Узбекистон Республикаси Мехнат ва ахолини ижтимоий мухофаза килиш вазирлигининг 2008 йил
Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari
Download 0.59 Mb.
|
Банк иши РЕФЕРАТ Омонова Ш(1)
Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari.
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak: -bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; -bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; -ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; -bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; -bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari. Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, byudjet mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bank kapitalining eng kam miqdori bankni ro‘yxatga olgunga qadar uning muassislari tomonidan to‘lanishi kerak. Bu to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari kapitalining etarliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko‘rsatib berilgan. Bank ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar yig‘ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar: - ustavga o‘zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma; - bank aksiyadorlarining ustaviga o‘zgarish va qo‘shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada); - bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar ro‘yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. Mazkur o‘zgarishlar va qo‘shimchalar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling