Ustoz va murabbiylar kuni


Download 43.37 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi43.37 Kb.
#1820339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustoz va murabbiylar kuni lat

Bozorboye Fayzbek:
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq xaqqim,
Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko
Umringiz mo’’jiza – yetmaydi aqlim.
Allanazarova Zarnigor:
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
SHogirdining kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz,
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
(Ustozlarga atalgan qo’shiq va raqslaridan iborat dasturi namoyish qilinadi.)
Yoqubboyeb Behruz: Muxtaram Prezidentimiz «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ustoz muallimlar haqida shunday ta’kidlagan: «Inson qalbiga yo’l, avvalo, ta’lim – tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaxo merosni eslash bilan birga ota – onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mexnatini xurmat bilan tilga olamiz. Ushbu so’zlar kundan – kun o’z isbotini topib bormoqda.
Vohobjanova Shahrizoda: Zero bu yuksak ishonchni oqlashda ustoz – muallimlarimizning doimo tayyor ekanliklariga xech shubxa yo’q.
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Goh quvonch, goh alam – ko’z yosh ham sizsiz.
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g’ururim, iftixorlarim.
Tortilib, uylanib yashabsiz, bilsam,
Bir umr kuymanib yashabsiz, bilsam,
Ertam deb uylanib yashabsiz, bilsam.
Ey mening fidoyi, alp chinorlarim.
Sobirova Zarina: Qadrli ustoz! Hayot kitobini ochuvchi Sizsiz. Yaxshi – yomon kunlarimizning kuzatuvchisi ham Siz. Sizni ko’rib shodlanamiz. Yuragimiz, kalbimiz bilan Sizga talpinamiz ustoz!
Mabodo hayotda qoqilsak, xato qilib qo’ysak ularni to’ldiruvchi, tuzatguvchi, unutguvchi ham sizsiz, aziz, muallim.
Allanazarova Zarnigor: Darhaqiqat, ustoz buyuklar ichra buyuk zot. Zotan al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniylarning ham ilm olamiga ilk tetapoyalari oddiy o’qituvchi, ustoz ko’magida tashlangan. O’qituvchi – mash’ala. U o’zi yonib, o’zgalar yo’lini yoritishga umrini bag’ishlagan fidoyi insondir. Muallim – matonat timsoli. U mexr – muxabbat, ezgulik ramzi. Zero, bolaning murg’ak qalbiga ezgulik urug’ini qadagan, ilmga tashnalik, ota – ona, Vatanga mexr xissini uyg’otadigan inson – o’qituvchidir.
(Sahnada ustozlarga bag’ishlangan qo’shiq va raqs ijro etiladi.)

Download 43.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling