Uy xo’jaliklarideb ataladi. O’zbek iqtisodiy adabiyotida uni “oila xo’jaligi” yoki “xonadon xo’jaligi” kabi talqin qilish holatlai mavjud. Lekin bu har doim ham to’g’ri bo’lmaydi


Download 7.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.38 Kb.
#1572535
Bog'liq
Moliyaviy qarorlar MİNİKEYS


Mavzu: Moliyaviy qarorlar
REJA:
1.Uy xo’jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
Tarkibi va hajmi turlicha bo’lgan oilalar uy xo’jaliklarideb ataladi. O’zbek iqtisodiy adabiyotida uni “oila xo’jaligi” yoki “xonadon xo’jaligi” kabi talqin qilish holatlai mavjud. Lekin bu har doim ham to’g’ri bo’lmaydi.Amaliyotda uy xo’jaliklari tomonidan odatda, 4xil moliyaviy qarorlar qabul qilinadi: 1. Pul mablag’larini iste’mol ilish va jamg’arish to’g’risidagi qarorlar. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkin? Joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qo’yish va jamg’arib borish kerak?2. Investitisiyalar bilan bog’liq bo’lgan (investitsion) qarorlar. Mavjud jamg’armalarni qaysi (qanday) aktivlarga yo’naltirish (joylashtirish) kerak?3. Moliyalashtirish to’g’risidagi qarorlar. Uy xo’jaligi o’z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon va qay tarzda qarz olingan mablag’dan foydalanish kerak?4. Riskni boshqarish (riskiy boshqaruv) bilan bog’liq qarorlar. Uy xo’jaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi (noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo’l qo’yiladigan risk darajasini qachon oshirishlari zarur? Uy xo’jaliklari o’z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash uchun jamg’arib qo’yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg’armasini (pool of wealth) to’plab qo’yadilar. Bu mablag’larning umumiy nomi aktivlar deyiladi. Iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.Uy xo’jaliklarining o’zlari to’plagan mablag’larni sarflash borasida qaror qabul qilish jarayoni xususiy investitsiyalash(asset allocation) yoki pul mablag’larini turli aktivlar turlari o’rtasida taqsimlash, deb ataladi.Uy xo’jaligi boyligi yoki mulkning toza (sof) bahosi (qiymati) (net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.Asosiy vazifasi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyat subyekti (iqtisodiyot subyekti) firmadeb ataladi.Firmalar darajasida moliyaviy qarorlar qabul qilish masalalari bilan shug’ullanadigan moliya sohasi korxonalar moliyasiyoki korporativ moliya(business or corporate finance) deb ataladi.Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish uchun har qanday firma hajmidan qat’iy nazar kapitalga ega bo’lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali deb ataladi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapitaldeyiladi.Har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug’illanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalashtirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog’liq ekan, ko’p jihatdan uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin.Firma qanay faoliyat turi bilan shug’illanishini uzil-kesil belgilab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o’tkaziladigan laboratoriyalar, ko’rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqarishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o’qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo’ladi. Bu jarayon investitsiyalarni rejalashtirish(capital budgeting process) deb ataladi. Yuqoridagi tahlil birligi investitsion loyiha(investment project) hisoblanadi. Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy maqsadlarni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli maqsadni tanlash va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.Investitsiyalarni rejalashtirish bilan bog’liq qarorlardan farqli o’laroq kapital tuzilmasiga taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o’zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqarishdan boshlanadi, shundan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin.Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqarishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdoga chiqariladigan standartlashtirilgan qimmatli qog’ozlar- oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog’ozlar bo’lishi mumkin. Shuningdek, korxonaga qo’yilgan bozordan tashqari moliyaviy talablar(claims), ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va pensiya ta’minoti bo’yicha majburiyatlar ham savdoga qo’yilishi mumkin.Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir ko’rsatadi. Agar menejerlar kompaniyaning kunlik moliyaviy ishlariga doimiy diqqat qilmasalar eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham ko’ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday amalga oshirishlari kerakki, pul mablag’larining operatsion defitsiti doimo to’ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak.Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek, tadbirkotlik faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat muhiti kabi omillarga bog’liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham bir-biri bilan uzviy bog’liq.E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Download 7.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling