Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi
Bilvosita foydalanidadigan o`g`itlar
Download 1.27 Mb.
|
МУКТ маьруза матн
Bilvosita foydalanidadigan o`g`itlar — o`g`itlardan foydalanish sharoitini yaxshilash maksadida tuproqka kimyoviy, fizik va mikrobiologik ta`sir etish uchun qullaniladi, masalan, tuproq kislotaliligini neytrallash uchun maydalangan oxaktosh, dolomit yoki sundirilgan oxak kullaniladi; shurxok tuproqlar melioratsiyasi uchun gips ishlatiladi, shu bilan bir vaqtda u kal`tsiy manbai xisoblanadi; tuprok kislotaliligini (fosforli o`g`it bilan solinadigan fosfor birikmalarinint eruvchanligini oshirish maksadida) oshirish uchun nitriy bisul`fit ishlatiladi.
O`g`itlar fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral turlariga bulinadi. Fiziologik kislotali o`g`itlarga usimliklar asosan kationlarni uzlashtiradigan o`g`itlar kiradi, anionlar esa tuprok eritmasini kislotaliligini oshiradi, masalan, ammoniy sul`fat, ammoniy nitrat, kaliy xlorid, kaliy sul`fat va boshkalar. Fiziologik kislotali o`g`itlarga ammoniyli azotli o`g`itlar, shuningdek karbamid xam kirishi mumkin. Nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar ta`sirida ammiak nitrat kislotagacha oksidlanishi natijasida tuproq kislotaliligi ortadi. Fiziologik ishqoriy o`g`itlarga anioni usimliklarga assimilyatsiyalanadigan o`g`itlar kiradi, ulardagi kation esa tuproq muhitini ishqorlashtirgan holda tuplanadi. Masalan, bunday o`g`itlarga natriy, kaliy va kal`tsiy nitratlari kiradi. 1.3. Mineral o`g`itlarning assortimenti va asosiy tarkibi Mineral o`g`itlar assortimenti barcha turdagi o`g`itlar: azotli, fosforli, kaliyli. mikroo`g`itlar, murakkab o`g`itlar, ohakli va boshqa materiallarni kamrab oladi. O`g`itlarning muhim sifat kursatkichi ulardagi usimliklar uchun zarur bulgan — ta`sir etuvchi moddalar miqdori hisoblanadi. Asosiy ta`sir etuvchi moddalar azot, fosfor va kaliy birikmalari xisoblanadi. Hozirgi paytda o`g`itdagi ularning miqdori azot, fosfor (V)-oksid — fosfat angidrid (R2O5) va kaliy oksid (K2O) xisobida ulchanadi. Davlat standartlari (DST) yoki texnik shartlar (TSh) asosida mineral o`g`itlardagi bir yoki bir necha ta`sir etuvchi moddalarning minimal miqdori belgilab beriladi. Shu bilan bir qatorda ushbu standartlarda o`g`itdagi namlik va o`g`itlar tarkibidagi usimliklarga zararli, shuningdek fizik-kimyoviy va mexanik xossalari kursatkichlariga salbiy ta`sir etuvchi qo`shimchalar miqdori chegaralanadi. Namlikning ortishi o`g`itning yopishqoqligini oshiradi va bir butun massa xolatida qotib qoladi. Bundan tashqari, namlik o`g`it tarkibidagi ozuqa moddalar miqdorini kamaytiruvchi ballast xisoblanadi. Quyida mineral o`g`itlar asosiy turlarining assortimeti keltirilgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling