- Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug` ibn Tarxon Forobiy 872-873 - yillarda (260 hijriy yilida) Aris suvi Sirdaryoga quyiladigan erdagi Forob degan joyda tug`ilgan. XIII - XIV asr tarixchilarining guvohlik berishicha Forob Shoshning (Toshkentning) shimolrog`ida joylashgan. Shuningdek, manbalarda Forob yaqinidagi Sutkant shahri haqida ham ma`lumotlar uchraydi.1
- Abu Nasr Forobiy ham IX - X asrlarda – iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar kuchaygan bir davrda yashab ijod etdi. U ilmning turli sohalarini mukammal bilgan va ular haqida mustaqil fikrlar bayon qilgan buyuk allomadir. Nutq va aql tarbiyasiga oid ilmlar to’g`risida Forobiy qimmatli fikrlar aytgan.
- Forobiyning aytishicha, mantiq shunday bir san`atki, kishi notiqlikdan adashib qoladigan bo’lsa, to’g`ri fikrlashga olib keluvchi va aql yordamida biror xulosa chiqariladigan bo’lsa, xatolarning oldini oluvchi narsalarni o’z ichiga oladi. Uning aqlga munosabati grammatika san`atining tilga munosabati kabidir.
- 1 M.M.Xayrullaev. Forobiy. -T.: 1991. 3-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |