Uyg’onish davri XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy bilimlar rivojida уаngi davr


Download 69 Kb.
bet5/7
Sana04.05.2023
Hajmi69 Kb.
#1425345
1   2   3   4   5   6   7
3. Fani va madaniyati Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san`at b-n uzviy bog`liqligidadir. O`rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda ham fanda, ham san`atda namoyon bo`lar, ko`pincha bir shaxs ijodida uyg`unlashib ketardi. Mas, Leonardo da Vinchi buyuk rassomgina bo`lmay, mashhur matematik, mexanik va inje­ner ham edi, A. Dyurer rassom, haykaltarosh,arxitektor, matematik edi.
Tabiatshunoslikda, ayniqsa astronomiya, geografiya, anatomiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar (X. Kolumb, Vasko de Gama, F. Magellan va b. sayohati) amalda Yerning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvirlashga imkon berdi. 16-asr o`rtalarida polyak astronomi N. Kopernik geliotsentrik sistemani kashf etilishi fanda revolyutsion to`ntarish bo`ldi; A. Vezaliy ilmiy anatomiyaga asos soldi; ispan olimi M. Servet organizmda konning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Me­xanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar faqat geografiya sohasida emas, geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bo`yicha ham yangi ma`lumotlar berdi.
Uyg`onish davrida fan va madaniyatning ayrim sohalari hali to`la bir-biridan ajralmagan va differentsiyalanmagan edi. Ko`p filosofik g`oyalar professional filosoflar tomonidan emas, balki rassomlar, shoirlar, olimlar tomonidan olg`a surilgan edi. Sxolastikada kuchayib borayotgan oppozitsiya filosofiyani «ilohiyotga xizmat qilishdan» ozod etdi
O`rta asr dunyoqarashidan ajralib chiqish eng avval etika sohasida namoyon buldi. Etikadagi uyg`onish ayrim hollarda so`nggi stoitsizm g`oyalariga qaytish shaklida, ko`pincha epikurizmni tiklashda ko`rindi. Gumanistlarning yunon tili va yunon filosoflari (Platon, Aristotel va b.) asarlari b-n tanishishlari Uyg`onish davri antisxolastik filosofiyasi taraqqiyotida yangi bosqich ochdi. Ayniqsa bu davrda platonizm va neoplatonizm g`oyalarining ta`siri katta bo`lgan.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling