb etishida o‘z davrini tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning g‘ururi, shon-u sharafini tarannum etayotgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.U olam va odam, borliq haqidagi o‘tkir falsafiy qarashlari bilan odamning tuyg‘ulariga ta’sir etish, tarbiyalash bilan birga odamni Hazrati Inson darajasiga ko‘tarilishiga o‘z hissasini qo‘sha olgan mohir ijodkordir. Sening osmoningga yetmadi bo‘yim, Yerdan past ko‘klarni ayladim tavof. Faqat Tangrim, kechir bandalaringdan. Mangu savollarga izladim javob Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini, Usmon Azimdek teran ifoda etgan shoir adabiyot bo‘stonida kamdan-kam topiladi. Badiiy adabiyotga, she’riyatga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga Usmon Azim she’riyati orqali kirib keladi desak, xato bo‘lmaydi. Usmon Azim ijodi she’riyat olamida o‘ziga xosligi va fikrlar ko‘lamining zalvorliligi bilan, u hayot tomirlaridagi ichki harakatni, davr yuragidagi murakkab harakatni chuqur his eta oladigan, o‘zigina his qilib qolmasdan o‘quvchiga ham bu tuyg‘uni yuqtira oladigan shoir hisoblanadi. Yengib bo‘lmayapti sog‘inchni Madad olay desam, Pirlar ham yo‘qolgan. Har lahzam – dard, Har nafasim - dard, Har qafasim - dard, Har barbodim – dard, Har ozodim - dard Shuningdek, u yaratgan adabiy meros o‘zining ko‘pqirraliligi, ya’ni turli masalalardan bahs yuritganligi va kishi ruhiyatining eng murakkab qirralarini ham ochib bera olganligi bilan o‘zbek she’riyatida alohida o‘rin tutadi. Usmon Azim she’riyatida qo‘llangan har bir so‘z, tushuncha va badiiy timsollar maxsus o‘rganishga arzigulik alohida bir olam deb qaraladi. Usmon Azim rost tuyg‘ular kuychisi, to‘g‘ri so‘z shoir sifatida tanildi. Usmon Azim shiddatli tuyg‘ulari va aniq tasvirlari bilan o‘zbek she’riyatiga yangicha ruh olib kirdi. Shoir shaxsi – vujud, she’ri – ruh bo‘lib ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Shoir shunday degan edi: Qalbingizga daryo bo‘lib kiraman bir kun, She’r yurtidan sado bo‘lib kiraman bir kun. Ijodkor 1970-yillar adabiyotimizga o‘zining dadil qadamlari bilan, yoniq qalbi bilan kirib kelgan bo‘lsa, u o‘zi aytganday qalblarda daryo misol to‘lib-toshib oqadi. Shoir ijodida zamon, hayot, haqiqat, adolat, qalb tug‘yon urib turadi. Erk va o‘zlik uchun kurash – shoir she’rlarining mag‘zini tashkil etadi. Usmon Azim tabiatni rassomlarday o‘ziga xos tarzda ko‘ra oladi. U xuddi rassom kabi ko‘rganini o‘zi his qilganiday tasvirlashga qodir ijodkor. Shoir shunday sehrli va nazokatli she’r yozishi lozim. She’r faqat qofiya, radif, vazn va san’atlar tizimidan iborat bo‘lmaydi. U oddiy so‘z bo‘lsa-yu, ammo o‘quvchini maftun etsa, xayolot dunyosiga chorlasa va bu sayohat orzu – yu, armonlarga chulg‘anib kishini koinotga olib chiqsa – bu haqiqiy shoir bo‘ladi. Usmon Azim she’rlarining ko‘pchiligi shu tarzda yaratilgan va undagi shoirona did, nazariy g‘oya va teran mulohazalar hissiyot tufayli kuchli joziba va quvvat kasb etgan. Download 30.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling