Uydagilar bilmasdi, uydagilarga bu narsa og’ir botibdi, ko’rsatuvdan keyin
Download 62 Kb.
|
savol javob
Yo’q ollohga shukur, namoz o’qishni boshlaganman. O’sha namanganga borib, o’sha sababli tashladim. O’zi undan oldin tashladim. To’g’rirog’i zirapchadan keyin tashladim. Zirapchadan oldin 2 oy pivo ichganman to’g’risi, stresdan qutulish uchun. Chekkanman ham, shu.. Uydagilar bilmasdi, uydagilarga bu narsa og’ir botibdi, ko’rsatuvdan keyin Ko’rdim. Yoqmagan joylari ham bo’lgan. Zirapchadan chiqqanimdan keyin birinchi o’rinda o’sha seriyalarini ko’rdim. Ko’p joylari kesib tashlangan, olib tashlangan. To’g’risi qizlardan ham xafa bo’ldim, chunki, yoningizda umuman boshqa gap, intervyuda boshqa gap, shu narsalar to’g’risi yoqmadi. Ayrim qizlar “daje” Zirapchadan chiqqandan keyin Zirapchani seriyasini ko’rmagan qizlarimiz ham bor, xafa bo’lib Feride… Xurshida… Noila… (tushunarsiz jumla)… Keyin Diyora bilan bir bir gaplashib turamiz. Bo’ldi. Xullas Xurshida turmush qurdi. Xudo xoxlasa yangilik kutishyapti, farzand kutishyapti, Zarnigor opacha ham turmush qurdilar. Ularni ham farzandi bor deb eshitdim, qiz yoki o’g’illiginidan xabarim yo’q. Feride, o’sha Mohina Zapolskayani qo’llarida ishlab, nima desam ekan, Toshkentdan uy olmoqchi, o’sha Mohina Zapolskayani qo’lidan. E keyin yana o’zgarish Sojida turmush qurgan, xabaringiz bo’lsa hijobga kirgan. Farangizni to’yi bo’ldi. Yana kimlar? Yana Noila o’qishga kirdi. Xurshida ham o’qishga kirgan. Ikkalasi ham ikkinchi kurs talabalari. Lekin menda eng achinarlisi Qimmatoy haqida hech qanaqa ma’lumot yo’q. Keyin, Qimmatoy bilan yana ko’rishishni xohlardim to’g’risi. Chunki eng ko’ngli ochiq, eng yaxshi qiz o’sha Qimmatoy edi. Agar imkonim bo’lsa, men Qimmatoyga yordam bergan bo’lardim. Birga yashar edik. Hech kim bilmaydi. Agar ozgina bo’lsa ham o’sha alkogolni tashlayman deganida to’g’risi Rossiyaga olib kelar edim. (tushunarsiz jumla) Rejam, Rossiyada xudo xoxlasa 4-5 yil qolib ishlayman. Uy olguncha, chunki vatan ostonadan boshlanadi deydiyu, o’g’limga to’y qiladigan qilishim kerak. Birinchi navbatda uy olishim kerak. Maqsadim shu, xudo xohlasa o’g’lim ham katta bo’lyapti, Temuriylar maktabida o’qitaman deb niyat qilganman. (“Karoche” bu yerda mablag’ bo’lishi kerak, qanaqadir biznes plan bo’lishi kerak jumlani oxiri yuq qirqish kerak) O’shaning uchun shu yerda Rossiyada yuribman, ham o’tmishdan yiroqda. Bu yoqda, Rossiyaga tanishim bilan kelganman, qo’shnimiz bilan, birga ishlayman Qarang, umuman senariy bo’lmagan, Zirapcha real voqealar asosida sur’atga olinadi. Xullas, sovuq bo’lgan o’sha vaqtda, bizda borib ko’rishsa Sirdaryoni oldiga o’ldim deganda 4-5 ta baliqchi o’sha yerda baliq tutishadi. ( Qirqiladi 1 ta jumla) o’sha yerda temir ko’prik bor ekan. O’shandan tashlaganman. Sovuq bo’lgan to’g’risi. Suzishga “uspet” qilmay muzlab qolasiz. Keyin baliqchi o’z kiyimlarida bo’ladiyu suv o’tkazmaydigan. Qutqarishgan, so’raganlar nimaga bunaqa qilding deb, begona odam, haligacha o’sha odamni ko’rsam raxmat aytaman. Qutqarib qoldiz, mana xudoga shukur tirik yuribman deb. Bu yolg’on emas,(( bu haqiqatdan bo’lgan vaziyat, hech qanaqa ssenariy asosida (tushunarsiz jumla) ssenariy asosida sur’atga olinmagan. QIRQILADI)) Bunaqa holatlar menda juda ham ko’p bo’lgan Savoldan boshlab javobgacha uchadi O’sha qabriston, Zirapchada qabristondagi shart borku, o’sha shartdan keyin Finaldami? Eng qizig’i,biz qayerga ketayotganligimizni bilmaganmiz ham. Qizig’i bizni qayerga olib ketishayotganini biz “daje” bilmaganmiz. Kimdirlar Samarqanga deyishgan, kimdirlar Buxoroga deyishgan. Xullas, Ko’zimizni ochib yumguncha chiroyli tepalikda paydo bo’lganmiz. Yana oppoq kiyimlarda, bitta shunaqa shart berildi. Faqat oq kiyimda borishlaring shart deb. “Uje srazi” tushunib yetdim, baxt uyida hammayoq oppoq bo’lgan edi, o’sha vaqtda o’zimcha o’ylagandimda, o’sha birinchi borgan kunimizdan finalda biz yo kelin libosida bo’lamiz, yoki bo’lmasam o’sha oq libosda bo’lamiz deb o’ylagandim, taxminim rost chiqdi. Qandaydir boshqacha deylik tomoshabinlarni hammasi, ishtirokchilardan tortib tomoshabinlargacha oq libosda edi. “Vapshe” zo’r. Finalda to’g’risi men hech narsa kutmadim, chunki finalgacha ancha gap so’zlar bo’ldi, tushunmovchiliklar bo’ldi. Shuning uchun shunchaki finaldan yoqimli hordiq kutdim. Uchrashuv kutdim, o’sha qizlar bilan, ustozlarimiz bilan. Keyin sertifikatlar tutquzdi, berilishini men kutmagandim. Keyin Jamila onaga juda ham katta rahmat aytaman. Ular sabab men bir nechta kitoblarni oldim, “yuridicheskiy” kitoblarni, Xudo xohlasa menda niyat bor akademik litseyga kirmoqchi bo’lganman oldin, sabablar judayam ko’p, Xullas taqiqlar bo’lgan. Milliy gvardiyaga ishga kirish niyatim bo’lgan. Ko’zim nogironligi tufayli umidimni o’zib bo’lgandim. Endi asta sekin o’rganyapman bu sohani, shu Jamila ona sababchilar bunda, Ular shunaqa sertifikat berganlar, bir yil mobaynida siz xohlagan kitobingizni olishingiz mumkin va men borib oldim ushbu kitoblarni. I bizda sertifikatlardan (qirqiladi). Lekin bitta narsani aytib o’tay, haqiqat gapni, qizlar sertifikat bo’yicha ustozlarga yozishganda ular rad qilgan. Ular o’qimoqchi bo’lib turib, ta’lim olmoqchi bo’lib turib, o’sha setrtifikatlardan foydalanmoqchi bo’lib turib, yozishganda, u qizlarni rad qilishgan. Mana shu narsadan to’g’risi men juda xafa bo’lganman. Keyin meni o’zim bog’lanmaganman o’sha sertifikat olib, “Shirina Gurman” o’quv markaziga qatnashmoqchi bo’lganman i qizlardan eshitganman bu narsa xullas, bilmadim, balki bu reklamadir, balki yolg’ondir. Xullas biz hech qaysimiz ushbu sertifikatlardan foydalana olmadik. Faqatgina Jamila onamizni bergan sertifikatlari bizga foyda berdi. Kitob oldik, buning uchun kattakon rahmat. Zirapchadan keyin hech kim bilan man bog’lanamadim. Muammolarim bore di. Kreditni yopish, o’sha bitta muammomiz. Lekin men xohlardim Mariyam Mahmudovani ta’limlarini yana ham kuchli o’rganish. Ulardan saboq olish. Nima desam bo’ladi, oxiri qirqiladi O’zi birinchi navbatda 2-mavsumda qatnashgan Saodat ismli qiz bor edi, u qizni bizni o’sha Bekoboddan. O’sha qiz sabab men Zirapchaga borganman. Qanday aytsam bo’ladi, muxlisi bo’lganman, o’sha qiz sabab Zirapchani ko’rishni boshlaganman. Va unga ham psixologichiskiy yordam kerakligi man bilan bir hil. Zirapchaga murojaat qilganman, muxlis bo’lganman oldin, rosa ham xohlaganman. Zirapchaga qabul qilindingiz deyishganda to’g’risi men ishonmaganman. Syomkaga boramiz deyishganda ham, syomkani olib, birinchi o’sha Sirdaryoni bo’yida syomka olishgan. O’shanda ham “daje” u otmen bo’ladi, xullas qatnashmayman deb o’ylaganman, ishonmaganman, keyin yo’q hammasi bo’lib ketdi. Qatnashdim, oladigan narsam oldim. I 5-mavsumda Mashxuraga “balet” qildim Aruuke bilan. Menga yoqdi 5-mavsum ham. Hech qachon yomon odam bo’lmaydida, uni shunaqa xarakterli inson bo’lib qolishiga nimadir yoki oilasimi, nimadir sababchi bo’ladida. Hech qaysi yomon qizmas. Bizda shunaqa gap borku o’zbeklarimizda “Zirapchani qizlari yomon qizlar” degan gap bor. To’g’risi xafa bo’laman bunaqa gaplarni eshitib. Hech qachon yomon inson yomon bo’lib qolmaydi. Mixga turib berishgan shartlari, chidashdi, “molodest”. Sabrlariga, matonatlariga besh ketdim. Chunki bu shartda bizlar ham mixda turib berolmaganman. (Qirqiladi) Yana qirqiladi. Yuz o’girganlar bo’lmadiyu, lekin gap so’zlar bo’ldi. Xullas Zirapchaga qatnashgan, u… bu… Xullas bekor qatnashding, shanimizga dog’ tushurding, shunaqa gaplar bo’ldi. Lekin hech (qirqiladi) Meni orzuyimni eng kattasi to’g’risi bu sohani asta sekin asta sekin o’rganyapman. (qirqiladi) Milliy gvardiyaga kirish niyatim bor xudo xohlasa. (qirqiladi) uqiyman xudo xohlasa. Bilmadim. Shirina opani gaplari esimga tushdi, o’sha psixologimiz, ularga “yo’q oila qurmayman” degandimda, umuman boshqacha fikr bildirgandilar, Xudo xohlasa dedilar farzanding bilan qabul qiladigan oila bo’lsa, yaxshi joy bo’lsa o’ylab ko’raman. Tushuna oladigan to’g’ri. Farzandim bilan qabul qilsa, farzandimni o’z farzandidek qabul qilsa. Menga birinchi o’rinda farzand Baxt bu mening oilam. Qachonki oilam tinch bo’lsa, ularni yuzida doim tabassum ko’rsam, bu men uchun baxt, sog’liq bu men uchun baxt Zirapcha kanalidan do’stlarim bo’lgan, hamma videolar NimadirTV kanalida joylangan degan, ushbu kanalga kirganman. Tagida izohlar bo’ladi, izohlarga ko’zim tushgan (qirqiladi) To’g’risi kamerani oldida umuman qizlar boshqacha, hayotda umuman boshqacha, Zirapcha ko’rsatuvida o’zim qatnashganligim uchun tushunib yetkanmada, nima desam bo’larkan, real hayotda umuman qizlar yomon deb o’ylagan qizlaring yaxshi bo’lib chiqadida, misol uchun Ferede. Hamma salbiy tomonlar faqat Feredega otilganda. Lekin aslida Ferede hayotda juda ham yaxshi qiz. O’shaning uchun jahlim chiqib o’sha fikrlariga qarshi tanqidiy fikr bildirganman. O’sha sababli keyin “glavniydagi” rasmlarimni ko’rib qolib, tanib qolishgan. Kirib turaman o’zi chatgam vaqtim bo’lganda yozib turaman (Nima uchun Zirapcha ko’rsatuvni yomonlagansiz degan savol kutgandim). qirqiladi O’sha zirapcha ko’rsatuvini nimaga yomonlagansiz? Degan savolni men sizdan kutgandim va muxlislar o’rtasida Zirapcha ko’rsatuvi o’rtasida juda ham ko’p tushunmovchiliklar paydo bo’lib qolgan. Bu narsani men izohlab berishni juda ham xohladim, to’g’risi, javob berishni Yaxshi xullas Zirapcha ko’rsatuvidan chiqqanmiz, Men boya aytib o’tganimdek, menga moddiy tomonlama yordam ya’ni ish kerak edi. Chunki sud qog’ozi qo’limga keldi. Agar men shu summani to’lasam, menga 15 sutka qamoq jazosi, xullas, Zirapcha ko’rsatuvidagilarga yozdim, menga ish beringlar iltimos, men ishlamoqchiman, o’zimizni shaharda kuniga 50 ming so’mdan ishlash bu yetmas edida, keyin ularga yozdim yozim, ular tomonidan hech qanaqa javob kelmadi. Men namanganga borib ishladim, namanganga borib ishlayotganimda “pryamoy efir” qilardik. “pryamoy efirlarimizda” nimagadir Maryam Mahmudova salbiy izoh keltirdilar. Xuddi bir ta’lim olmaganki, ular “pryamoy efirda” o’tirishibdi deb. Lekin u “obichniy pryamoy efir” bo’lgan. Keyin har xil biz tomonga toshlar otilishi boshlandi. Bu lekin sinov ekan, biz buni bilmaganmiz. Chunki ular zirapcha tomonidan shunaqa salbiy biz tomonga fikr bilidirishgan. Qanday tushuntirsam ekan? Xuddi Zirapchani qizlariga qora niqob kiydirib, ular haqida salbiy fikr keltirishdiku, a bizga boshqacha yondashuv bilan, qanday desam bo’larkan, boshqacha tomonlama salbiy qandaydir sinashni boshlashdi. Lekin shaxsan men bu sinovdan o’tolmadim. Xullas o’zlari kelib savol-javob qilishdi. Bizni hayotimizni o’rganishni boshlaganda, o’shanda meni jahlim chiqqanda, nimaga shuncha vaqtdan beri hayotimga qiziqmadinglar, endi sizlarga kerak bo’lganda kelib turib qiziqyapsizlar va intervyu olyapsizlar? Ochiqchasiga suhbat quramiz, mana shu narsaga izoh berganman, xullas bizga telefon bo’lganda, sizlar zirapchani yomonlayapsizlar ekan “pryamoy efir”da deyishganda, lekin hech qanaqa yomonlash bo’lmagan, muxlislarni savoliga javob berganmiz. Zirapcha sizni ishga kirgizib qo’ydimi deganda yo’q hali kiritgani yo’q, ungacha Namanganda ishlayapman degan savollarga javob keltirganman. Keyin, xullas, final qismida bormayman degandik Ferede ikkalamiz. Chunki juda ko’p orada gap so’zlar bo’ldi, boshqa bo’ldi. Keyin ko’rgan bo’lsangiz, hamma ustozlarimdan uzr so’rab, ta’zim qilib, chiqib ketganman. Chunki tushunib yetganman bu narsa sinov bo’lgan, bilmaganman sinovligini, ular shu darajada, xuddi ko’chadagi negativlar sizga fikr bildiradiku, xuddi shunaqa qilib, xuddi shunaqa ohangda ular gapirishganda. Mana aslida gap qayoqda bo’lgan. Keyin o’sha yerda rejissor assistenti menga savol bergan men javob berganman. Sizni Mohina opa agar ko’rib turgan bo’lsalar, Mohina opa sizga izohlab bermoqchiman, xafa bo’lib qolgandilar mendan to’g’risi, “sen meni yomonlading” deganlar. Xullas savol bo’lgan menga “Zirapcha sizni ish bilan ta’minlash bo’yicha Mohina Zapolskaya qaraydi”, xullas. A men Mohina opaga murojaat qilganimda rejissor Baxtiyor Safarov qachonki ruxsat bersa, keyin men ishga ololaman, ungacha ishga ololmayman degan gaplari bo’lganda. Xullas mana shu gapni gapirganman, uyoqda montaj jaroyinda kesilgan, kesilgani o’zgartirilib to’g’irlangan. Xullas nima desam bo’larkan, orada tushunmovchilik paydo bo’lgan, men rejissor Baxtiyor Safarovga yozganimda javob bermaganlarda, u narsani aytib o’tganman. Baxtiyor Safarovga yozdim, javob bermadilar, Mohina opaga murojaat qilganimda, Mohina opa Baxtiyor Safarov qachon ruxsat bersa keyin biz sizni ishga olamiz degan gaplari bo’lgan . xullas u yerda gap gapga to’g’irlanib, xuddi birki Mohina opa meni ishga olmadi degandek shunaqa gap kelib chiqqanda, mana shu tushunmovchilikni sabab deb Mohina opa bilan (qirqiladi) mana shunaqa gaplar. (tushunarsiz) Amira Rashidova. Chunki birinchi bo’lib ushbu ko’rsatuvga asos slogan inson Amira Rashidova bo’ladi. Uni rejissori Baxtiyor Safarov, a direktor Rayhon Ulasenova. Chunki Amira Rashidova ushbu ko’rsatuvga asos solmaganlarida ushbu ko’rsatuv bo’lmasdi. Ular shunaqa insonlarki Amira Rashidova o’ng qo’l berganini chap qo’l bilmasin deydilar. Ular ko’p ishlar qilganlar, lekin xalq buni bilmaydi. Mayli, ho’p, xudo xoxlasa yaxshi kunlarda ko’rishguncha xayr. NimadirTVga kanaliga rivoj tilayman, ishlaringizga omad tilayman. (tushunarsiz) Bahonada ko’rishmagan qizlar bilan ko’rishib olamiz sizlar bahona, esdan chiqib ketgan narsalar yana qaytib esga solinadi. Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling