Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot manbalari


Korxonalarda ustav kapitalini shakllanishi va auditining maqsad, vazifalari


Download 0.78 Mb.
bet4/14
Sana08.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1695562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot

2. Korxonalarda ustav kapitalini shakllanishi va auditining maqsad, vazifalari

Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qo’shma korxona va boshqa korxonalar kiradi.


Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko‘ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo‘lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga ham to‘ldirilishi mumkin.
Ta’sischilar (ta’sis majlisi) tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonunchilikka asosan ro‘yxatga olingan Nizom korxonaning ta’sis hujjati hisoblanadi. Davlat tassarufida bo‘lgan korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda ta’sis hujjatlari bo‘lib, shuningdek, davlat mol-mulkiga boshqarish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti ham hisoblanadi. Ta’sis hujjatlarining tekshiruvi ular amaldagi qonunchilikka muvofiqligi va ularga o‘zgarishlar qonuniy kiritilganligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag’lari summasidir. Ustav kapitali hiobiga asosiy va aylanma mablag’lar shakllanadi.
Korxona ustav kapitaliga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foy-dalanish huquqlari, Shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo‘shma korxona ishtirokchi davlatlarining valutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valutalarda pul mablag‘lari qo‘shilishlari mumkin.
Korxona ro’yxatdan o’tganidan so’ng ro’yxatdan o’tkazilgan ustav kapitali summasiga korxona oldida muassislarning qarzi vujudga keladi. Ta’sischilarning ustav kapitaliga bo’lgan qarzlari bo’yicha olib boriladigan xisob-kitoblarning hisobi 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’ida olib boriladi. 4610- hisobvaraq aktiv bo’lib, debet sal’dosi ta’sischilarning oy boshiga bo’lgan sal’dosini ko’rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning qarzlarini aks ettirsa, kredit oboroti ta’sischilar tomonidan utkazib berilgan pul mablag’lari, moddiy qiymatliklar va mulklar qiymatini ko’rsatadi.
Korxonaning xususiy kapitali uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo‘lib, uni ko‘paytirish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga egadir. U korxonaning o‘z qudrati darajasini qay darajada ekanligini bildiradi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling