1-MA’RUZA TIZIMLI DASTURLAR BO‘YICHA TUSHUNCHA. DASTURIY TA’MINOT TARKIBI. INSTRUMENTAL DASTURIY VOSITALAR Tuzuvchi: Raxmonberdiyev A.A. Toshkent – 2018 y.
“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJ
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
“Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika” kafedrasi
REJA: REJA: 1.2. Tizimli dasturiy ta’minot to’g’risida asosiy tushunchalar 1.3. OT imkoniyatlarini oshiruvchi qo’shimcha dasturiy vositalar Tayanch so’z va iboralar: Tayanch so’z va iboralar: Shaxsiy kompyuter, apparat ta’minoti, dasturiy ta’minot, interfeys, foydalanuvchi interfeys, grafik interfeys, Tizimli dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari, operatsion tizim (OT), tarmoq operatsion tizimi, UNIX, MS DOS, OS/2, WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98, Utilitlar, tarmoq OT. 1.1. Shaxsiy kompyuterning asosiy tashkiliy qismlari Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software)lardir. Apparat ta’minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish –apparat- dasturiy interfeys deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |