Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar


Uy xo’jaliogi tomonidan qabul qilinidigan moliyaviy qarorlar


Download 52.56 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi52.56 Kb.
#1414702
1   2   3
Bog'liq
moliyadan

Uy xo’jaliogi tomonidan qabul qilinidigan moliyaviy qarorlar. 1-chizma

Uy xo’jaligi tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar




Pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar



Investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan (investitsion) qarorlar



Moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar



Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog‘liq qarorla

Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tikadi (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar (assets), deb ataladi (iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar, deyiladi.).


Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash (asset allocation) yoki pul mablag‘larini turli aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash, deb ataladi. Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha, o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan, aksiya yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar. Agar odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining toza (sof) bahosi uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln. so‘m turadigan uy egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln. so‘mingiz bor. Bundan tashqari Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat) va 5 mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanmagan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz majburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir (yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki aksiyalarga, hayotni sug‘urtalash bo‘yicha polislarga egalik qilish yoki pensiya rejalarida ishtirok etish orqali) va soliq to‘laydilar. Bu soliqlar esa, davlat tomonidan sarflanadi. Odamlarning ehtiyoji moliya nazariyasida mavjud narsa sifatida talqin etiladi. Bu ehtiyojlar vaqt o‘tib o‘zgarishi mumkin. Lekin buning qanday qilib va nima uchun yuz berishi mazkur nazariya chegaralaridan tashqariga chiqadi. Unga ko‘ra, odamlarning hatti-harakatini o‘z ehtiyojlarini qondirishga intilishlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, firmalar, davlat korxonalari va tashkilotlari faoliyatini shu faoliyat odamlarning farovonligiga qanday qilib ta’sir qilishi nuqtayi nazaridan baholanadi. .

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling