Увеличение прибыли


Infratuzilma iqtisodiyoti


Download 261.09 Kb.
bet4/8
Sana06.04.2023
Hajmi261.09 Kb.
#1331380
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Infratuzilma mustaqil ish

Infratuzilma iqtisodiyoti

Tadbirkorlik sub'ektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan sanadan e'tiboran uch oy davomida u haqidagi ma'lumotlar Auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o'z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Qonunga ko'ra, xalqaro amaliyot asosida auditorlik xizmatlarining tarkibi aniqlandi. Aynan shunday xizmat turlari MDH mamlakatlari qonun hujjatlarida va auditning xalqaro standartlarida mavjud.

Infratuzilma iqtisodiyoti

Bu kompaniya, korxona, tashkilot va boshqalarning moliya-xoʻjalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun huquqi boʻlgan va auditorlik kasbkor roʻyxati (reyestri)ga kiritilgan mutaxassislar boʻlib, auditorlar deb ataladi. Auditorlik xizmati xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan auditorlik firmalari urtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday firmalar Auditorlik xizmatini bajarish uchun tegishli kompaniya, korxona va tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladigan davlat organlari (Oʻzbekistonda Adliya, Moliya vazirliklari)dan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) oladilar. Auditorlik xizmatining asosiy vazifasi tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida xolis xulosa berishdan iborat.

Infratuzilma iqtisodiyoti

Bu xulosa ushbu korxonaning faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotda shu korxonaning rasmiy balansi hamda foyda va zarari hisoblari bilan birgalikda qonun bilan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi. Auditorlik xizmati xulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishidan qatʼi nazar korxonaning moliyaviy holatini tasdiklovchi mustaqil hujjat hisoblanadi. Auditorlik xizmati nazorat ishlari bilan birga maslahat xizmatlarini ham bajaradi. Auditorlik xizmati birinchi marta 19-asrning 40-yillarida Angliyada aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. 20-asrning 70-yillariga kelib jahon mamlakatlarida Auditorlik xizmati standartlari yaratila boshladi. MDH mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekistonda dastlabki auditorlar 90-yillarning boshlarida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 300 dan ortiq auditorlik firmalari faoliyat koʻrsatadi (2000).


Download 261.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling