Uyat” konsepti tadqiqi andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili )ta`lim yo`nalishi


Download 28.71 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi28.71 Kb.
#240999
TuriСтатья
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5289826745619319665

RESEARCH OF THE CONCEPT OF SHAME

Tukhtasinova Naimakhon Rakhmonjon qizi

Andijan State University, (Andijan, Uzbekistan)

Annotation: The article is devoted to the issue of cognitive analysis of the concept of "shame" and the linguoculturological aspects of verbal and nonverbal means representing the semantic field. The problem has been solved through some examples.

Keywords: cognitive, cognitive, semantic field, linguoculturology, linguistic means verbal, linguocultural studies

Til - madaniyat xazinasi, sandig‘i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklor, badiiy va ilmiy adabiyot, og‘zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi[1]. Lingvomadaniyatshunoslik tilshunoslik va madaniyatshunoslik kesishgan nuqtada tilshunoslikning mustaqil yangi yo‘nalishi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Bu soha asosan rus tilshunoslari V.N.Teliya, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, S Askoldov, V.A.Maslova, V.V.Vorobyev tomonidan keng izlanishlar orqali o‘rganilib, ular olib borgan tadqiqotlar bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi. Lingvokulturologiya fanining eng sermahsul tushunchalaridan biri madaniy konseptdir. Konsept termini rus tilshunosligida XX asrning birinchi choragida S.Askoldov tomonidan fanga kiritildi. Askoldovga ko‘ra, konseptlar vositasida turli millat vakillari muloqotga kirishadi, shunga ko‘ra, konseptlarni yaratish va idrok qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi. Lisoniy makonda mavjud bo‘lgan bunday tizim dunyo milliy manzarasining o‘ziga xosligini belgilaydi.[2] Konseptning kognitiv tilshunoslik ,lingvomadaniyatshunoslik va adabiyotshunoslikda izohlari turlichadir va uni o‘rganishga yondashuv ham shu sohalardan kelib chiqqan holda bo‘ladi. Konsept lotin tilidan tarjima qilinganda conceptus - "tushuncha" degan ma'noni anglatadi , ammo shu bilan birga konsept o‘zida tushunchaga nisbatan kengroq ma'nolarni ifodalaydi. U ma'lum belgi haqidagi bilimlar , narsa va hodisa haqidagi har bir lisoniy jamoaga xos tushunchalar mazmunini ifodalaydi. Til esa tushunchalarni ifodalashning samarali vositasidir.

Filologiya ilmida konsept - bu insoniy hayotning aqliy, ma'naviy yoki moddiy sohasiga tegishli bo‘lgan, xalq hayotidagi tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan, ijtmoiy va subyektiv tushunchaga ega bo‘lgan fikrlashlarning bir tomoniga asoslangan so‘z belgining tarkibiy qismi hisoblanadi. U ko‘pincha boshqa konseptlarga aloqador yoki ko‘p holatlarda unga qarshi bo‘lgan tushunchalarni o‘zida mujassam etadi.[3]

Konsept lisoniy shaxslar uchun o‘ziga xos dunyoqarash modeli vazifasini bajaradi, har bir til jamoasiga xos milliy xarakter shakllanishiga turtki bo‘ladi. Lingvokulturologiyada madaniyat konseptlari alohida o‘rin tutadi. Tilshunos A.Ya.Gurevich madaniyat konseptlarini ikki turga bo‘ladi :



1-jadval.


Download 28.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling