Ustozlar – elda aziz (1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)


Download 12.87 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi12.87 Kb.
#1228459
Bog'liq
Sinf soati 4


Ustozlar – elda aziz (1-oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
USTOZ, O‘QITUVCHI, MURABBIY! Bu so‘zlar zamirida, o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilmu ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni. Ustozlar hurmatga, qilgan xizmatlari esa tahsinga sazovordir. Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi.
Yurtimizda bugungi kunda ustozlarga barcha imkoniyatlar, shart – sharoitlar yaratilgan. Ularning mehnatlari e’zozlanib yurtimizda 1 oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ularning faoliyati doimo munosib taqdirlanadi va qadrlanadi. Shu bois ustozlarimiz doimo e’zozda va e’tirofda.
Xususan, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi ushbu maqsadlar mushtarakligiga xizmat qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Tizimdagi taʼlim muassasalari faoliyati koʻlamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar, uslublar asosida jahon standartlariga mos ravishda bolalarga taʼlim-tarbiya berishni taʼminlash, nazorat qilish, muvofiqlashtirish masalalari ustuvor vazifa sanaladi. Aytib oʻtilgan yoʻnalishlarda ish tashkil qilib, oʻqitishda yangi, samarali usullarni qoʻllashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugun oʻquvchilarimiz turli fan olimpiadalari, tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, ustozlari ishonchini oqlashga harakat qilayotgan boʻlsa, oʻqituvchilar mehnatlari samarasi sifatida davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlanmoqdalar. Qisqa vaqt ichida taʼlimdagi yangicha yondashuv oʻz samarasini bera boshladi. Kelgusida bu ishlarni yanada takomillashtirish borasida rejalarimiz mavjud.
Download 12.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling