Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar


Download 34.73 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1455416
  1   2   3   4
Bog'liq
Gapning uyushiq bo`laklari




Mavzu:Gapning uyushiq bo’laklari.
Reja:

  1. Gapning uyushiq bo`laklari haqida ma`lumot .

  2. Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar.

  3. Gapning ajratilgan izoh bo’laklari.

Gapning uyushiq bo’laklari bir xil so’roqqa javob bo’lib, gapdagi bir bo’lakka bog’langan bo’laklardir. Uyushiq bo’laklar teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanadi. Yo’lda yosh, keksa, yupun odamlar ketib borardi. Nodir va Salomat biznikiga kelishdi.


Uyushiq bo’laklar asosan bir so’z turkumiga oid so’zlar bilan ifodalanadi. Gap bo’laklarining ta’kidlash-kuchaytirish maqsadidagi takrori uyushiq bo’lak hisoblanmaydi. Bunda hamma, hamma narsa bor.
Gapning uyushiq bo’laklarida son, egalik, kelishik, qo’shimchalari, uyushiq bo’laklarning oxirgisiga yoki uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilishi mumkin.
Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi bo’lak ham ishtirok etishi mumkin. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklar bilan bir xil so’roqqa javob bo’ladi. Belgilash va bo’lishsizlik olmoshlari, ayrim otlar umumlashtiruvchi bo’lak vazifasida keladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi: Insonda hamma narsa: yuzi hamkiyimi ham, odobi ham go’zal bo’lmog’i kerak.
Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi. Insonda yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham-hamma narsa go’zal bo’lmog’i kerak.
Uyushiq bo’laklar orasida vergulikki nuqta, nuqtali vergul, tire ishlatiladi. Sanash ohangi bilan aytilgan, zidlov bog’lovchilari, takrorlanib qo’llanuvchi ayiruv bog’lovchilari, bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar bilan bog’langan uyushiq bo’laklar orasiga vergul qo’yiladi. Uyushiq bo’laklar guruh-guruh bo’lib kelsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi.

Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling