Uy xojaligida moliyaviy qarorlar


Download 29.56 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi29.56 Kb.
#1355302
Bog'liq
дилшод ака


Мавзу : MOLIYAVIY QARORLAR
Режа

  1. Uy xojaligida moliyaviy qarorlar



Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Odatda, tarkibi va hajmi (o‘lchami) turlicha bo‘lgan oilalar uy xo‘jaliklari71 deb ataladi. Bunda qutbning bir tomonida (bir tarafida) bir necha avlod vakillaridan tashkil topgan, bir uyda yashaydigan va ma’lum iqtisodiy resurslarga birgalikda egalik qiladigan katta oilalar tursa, qutbning ikkinchi tomonida (qarama-qarshi tarafida) bir o‘zi yashaydigan va an’anaviy oila tushunchasiga mos kelmaydigan yakka inson turadi. Ammo Zamonaviy moliyada bunday oila ham uy xo‘jaligi hisoblanadi72. dividend va moliya siyosati qanday qilib umumiy qiymatga ta’sir qilishiga e’tibor berishni tavsiya etganlar. M&M (Modilyani-Miller nazariyasi) nazariyasi, deb atalgan va ularning birgalikdagi ilmiy ishida bayon etilgan nazariya zamonaviy korporativ moliya nazariyasining asosi hisoblanadi. 1997-yilda iqtisod sohasida Nobel mukofoti yana bir bor moliya sohasi mutaxassislariga topshirilgan. Bu safar Robert K. Merton va Mayron Shoulz (Myron Scholes) mukofot laureati bo‘lganlar. Laureatlarni aniqlash bo‘yicha qo‘mita mukofot topshirish uchun yana bir olimni tavsiya etgan. Bu Fisher Blek (Fisher Black) edi. Ammo uning 1995-yilda 57 yoshida bevaqt olamdan ko‘z yumishi bu sharafga birgalikda sazovor bo‘lishga xalaqit berdi. Bu uch olim opsionlar va qimmatli qog‘ozlarning boshqa hosilalari bahosini hisoblab chiqish uchun matematik formulani kashf etganlar. Bu formula Blek-Shoulz formulasi (Black Scholes option pricing formula) nomi bilan tanilgan. 71 Butun dunyo mamlakatlarida bu narsa xuddi shunday shakl va mazmunda ishlatilib kelinayotgan bo‘lishiga qaramasdan, afsuski, o‘zbek iqtisodiy adabiyotida uni «oila xo‘jaligi» yoki «xonadon xo‘jaligi» tarzida talqin qilish hollari ham uchrab turmoqda. “Uy xo‘jaligi” deyilganda ko‘z oldimizda nari borsa, shaxs (oila)ning devor bilan o‘rab olingan alohida hovlisi yoki ko‘p qavatli uylardagi xonadoni va ularda yashovchilarning faoliyati namoyon bo‘lmoqda. Bu bilan “uy”, “oila” va “xonadon” so‘zlari o‘rtasida, asossiz ravishda barobarlik belgisi qo‘yilmoqda. Holbuki, bu so‘zlar ma’no va mazmun jihatidan bir-biriga yaqin va ayrim hollarda, hatto sinonim so‘zlar sifatida e’tirof etilishiga qaramasdan ularning farqli jihatlari ham mavjud ekanligi e’tibordan chetda qolmoqda. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J.III. –B. 97; J.IV. – B.271-272; 411. 72 Ana shu bayon qilinganlarga asoslanib, «uy xo‘jaligi moliyasi», «oila moliyasi» va «xonadon moliyasi» tushunchalari o‘rtasida barobarlik belgisini qo‘yib ko‘ringchi, buning uddasidan chiqib bo‘larmikan? 36 T.S.Malikov, N.H.Haydarov Amaliyotda uy xo‘jaliklari tomonidan odatda, to‘rt xil moliyaviy qarorlar qabul qilinishiga to‘g‘ri keladi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo‘yish va jamg‘arib borish kerak? 2. Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg‘armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo‘naltirish (joylashtirish) kerak? 3. Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag‘dan foydalanishi kerak? 4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar. Uy xo‘jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur? Shunday qilib, uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (2.1.1-chizma). Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar Moliyalashtirish to‘g‘risida gi qarorlar Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorlar 2.1.1-chizma. Uy xo‘jaliklari tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar Moliya 37 Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tikadi (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar (assets), deb ataladi (iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar, deyiladi.). Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash, deb ataladi. Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha, o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan, aksiya yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar73. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln. so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln. so‘mingiz bor. Bundan tashqari Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat) va 5 mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir 73 Haqiqatdan ham shundaymi? Real vaziyatdan kelib chiqib, bu tasdiqqa qanday baho berasiz? Bu holatning rivojlanishi yoki aksincha, rivojlanmasligi nimalarga bog‘liq deb o‘ylaysiz? 38 T.S.Malikov, N.H.Haydarov (yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalik qilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar esa, davlat tomonidan sarflanadi. Odamlarning ehtiyoji moliya nazariyasida mavjud narsa sifatida talqin etiladi. Bu ehtiyojlar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkin. Lekin buning qanday qilib va nima uchun yuz berishi mazkur nazariya chegaralaridan tashqariga chiqadi74. Unga ko‘ra, odamlarning hatti-harakatini o‘z ehtiyojlarini qondirishga intilishlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, firmalar, davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini shu faoliyat odamlarning farovonligiga qanday qilib ta’sir qilishi nuqtayi nazaridan baholanadi75. 1.1-nazorat uchun savol Uy xo‘jaliklari qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qarorlarning to‘rtta asosiy turi qanday (nimalardan iborat)? Har biriga misol keltiring. 2.2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyat subyekti (boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot subyekti) firma, deb ataladi. Xuddi uy xo‘jaliklari kabi firmalar ham turli shakl va hajm (o‘lcham)da bo‘ladi. Bunda bir taraf (qutb)da bitta odamga tegishli yoki oilaviy biznes hisoblangan ustaxonalar, do‘konlar va restoranlar tursa, ikkinchi taraf (qutb) da – yuzlab, ba’zida Mitsubishi yoki General Motors, Gazprom, Rosneft, “O‘zbekneftegaz” kabi minglab odamlar ishlaydigan aksiyador sherik egalari bo‘lgan ko‘plab korporat74 Nazariya tomonidan tushuntirilmaydigan nazariya elementlari ekzogen elementlar deb ataladi. Va aksincha, nazariya tomonidan tushuntiriladigan nazariya elementlari esa endogen elementlar, deb ataladi. Zamonaviy moliyada odamlarning ehtiyoji ekzogen element, firmalarning asosiy vazifalari esa endogen element, deb talqin etiladi. 75 Bu yerda o‘zingiz uchun nimani kashf qildingiz? Moliya 39 siyalar turadi. Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasi yoki korporativ moliya (business or corporate finance), deb ataladi. Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma hajmi(o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital­ 76ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital, deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi (2.2.1-chizma). Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalashtirish, deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin. 76 Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtayi nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 316. Shunday bo‘lsa-da, ayrim hollarda Ona tilimizda “kapital”ning o‘rniga “sarmoya”ni ishlatish “moda” bo‘lganligini ham qayd etib o‘tish lozim. Shu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlab o‘tishni maqsadga muvofiq, deb hisobladik: “sarmoya” so‘zi o‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan. U “kapital, pul; boylik; asos, manba, sabab”, deb tarjima qilinadi va asosan, quyidagi ikki ma’noni anglatish uchun ishlatiladi: a) asosiy savdo mablag‘i; b) umuman, mablag‘, pul. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.451. Endi yuqoridagi har ikki abzatsda keltirilgan holatlarni bir-biriga taqqoslab ko‘ringchi, “kapital” bilan “sarmoya” o‘rtasida o‘xshash jihatlar yoki farqli tomonlar bormikan? U holda ularning o‘rniga bir-birini ishlatish hamma vaqt ham maqsadga muvofiqmikan? Esingizdan chiqmasin, Zamonaviy moliyada ham har narsani o‘z nomi bilan atash prinsipial ahamiyatga ega. 40 T.S.Malikov, N.H.Haydarov K a p i t a l Jismoniy kapital Moliyaviy kapital Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar Jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar, kreditlar va h.k.lar 2.2.1-chizma. Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi) dan kelib chiqqan holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ullanishga ahd qilishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol. Bundan tashqari shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi. Masalan, ITT Corporation (International Telephone and Telegraph) korporatsiyasini eslaylik. Korporatsiya 1920-yilda telefon va telegraf xizmatlarini va tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan. XX asrning 70-yillarida ITT ulkan ko‘p millatli konglomerat77ga aylandi. Asosiy faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasi77 “Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, to‘plangan”, deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik qo‘shil- Moliya 41 ga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi. O‘tgan asrning 80-yillari davomida kompaniya shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor biznesiga qaratdi. 1996-yilga kelib esa, korporatsiya umuman telefon va telegraf uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatdi. Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil -kesil belgi (aniq)lab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting process), deb ataladi. Bunday tahlil birligi investitsion loyiha (investment project) hisoblanadi. Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin. Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqarishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozormasidan iborat narsa, qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398. 42 T.S.Malikov, N.H.Haydarov larda savdo (sotuv)ga chiqariladigan standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar va konvertatsiya78 qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy talablar (claims), ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin. Korporatsiya kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egalaridan har biri korporatsiya daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan, obligatsiya egalari odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Kompaniya ishining qanday nazorat qilinishi qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashiga o‘z vakillarini saylash huquqidan foydalangan holda boshqaradilar, obligatsiyalar chiqarish va kompaniyaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, ushbu shartlar, o‘z navbatida, kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi (covenans ) va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada kompaniya menejerlarining ishi (faoliyati)ni nazorat qila oladilar. Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Agar menejerlar kompaniyaning kunlik moliyaviy ishlariga doimiy diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan muvaffaqiyatli firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos tushmasligi 78 “Konvertatsiya” lotincha “convertatio” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zmaso‘z “o‘zgartirish”, “aylantirish” deb tarjima qilinadi va odatda, “milliy valyutaning amaldagi kursi bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi” ma’nosini bildiradi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B.398. Moliya 43 mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari kerak va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion defitsiti doimo to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak79. Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror, xoh u investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki aylanma kapitalni boshqarish masalasi bo‘lsin muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Download 29.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling