Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma
Download 105.73 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 Устоз шогирд йурикнома 29 09 2020 охирги
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. “Ustoz-shogird” an’anasining asosiy maqsad va vazifalari
- “Ustoz-shogird” an’anasining asosiy maqsadi
- “Ustoz-shogird” an’anasining vazifalari
Markaz direktorining 2021-yil “___” ______________dagi ____-sonli buyrug‘iga 2-ilova “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirish bo‘yicha YO‘RIQNOMA I. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Yo‘riqnoma xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari) “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishni amalga oshirish tartibini va faoliyatni olib borishini belgilaydi. 2. Ta’lim muassasasida “Ustoz-shogird”likka muayyan sohada katta tajribaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘quvchilarda kelajak kasbni yoki hunarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan shogirdlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish va tanlagan kasbi yoki hunari bo‘yicha vazifalarini bajarishga vijdonan munosabatni tarbiyalash maqsadida amalga oshiriladi. II. “Ustoz-shogird” an’anasining asosiy maqsad va vazifalari 3. Xalqimizda “Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar” degan ibratomuz hikmat bor. Unda milliy va xalqona qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Ustoz - shogirdning tarbiya tayanchi, u hunarga, kasbga, bilim olishga o‘rgatadi, tafakkur va dunyoqarashini shakllantiradi, yo‘llanma va ko‘rsatma beradi, kamchiliklarini bartaraf etadi. Shogirdni mutaxassis darajasiga yetkazish uchun ustozning kasbiy ko‘nikmasi, malaka va tajribasi yetarli bo‘lishi talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ustoz o‘z kasbining mohir bilimdoni va ma’naviy yetuk inson bo‘lishi lozim. Bugunga kelib, “Ustoz-shogird” an’anasi uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida tatbiq etilib, kadrlar kamolotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 4. “Ustoz-shogird” an’anasining asosiy maqsadi - o‘quvchi-yoshlarni maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning qiziqish, qobiliyati, layoqati va moyilliklarini inobatga olib, kasb-hunar sirlarini o‘rgatish. O‘quvchilarda kelajak kasbini ongli ravishda tanlashlariga ko‘maklashish. 5. “Ustoz-shogird” an’anasining vazifalari: mazkur an’ana doirasida o‘quvchilarning ma’lum bir kasb tanlashlarida ota-onalarni, keng jamoatchilik va maktab jamoasi bilan o‘zaro xamkorlik ishlari tashkil etish; umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflari o‘quvchilari o‘z ustida ishlashlarini hamda kelajakda o‘z o‘rnini topishida munosib kasb egasi bo‘lishiga ko‘maklashish; xozirgi kunda “Ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish, o‘quvchilar o‘zlari mustaqil kasb o‘rganishlariga imkoniyat yaratish; mazkur an’anaga tayangan holda o‘quvchi-yoshlarni maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, kelajakda ma’lum bir kasb-hunarni egallashiga hissa qo‘shish; o‘g‘il bolalar uchun aloxida, qiz bolalar uchun aloxida kasblarga yo‘naltirish “Ustoz va shogird” an’anasiga muvofiq kasbni to‘g‘ri tanlashi uchun tanlayotgan kasbi to‘g‘risida ham yetarlicha ko‘nikma hosil qilish. Download 105.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling