%% oxiridan ikkinchi natija
%%% oxiridan uchinchi operatorprecedence so‘zi orqali operatorlarning (mantiqiy amallar bilan birgalikda) yuqori bosqichlilik darajasini aniqlash mumkin.
Funksional operator protseduraning xususiy ko‘rinishidir. U arrow operatori yordamida quyidagicha aniqlanadi:
vars →result
bu yerda vars – o‘zgaruvchilar ketma-ketligi (yoki bir dona o‘zgaruvchi), result – vars ustida bajarilgan amal(lar) natijasi. Masalan,
x -> x^2 (kvadratga ko‘tarish funksiyasi);
(x,y) -> x^2 + y^3 (ikki o‘zgaruvchining funksiyasi);
x -> (2*x, 3*x^4) (bir o‘zgaruvchining ikki o‘lchamli vektorfunksiyasi);
(x,y,z) -> (x*y, y*z) (uch o‘zgaruvchining ikki o‘lchamli vektorfunksiyasi).
Ular mos ravishda quyidagi funksiyalarni anglatadi:
f x( ) = x2 ; f x y( , ) = +x2 y3; f x( ) = (2x,3x4); f x y z( , , ) = (xy yz, ).
define buyrug‘i yordamida operatorning xossalarini
(xususiyatlarini) aniqlash mumkin: define(oper, rule1, rule2, ...) definemore(oper, rule1, rule2, ...) undefine(oper) redefine(oper, rulelist)
bu yerda oper – aniqlanadigan operator ismi,
rule1, rule2, ... – bir yoki bir necha xossaning ismi yoki qoidani aniqlovchi tenglama, rulelist - ro‘yxat, xossalar ro‘yxati, yoki qoida(lar)ni aniqlovchi tenglamalar ro‘yxati.
Maple da ifodalar ketma-ketligi (qisqacha: ketma-ketlik) deb ataluvchi ob’yekt ham bor. u seq buyrug‘i bilan hosil qilinadi. Ketma-ketlik ob’yekti ko‘pgina ma’lumotlar tipini tuzish uchun bazis bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, ro‘yxat va to‘plam tipidagi ma’lumotlarni ketma-ketlikdan foydalanib tuzish mumkin. seq buyrug‘i bilan tuzilgan ob’yekt (ifoda) o‘zaro vergul bilan ajratilgan elementlardan iborat bo‘ladi.
> s:=1,3,5,7,9;
s:=1,3,5,7,9
Do'stlaringiz bilan baham: |