Ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan Tayyorlov va katta guruhlar ishtirokida tayyorlangan tadbir kechasining ssenariysi
Ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan O`rta va kichik guruhlar uchun tayyorlangan tadbir kechasining ssenariysi
Download 20,59 Kb.
|
1 2
Bog'liqTadbir ssenariysi
Ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan O`rta va kichik guruhlar uchun tayyorlangan tadbir kechasining ssenariysi
Musiqa zalining sahnasi tadbir kechasiga xos dekaratsiya va qo`shimcha bezaklar bilan o`rnatilgan. Boshlovchi: Assalomu-alaykum, Qadrli bog`chamizning opa-singillari, hamda qimmatli ota-onalar sizlarni tadbir kechamizga kelganingiz uchun rahmat. Boshlovchi: Hozir navbatni 63-sonli MTT direktori I.Qayumovaga beramiz. Boshlovchi: Mehr nuri yoqar doim, Izingizdan, ustozlar Yursam deyman, tursam deyman Izingizdan ustozlar! Boshlovchi: Endi navbatni 1- O`rta guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il va qizlar she`r aytib berishadi. Boshlovchi: Yanagi navbatni 2-O`rta guruh qatnashchilariga beramiz, bular ham she`r aytib berishadi. Boshlovchi: Hozirgi navbatni kichik guruhlarga beramiz, o`g`il-qizlari Ustozlar haqida she`rlar aytib davradan chiqib ketishdi. Boshlovchi: Biri gul, biri bulbul O`g`il –qizlart shod bugun Qalbidan gul tutadi Mehribon ustoz uchun Boshlovchi: Endi navbatni 1-O`rta guruhi qatnashchilariga beramiz, o`g`il bolalari ijrosida “Nevaralar” qo`shig`ini tinglang. Boshlovchi: Yanagi navbatni 2-O`rta guruhi qatnashchilariga beramiz, qizlari chamanda gul qo`shig`iga raqsga tushib berishadi. Boshlovchi: Hozirgi navbatni 1-O`rta guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il bolalari Ustoz va talaba ko`rinishini qo`yib berishadi. Boshlovchi: Endi navbatni Kichik guruhi qatnashchilariga beramiz, qizlari “Lolacha” raqsiga o`yinga tushib berishadi. Boshlovchi: Shuning bilan tadbir kechamiz ham nihoyasiga yetay deb qoldi, tadbir kechamizni tomosha qilganlaringiz uchun sizlarga rahmat, Qadrli ota-onalar, hamda qimmatli bog`cha opa va singillar yanagi yil ustoz va murabbiylar bayramigacha sog` bo`lingizlar. Xayr. Toki diydor ko`rishguncha! “Yangi yilingiz bilan” mavzusida, O`rta va Kichik guruhlar tayyorlagan tadbir kechasining ssenariysi. Musiqa zalining sahnasi, tadbir kechasiga xos bezatilgan. Boshlovchi: Assalomu-alaykum, qadrli ota-onalar muhtarama bog`chamiz opa-singillar kun-sayin, vaqt-sayin yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Boshlovchi: Yangi yilning elchisi Mana archajon Ko`k bo`ylari Ko`ksida marjon Boshlovchi: Hozir navbatni 63-sonli MTT direktori I.Qayumovaga beramiz. Boshlovchi: Endi navbatni Kichik guruhlariga beramiz, o`g`il va qizlar she`rlar aytib berishadi. Boshlovchi: O`spirinday qomati Baland va tikka Hamma yog`i liq to`la Konfet, popukga Boshlovchi: Yanagi navbatni 1-O`rta guruh qatnashchilariga beramiz, qizlar ijrosida oppoq qor raqsiga tushib berishadi. Boshlovchi: Hammani ham etar xurram Barcha bayram, barcha bayram Rosa-rosa etar xurram Archa bayram, archa bayram Boshlovchi: Yanagi navbatni 2-O`rta guruh qatnashchilariga beramiz, qizlar ijrosida qor qo`shig`iga raqsiga tushib berishadi. Boshlovchi: Teng kelolmas unga hech Daraxt barchasi Yashna yangi yilning ey Qutlug` archasi Boshlovchi: Yanagi navbatni 3-Katta guruh qatnashchilariga beramiz, Qiz bolalar qor parchalari qo`shig`iga raqsiga tushib berishadi. Boshlovchi: Archamizning yaxshiligi To`rt faslda yashilligi Shoxlarida gulchalar Yonar katta bunchalar Boshlovchi: Mana yangi yil kechamiz ham poyoniga yetay deb qoldi, aziz muhtarama opa-singillar hamda ota-onalar sizlarni ko`ngillaringizga oz bo`lsada ko`targan bo`lsak, biz o`zimizni baxtiyor deb bilamiz. Yangi yil tadbir kechamizgacha sog`-salomat bo`lingizlar, sizlarga uzoq umr baxt-saodat tilaymiz. Xo`p. Xayr. “Nomusimiz-Qomusimiz” mavzusida bag`ishlangan tadbir kechamizning ssenariysi Boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug` kunlarga Ma`noga mazmunga to`liq kunlarga Farovon nurabshon ulug` kunlarga Ey ozod diyorim, O`zbekistonim Boshlovchi: Hozir O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi. Boshlovchi: Assalomu alaykum bog`chamizning qadrli murabbiy bog`cha opalar hamda ota-onalar sizlarni tadbir kechamizga tashrif buyurganlaringiz uchun tabriklaymiz. Boshlovchi: Hozir navbatni 63-sonli MTT direktori I.Qayumovaga beramiz. Boshlovchi: Ona yurt O`zbekiston Istiqboling muborak Erk tufayli erishgan Baxt iqboling muborak Boshlovchi: Endi navbatni O`rta guruh bolalariga beramiz, bular tadbirga oid she`r aytib berishadi. Boshlovchi: Yanagi navbatni Katta guruh qatnashchilariga beramiz, qizlari chiroyli raqsga tushib berishadi. Boshlovchi: Erkka erishgan xalqim, Iftixoring muborak! Ko`zlarimda yosh qalqib, Istiqboling muborak! Boshlovchi: Yanagi navbatni 1-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il bolalari Vatan haqida qo`shiq aytib berishadi. Boshlovchi: Istiqboldan nishonasan, Yarqiragan peshonasan. Ziyo qushim, Humo qushim. Boshlovchi: Hozirgi navbatni 2-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, Hindcha raqsga qiz bolalari o`ynab berishadi. Boshlovchi: Boshlab berding yangi davron Yashnar yana O`zbekiston Tanho qushim, Humo qushim Boshlovchi: Yanagi navbatni 1-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il bolalari Andijon polkasi raqsiga tushib berishadi. Boshlovchi: Mana tadbir kechamizga ham poyoniga yetay deb qoldi, sizlarga uzoq-umr, baxt-saodat tilayman, hurmatli bog`cha opalar hamda ota-onalar yanagi tadbir kechamizgacha xayr.Toki diydor ko`rishguncha. “Yangi yilingiz bilan” mavzusida Tayyorlov va Katta guruhlar ishtirokida tayyorlangan, yangi yil kechasi tadbirining ssenariysi Musiqa zalining sahnasi tadbir kechasiga mos xolda bezatilgan. Boshlovchi: Assalomu-alaykum, bog`chamizning opa-singillari hamda, mehri daryo ota-onalar, o`lkamizga kun-sayin, vaqt-sayin yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Boshlovchi: Hozir navbatni 63-sonli MTT direktori I.Qayumovaga beramiz. Boshlovchi: Hammani ha etar xurram Barcha bayram, barcha bayram Rosa-rosa etar xurram Archa bayram, archa bayram Boshlovchi: Endi navbatni Katta guruh qatnashchilariga beramiz, og`il va qizlar yangi yil kechasiga oid she`rlar aytib berishadi. Boshlovchi: O`spirinday qomati Baland va tikka Hamma yog`i liq to`la Konfet, popukga Boshlovchi: Yanagi navbatni 2-Katta guruh qatnashchilariga beramiz, bular ham yangi yil kechasiga oid she`rlar aytib berishadi. Boshlovchi: Endi navbatni 1-Katta guruh qatnashchilariga beramiz, qiz bolalar “Arabcha” raqsga tushib berishadi. Boshlovchi: Go`zallikda yagona Toza paridek Tovlanadi rang-barang Quyosh zaridek Boshlovchi: Hozir navbatni 2-Katta guruh qatnashchilariga beramiz, qizlari archa raqsida tushib berishadi. Boshlovchi: Teng kelolmas unga hech Daraxt barchasi Yashna yangi yilning ey Qutlug` archasi Boshlovchi: Endi navbatni 3-Katta guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il bolalari yangi yil qo`shig`ini kuylab berishadi. Boshlovchi: Yanagi navbatni 1-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il va qizlari yangi yil haqida she`r aytib berishadi. Boshlovchi: Endi navbatni 2-tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, bular ham yangi yilga oid she`rlar aytib berishadi. Boshlovchi: Hozir navbatni 1-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, qizlari “Xorazmcha” raqsiga tushib berishadi. Boshlovchi: Endi navbatni 2-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, “Qorbobo va yalmog`iz” ko`rinishini qo`yib berishadi. Boshlovchi: Yanagi navbatni 1-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, o`g`il bolalar “Stulda o`tirish” raqsini namoyish etishadi. Boshlovchi: O`rmonzordan qadam tashlab Yangi yilni kelar boshlab Archajonning qish boshida Kelgani soz aslida Boshlovchi: Endi navbatni 2-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, qizlari “Buratino” o`yiniga raqsga tushib berishadi. Boshlovchi: Yangi yilning archasi Yarqiraydi Boshlovchi: Endi navbatni 1-Tayyorlov guruh qatnashchilariga beramiz, qizlari ijrosida “Tojikcha” raqs tomosha qiling. Boshlovchi: Barra po`stli qo`zochoq Shisha ko`zli o`yinchoq Po`lat purjinasi bor Turli tuman o`yinchoq Boshlovchi: Mana yangi yil kechamiz ham nihoyasiga yetay deb qoldi, yangi yil kechasiga tashrif buyurganlaringiz uchun sizlarga tashakkur bildiramiz. Qadrli ota-onalar hamda bog`chamiz tarbiyachi opa-singillari hamisha yuzingizda tabassum va labingizdan kulgu arimasin. Yanagi tadbir kechamizgacha sog`-salomat bo`lingizlar. Xo`p. Xayr. Download 20,59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling