Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar


Gapning ajratilgan izoh bo’laklari


Download 33.96 Kb.
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi33.96 Kb.
#1274045
1   2   3
Bog'liq
Gapning uyushiq bo`laklari

Gapning ajratilgan izoh bo’laklari
O’zidan oldingi gap bo’lagini izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak deyiladi. Ajratilgan bo’laklar vergul va tire bilan ajratib ko’rsatiladi. Izoh bo’laklari, asosan, ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Navbatchi hamshirasochi oq semiz xotin, Sadbarning kechasi ham kelganini eslatdi. (As.M.) Izoh bo’laklarning o’zida vergul bo’lsa, bunday bo’laklar ikki tomondan tire bilan ajiratiladi: Endi odamlar-otliq, piyoda, yosh-qari-uchray boshladi.(O).
Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tire, keyin vergul qo’yiladi: Men-Fozilova Fotima, Farg’ona viloyati maktablaridan birida o’qiyman.
Yozma nutqda izoh bo’lakning oldiga tire, izoh bo’lakdan keyin vergul qo’yiladi:Otam-Ilyos Tohirov, zavodda ishchi.
Ajratilgan to’ldiruvchi: o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlaydi. Izoh to’ldiruvchilar o’zidan oldingi to’ldiruvchi bilan bog’lovchi vazifasida qo’llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan, ayniqsa kabi so’zlar bilan ham qo’llanadi: Agar oyim, ya’ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo’lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o’rtoq Ergashov o’ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ;
Maktabimizda, bichuv-tikuv to’garagidan tashqari, musiqa va ijodkorlar to’garagi ham ishlab turibdi gapidagi ajratilgan bo’lak ham to’ldiruvchi hisoblanadi. Ajratilgan aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini yoki sifatlovchi-aniqlovchini izohlab kelgan bo’lakdir. Oshpazning, Mamatqulovning, qo’li gul ekan (gazet). Ajratilgan izoh sifatlovchi aniqlanmishdan keyin keladi: Kamzul kiydim, tirinka. Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, eshik oldida dag’-dag’ titrardi. (A.Q)
Ajratilgan hol o’zidan oldingi holni izohlab keladi. Yozda, qovun pishig’ida, havo kechasi ham dim bo’ladi. (gazet) Asosan payt va o’rin hollari ajratiladi. Uning qo’lidan ushlab ichkariga, devonga, boshladi (A.Q.)
Nutqimizda Nima eksang shuni o’rasan; Bu kitobni qaytarish sharti bilan beraman kabi shart holi ishtirokidagi gaplar; Nigora darsga qatnashmagan bo’lsa ham vazifani bajarib keldi gapidagi kabi to’siqsiz hollar ham qo’llanadi. Bunday gaplarda holdan keyin to’xtalish bo’lsa ham vergul qo’yilmaydi. Dehqon bo’lsang shudgor qil. (Maqol) O’ynab aytsang ham o’ylab ayt. (Maqol) Hurmat qilsang hurmat ko’rasan.(Maqol) Topsam aytaman. Ishlasang tishlaysan (Maqol) Izlasang imkon topasan.
Undalma
So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi. Undalma, odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Bahor, ketma bizning bog’lardan! (O) Karim Sodiqovich, majlis ertaga bo’ladimi?
Bir so’z bilan ifodalangan undalma yig’iq undalma hisoblanadi. Uyga kir, Homid. So’z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq hisoblanadi: O’g’lim Ko’kan, senga aytar bir so’zim bor. (G’.G’)
Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Xayr, yashil o’rmonzor, moviy dengizlar!
Kirish so’z
So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so’z kirish so’z deyiladi. Kirish so’z ma’no jihatidan quyidagilarni bildiradi:
1. Ishonch va tasdiqni: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan (ham), darhaqiqat.
2. Gumonni bildiradi: ehtimol, shekilli, balki.
3. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanini bildiradi: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.
4. Shodlik yoki achinishni bildiradi: baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsuski, esiz.
5. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiradi: birinchidan, ikkinchidan, avval, oxiri, nihoyat.
6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini bildiradi: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.
7. Tasdiq yoki inkorni bildiradi: ha, yo’q, mayli, to’g’ri.

Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling