Uyidagi savollarga javob bering
Download 17.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqma\'naviyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- OMMAVIY MADANIYAT” TAHDIDI
Quyidagi savollarga javob bering 1. Globallashuv jarayoni va uning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri qanday? 2. Ma’naviy tahdid, uning zamonaviy ko‘rinishlarini izohlab bering? 3. Yoshlarni yot g’oyalar: diniy fundamentalizm (aqidaparstlik), ekstremizm va terrorizmdan asrash deganda nimani tushunasiz? 4. Korrupsiya tahdidi va unga qarshi kurash haqidagi fikrlaringizni izohlab bering? 5. Mafkuraviy immunitet – ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish omili 1Hozirgi kunda globallashuv hamda bu jarayon xususida ko'plab ta'rif berilmoqda. Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo'lgan o'zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983-yildagi «Garvard biznes revyu» jurnalida e'lon qilingan maqolasida qo'llanilgan edi. Aslida, globallashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli darajada va ko'rinishlarda mavjud bo'lgan va hozirgi davrimizga kelib bu jarayonning avj olishi ro'y bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi. Albatta, bu jarayonlardan ko'z yumib bo'lmaydi. Muammoning qay darajadaligidan qat'iy nazar uning oldini olish, bunga qarshi kurashish choralarini izlash bizning oldimizda turgan vazifadir. Shu xususda Yurtboshimiz shunday fikr bildirgan: “Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda” Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir. Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan «ommaviy madaniyat» niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda: – ularda, turli xildagi ma'naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; – yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish; – yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim. Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat, vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz. 2. Ilgari insoniyat o‘zaro ziddiyatlarda qurol-yarog‘ning turli ko‘rinishlaridan foydalangan. To‘qnashuvlar hosilasi dushmanning yeri, moddiy boyliklarini qo‘lga kiritish bilan izohlanar edi. Urush xavfi hammaning ko‘ziga yaqqol ko‘rinib turgan sifatlarda namoyon bo‘lardi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurash tusini oldi. Endilikda yadro poligonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Ayni paytda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar yer yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi yoki mamlakat chetda qolmaydi. Ayniqsa, diniy ekstremizm, fundamentalizm va boshqa axloqsizlik g‘oyalarini kishilar ongiga singdirishdan iborat mafkuraviy-ma’naviy tajovuzlar mintaqaviy va umumbashariy muammo darajasiga chiqib, unga qarshi kurashning xalqaro institutsional tizimini shakllantirishni taqozo qilmoqda. “OMMAVIY MADANIYAT” TAHDIDI “Ommaviy madaniyat” nima o‘zi? Uning jamiyatga va kelajakka foyda-ziyoni qaerda ko‘rinadi? Kimdir buni shu kunning modasi, xiti yo keng iste’moldagi qaysidir narsasi ko‘rinishida qabul qilishi mumkin. Aytaylik, qizlar uchun miniyubka, tor va badanni yaqqol ko‘rsatuvchi futbolka, yigitlarga tizzaning yuqorisida turuvchi shorti va tananing yarmini ham yopmaydigan mayka bugunning modasi bo‘lib turibdi. Ayrim mutaassib ayollar esa boshdan-oyoq qop-qora libosga o‘ranib yurishni o‘zlariga ep ko‘rishadi. Yana qaysidir kishi yaktak-ishton, oqmi-ko‘k yo qora do‘ppi kiyish bilan kimlargadir o‘rnak bo‘lmoqni istaydi. “Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchilarning maqsadi nima? “Ommaviy madaniyat” ma’naviy tanazzulning debochasidir. Uni targ‘ib qiluvchilarning asl maqsad va niyatlari ham qaysidir millat yoki xalqni ma’naviy jihatdan inqirozga uchratish bilan yengishga qaratilgan. Chunki, turli yarim yalang‘och suratlar, fahsh kinofilmlar, har xil bemaza o‘yinlar odamlarda izlanish, yaxshilik sari intilish kayfiyatini yo‘qotadi. Bularning yoniga (qo‘rqmay) ayrim saviyasiz xonandalarning maza-matrasiz qo‘shiqlari, bema’no va hayosiz kliplarini ham qo‘shish mumkin. Download 17.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling