Uzauto motors
Download 330.98 Kb. Pdf ko'rish
|
ustav uz
5- MODDA.
JAMIYATNING USTAV FONDI 5.1. Jamiyatning Ustav fondi aksiyadorlar tomonidan xarid qilingan Aksiyalarning nominal qiymatidan tarkib topadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha Aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi va So’mda ifodalanishi lozim. 5.2. Jamiyatning Ustav fondi Jamiyat mol-mulkining Jamiyat kreditorlarining manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilab beradi. 5.3. Jamiyatning aksiyadori Ustav va Qonunchilikda ko’rsatilgan aksiyador huquqlarini unga ushbu Aksiyalarga egalik huquqi Qonunchilikda belgilangan tartibda o’tgan vaqtdan e’tiboran o’tadi. 5.4. Jamiyatning mol-mulki Aksiyalar narxini to’lash hisobiga kelib tushgan pul mablag’lari, mol-mulk va mulkiy huquqlardan iborat (“Ustav fondi”), Jamiyat tomonidan tadbirkorlik faoliyati natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan foyda, hamda Qonunchilik nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan boshqa mol-mulkdan tarkib topadi. 5.5. Jamiyat Ustav fondining miqdori har birining nominal qiymati 5 000 (besh ming) So’m bo’lgan 270 000 000 (ikki yuz yetmish million) dona oddiy egasi yozilgan, hujjatsiz Aksiyalarga bo’lingan 1 350 000 000 000 (bir trillion uch yuz ellik milliard) So’mga teng. 5.5.1. Ustav fondidagi Aksiyalar aksiyadorlar o’rtasida quyidagi ulushda taqsimlangan: «UzAuto passenger Vehicles Management» MChJga Ustav fondining 100% yoki har birining nominal qiymati besh ming (5 000) So’m bo’lgan ikki yuz yetmish million (270 000 000) dona oddiy egasining nomi yozilgan aksiyalarga bo’lingan bir trillion uch yuz ellik milliard (1 350 000 000 000) so’mni tashkil etadi. 5.6. Jamiyat tomonidan chiqarilgan Aksiyalar narxini to’lash hisobiga tushgan pul mablag’lari Jamiyatning bank hisob raqamiga o’tkaziladi. 5.7. Jamiyat Aksiyalarining narxini to’lash pul qiymatiga ega mol-mulkni berish orqali amalga oshirilishi mumkin. Aksiyalar yuridik shaxslarning huquqiy vorisligi tartibida berilishi mumkin. Download 330.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling