Узбекистон республикаси олий ваурта махсус таълим вазирлиги


PREDMETLARARO BOG’LANISHI VA


Download 0.67 Mb.
bet2/70
Sana20.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1712501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
PREDMETLARARO BOG’LANISHI VA
O’QITISH USULLARI
Bu fan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokining “Falsafa” (xususan, uning “Bilish nazariyasi” bo’limi), logika (mantiq), matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokining “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Matematika”, “Informatika”, “Hozirgi zamon tabiatshunosligining konsepsiyalari” singari o’quv predmetlari bilan uzviy bog’liqdir. Shuningdek, “Kompyuter lingvistikasi” fani filolog-bakalavr tayyorlashda umumkasbiy fanlar blokining markaziy bo’g’inidan o’rin olgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, “O’zbek adabiy tili tarixi”, “O’zbek dialektologiyasi”, “Turkiy filologiyaga kirish”, “Qadimgi turkiy til”, “Umumiy tilshunoslik”, “Tilshunoslikka kirish”, “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari”, “Matnning lingvistik tahlili”, “Ilmiy tadqiqot asoslari” singari fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Talabalar “Kompyuter lingvistikasi” fanining bo’limlari bo’yicha belgilangan o’quv soatlari o’tilgandan keyin joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar topshiradilar. Bunday nazoratlar fan bo’limlariga ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur kursni o’qishda darsning ma’ruza, amaliy mashg’ulot, mustaqil ta’lim shakllaridan foydalaniladi. Talabalar KL fanining bo’limlari bo’yicha yigirma sakkiz soat hajmida ma’ruza tinglaydilar. Bu ma’ruzalarda o’qituvchining faolligi ancha ko’proq bo’ladi. Ma’ruzalar jarayonida talabalardan o’tilayotgan mavzular bo’yicha uy vazifasi so’raladi. Har bir ma’ruza matni talabalarga yetkaziladi. Amaliy mashg’ulotlarda o’qituvchi va talabaning faolligi teng bo’ladi, ya’ni 50 x 50. Amaliy mashg’ulot darslarida belgilangan mavzular bo’yicha rejada ko’rsatilgan savollarga talaba tayorlanib keladi va dars jarayonida javob beradi. Har bir savollarga berilgan javoblar ishonarli, to’liq va asosli bo’lishi lozim. Amaliy mashg’ulotlarda talabalarga chinlik jadvallari, xy = yx, x(yz) = y(xz) kabi algebraik qiymatlarni ko’paytirish usullari, konyunksiya, dizyunksiya, implikatsiya, ekvivalentlik, Sheffer kabi amallarning formulalari tusuntiriladi hamda bunday formulalardan amalda foydalana olish ko’nikmalari hosil qilinadi.
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari talabalarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlardan olgan zarur bilim va ko’nikmalarini shakllantiradi va rivojlantiradi Bunda talabalar auditiriyada olgan nazariy va amaliy bilimlarini amalda foydalanishga o’rganadilar.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling