Ustozlar va murabbiylar kuni 1-epizod


Download 9.45 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi9.45 Kb.
#1251357
Bog'liq
25-mektep 1-oktyabr scenariy


Ustozlar va murabbiylar kuni
1-epizod
Dars jarayoni. O'qituvchi dars o'tmoqda. Orqada bir o'quvchi boshqalarga gapirib darsga halaqit berardi. Bir nimalarni pichirlatib ovqatlanib o'tiribdi.
O'qituvchi: Abror, dars paytida shovqin solma. Men axir dars tushuntirayapman. Nima uchun boshqalarga halaqit beryapsan? Dars paytida ovqatlanish mumkin emas, axir.
Abror: Shundoq ham tinch o'tiribman-ku? Nega meni ayblayapsiz?
O'qituvchi: Abror, maktab - bu ilm dargohi. Bu yerga o'quvchilar ilm o'rgangani keladi. Bu yerning o'z qonun-qoidalari bor. Unga amal qilishga barcha majburdir.
Abror: Bunday qoidalar menga taaluqli emas. Chunki, meni dadam bu maktabning direktori. Xohlasam gapiraman, xohlasam ovqatlanaman va yana istasam darsda o'tirmasligim ham mumkin.
(O'sha pay eshik ochilib direktor kirib keladi. O'quvchilar bilan salomlashib gap boshlamoqchi bo'ladi.)
O'qituvchi: Jasur Qodirovich, dars o'tilayotgan paytda darsni bo'lishga hechkimning, hatto direktorning ham haqqi yo'qligini unutdingizmi?
Direktor: Nasiba Alievna, kechirasiz. Yana bir bora uzr so'rayman.
(Direktor chiqib ketadi. Darsda qolgan Abror esa hayratda qoladi. O'zi hurmatsizlik qilgan, aytganini qilmagan o'qituvchisiga otasining biror so'z demasdan kechirimn so'raganidan hayron qoladi.)
2-epizod
(Abrorning uyi. Abror kechqurun kitob o'qib o'tirgan otasining oldiga keladi)
Abror: Dada, bugun nima uchun o'qituvchimiz sizga qo'pollik qilsa ham indamadingiz? Nega undan kechirim so'radingiz? Axir, siz maktab direktorisiz, uning boshlig'isiz-ku?
Abrorning dadasi: (Mayin jilmayib) Og'lim, to'g'ri men maktab direktoriman, o'qituvchilarning boshlig'iman. Lekin, har joynig o'z qonun-qoidasi bor. Dars bu muqaddas narsa. Uni bo'lishga, o'qituvchi ruxsatisiz darsga kirishga mening ham haqqim yo'q. Shuning uchun ham men o'qituvchidan uzr so'radim.
Shu damda Abrorning dadasi hayolga cho'madi va o'tgan haftada o'qituvchi bilan bo'lgan suhbatini eslaydi.
Maktab direktori kabineti. Direktor va o'qituvchi (Nasiba Alievna) suhbatlashmoqda.
Direktor: Bilasiz, o'g'lim yolg'iz farzand. Shuning uchun ham biroz erkaroq.
O'qituvchi: Ha, Abrorjonning fe'l-atvori meni ham o'ylantirmoqda. Vaqt o'tgani sari erkaliklari ko'payib bormoqda. Oldi ertaroq olinmasa bu uning kelgusi hayotiga ham yomon ta'sir ko'rsatishi mumkin. Siz direktor bo'lganligingiz uchun ham sizga ishonib, dars qilishni ham, darsda o'tirishni ham uncha xohlamayabdi.
Direktor: Ha, to'g'ri aytasiz. Shu masala meni ham ko'p o'ylantirmoqda. Siz bilan maslahatlashish uchun sizni chaqirgan edim. Bu bo'yicha menga o'zingiz yordam bersangiz.
O'qituvchi: Yaxshi, bir narsani o'ylab turibman, lekin bunda siznging ham ko'magingiz kerak bo'ladi. Biz unga siz orqali namuna ko'rsatishimiz kerak...
(Direktor va o'qituvchi maslahatlashadi)
Bu voqealardan so'ng Abror maktabda o'qituvchining o'rni naqadar muhimligini va darslarga tayyorlanish harbir o'quvchinig vazifasi ekanligini anglab yetadi.
Download 9.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling