Uyidagi savollarga javob bering


KINO “SAN’ATI”NING TAHDIDI


Download 21.29 Kb.
bet2/2
Sana29.01.2023
Hajmi21.29 Kb.
#1137550
1   2
Bog'liq
ma\'naviyat6-top

KINO “SAN’ATI”NING TAHDIDI

Kinosan’atning katta “qurol” ekanligi, mana, endi yaqqol bilina boryapti. Yaqin-yaqinlarda ham o‘zbek televideniesini to‘la egallab olgan sayoz filmlar bunga juda-juda ulkan “hissa” qo‘shdi. Odamlar Turkiya, Braziliya, Hindiston, Meksika va Amerika rejissyorlari ishlagan oldi-qochdi, muhabbat mojarolari, oilaviy munosabatlar haqidagi teleseriallar domiga osongina ilindi. Ota-ona, farzandlar, oila davrasida tomosha qilish jarayonida o‘pishish, quchoqlashish sahnalarini birgalikda ko‘rishga teleseriallar orqali majbur qilindi. Yotoqxona, to‘shakdan boshlangan lavhalar yana aynan o‘sha joyda tugallanishini qanday tushunish kerak?


Bular-ku, kattalar uchun ishlangan teleseriallar… Endi yosh avlod, kichkintoylar uchun tayyorlangan multfilmlarni olib ko‘ring. To‘g‘risi, kattalarnikidan qolishmaydi.
O‘sha sizu biz bilgan “Maugli”, “Qirol Sher”, “Sohibjamol va maxluq”, “Tom va Jerri” multfilmlarida ham o‘pishish, quchoqlashish sahnalari to‘lib-toshib yotibdi. Ularni ishlab chiqarganlarning asl maqsadlari nima o‘zi? Past saviyali film, qo‘shiq, multfilm yoki o‘yinlardagi chalg‘ituvchi xususiyat kishidagi (kattami, kichikmi, baribir) fikrlash qobiliyatini asta-sekin o‘ldirib boradi. Unda tevarakda bo‘layotgan voqea-hodisalarga faqat shu o‘yin yoki film saviyasi, bergan “ta’limi” nuqtai nazaridangina qarash sharoiti yetilib boradi. Ona suti og‘zidan ketmay turib, ana shunday ruhda “tarbiyalangan” boladan nimani kutish mumkin? Ayrim ota-onalar farzandini televizor qarshisiga o‘tqazib, multfilm qo‘yib berish bilan o‘zini aldayotganini bilmaydilar.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ma’naviyatga tahdid kelajakka tahdid, demakdir. O‘zbekiston xalqi jahon taraqqiyotiga ulkan ulush qo‘shgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, buyuk imomlar al-Buxoriy, Moturidiy, at-Termiziy, hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning avlodidir. Ular va boshqa ulug‘larimizning ma’naviy merosini butun dunyo ahli hayrat bilan o‘rganayotgan bir paytda bizning zamonaviylik, madaniyatlilik niqobi ostida turli yengil-elpi, ma’naviyatsizlikni targ‘ib etuvchi omillarga berilishimiz kechirilmas holdir. Bunday salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularga qarshi kurashish bugunning dolzarb vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
3. Tarixdan ma'lumki, inson uchun eng xavfli tahdid bu ma'naviy tahdiddir. Darhaqiqat, bugun eng katta xavf sifatida diniy ekstremiz va terrorizm tilga olinmoqda. Terrorizm birinchi galda insoniyat uchun eng muhim va qimmatli bo‘lgan boylik, ya'ni tinchlik, ko‘ngil xotirjamligi, mamlakat taraqqiyotining muhim tarixiy omili bo‘lgan fuqarolararo hamjihatlikka rahna soluvchi asrimizning eng xavfli ijtimoiy illati sifatida tilga olinmoqda. 

Diniy ekstremizm diniy rang-baranglikni rad etadi. Shu asnoda aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar yetkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o‘tkazib, eng mudhish shakllardagi zo‘ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Ushbu illat bugun eng rivojlangan mamlakatlar qatorida diyorimizga ham xavf solmoqda. Uning ta'sir doirasi ayniqsa, yoshlarimizni turli diniy oqimlarga jalb etilishida yaqqol namoyon bo‘layotgani hech birimizga sir emas.


Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Mazkur guruhlarning targ‘ibotchilari ko‘p vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan go‘yoki “musulmonlarning azoblanayotgani” suhbatlar olib boradilar.
Aslida esa, yoshlarni o‘z safiga chorlayotgan, o‘zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl etmoqda, ayol-qizlarni xo‘rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o‘ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo‘lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig‘inuvchilar” deb e’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo‘lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Uy-joylar, maktab va kutubxonalar, qishlog‘u-shaharlarni buzib, mo‘ysafid otaxon, mushipar onalar, norasida go‘daklarni ko‘chalarda sargardon qilmoqda.
4. Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiya balosi dunyoning istalgan joyida avj olgan eng katta muammolardan biridir. Korrupsiya - iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik, ochlik, ishsizlik va oziq-ovqat, yoqilgʻi narxlarining koʻtarilishi kabi dunyo muammolarini ortda qoldirib, hammaning dardiga aylangan.
Shu sababdan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasining tashkil etilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan boʻldi.
5. ekstremizmning paydo bo'lishi va rivojlanishiga sabab bo'lgan omillar ichida mafkuraviy bo'shliqning ta'siri kattadir. Mafkuraviy bo'shliq kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy voqelikni noto'g'ri idrok etishga, ularning ongida agressivlikni shakllantirishga xizmat qiladigan bo'shliqni nosog'lom g'oyalar bilan to'ldirishga zamin yaratadi. “Manqurtlashtirish” deb ataladigan bu texnologiya kuchsiz ma'naviyat, bo'sh iroda va nosog'lom intilishlar muhitidagina ta'sir kuchiga ega bo'ladi.
Jaholat – bilmaslik ma'nosini anglatadi. Bugun jaholat turli ko'rinishlarda o'zini namoyon qilmoqda. Shulardan biri diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo'lgan kishilar o'zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko'rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo'ygan turli oqim vakillarining quruq va'dalariga aldanib qolmoqdalar.
Jaholat og'ir oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun, odamlar ongi va qalbida ma'rifatning mutlaq ustuvor bo'lishiga erishish, kishilar tafakkurini boyitish, ularda sog'lom va sobit e'tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yo'ldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavobligini ta'minlash, ta'sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolaveradi.
Immunitet tibbiyotda organizmning o'zini zararli ta'sirlardan himoya qilishga qodirligini, tananing turli yuqumli kasalliklarga berilmaslik xususiyatini anglatadi. Inson organizmining ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda, mafkuraviy immunitet har bir avlod uchun o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining o'rni va ahamiyati yanada oshgan. Bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanadi. Ammo bilimlar ko'p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan “bilim” larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv bo'lishi, voqelikni to'g'ri va to'liq aks ettirishi, inson ma'naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.
Bugungi kunda, axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm va egotsentrizm, mutaassiblik va aqidaparastlik g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning milliy va diniy an'ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma'naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo'porishga qaratilgan tahdidlar tobora xatarli tus olib, butun jahonda tarqalib borishiga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy immunitet tizimida uning ikkinchi asosiy unsuri – olingan bilimlar zamirida shakllanadigan ma'naviyat va qadriyatlarning o'rni beqiyosdir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo'lsa, uning zamirida yuzaga kelgan ma'naviyat va qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g'oyalar yo'lida mustahkam qalqon bo'lib xizmat qiladi.
Shu jihatdan bilimlar va qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning shakllanishida asosiy omil bo'lib qolaveradi.
Download 21.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling