Uy-joy olish uchun davlat tomonidan beriladigan subsidiya


Subsidiya va arzon uylar — bir xil tushunchami?


Download 8.09 Kb.
bet2/3
Sana09.10.2023
Hajmi8.09 Kb.
#1696169
1   2   3
Bog'liq
Uy-joy olish uchun davlat tomonidan beriladigan subsidiya

Subsidiya va arzon uylar — bir xil tushunchami?

  • Subsidiyalar uylarni BOZOR NARXIDA xarid qilishga beriladi. Yaʼni, subsidiya bilan arzon uy-joylar ikki bir biriga umuman aloqasi yoʻq boʻlgan toifadagi tushunchalar.
  •  

  • Shuningdek, subsidiyalarga tegishli Farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilgani yoʻq! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritilmagan.

Subsidiya olishda ballar... bu nima?

  • Subsidiya — bu boʻyicha ariza topshirgan har bir talabgorga pul mablagʻi beriladi degani emas. Buning uchun bir qator talab va holatlarga javob berish lozim. 
  • Subsidiya berilishi uchun avvalambor masʼul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar boʻyicha ball beradi.
  • Ijtimoiy mezonlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashga xizmat qiladi. Ball toʻplash uchun mezonlarga talabgor va (yoki) uning oilasining daromadi (shahar va qishloq joylari uchun alohida koʻrsatkichlar belgilangan), turar joy maqomi (ijara yoki shaxsiy mulk), ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlar (mehnat migrantlari, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, yolgʻiz ayollar va hokazo), shuningdek, oilada nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar inobatga olingan.
  • Subsidiya tartib boʻyicha ball toʻplaganlarga beriladi.

Masʼul organlar

Subsidiya olish uchun qanday maʼlumotlarni taqdim etish kerak?

  • – pasport;
  • – oila aʼzolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) boʻlganda) va farzandlarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan boʻlsa) nusxasi;
  • – nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʻgʻrisidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYO organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
  • – doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;
  • – doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl boʻyicha) nusxasi;
  • - ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilar (eri, xotini, ular bilan bir uyda yashovchi oila a’zolari)ning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi), shuningdek agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qoʼshilgandan soʼng oʼrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida koʼrsatilgan meʼyorlardan kam boʼlsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;

Download 8.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling