Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/19
Sana29.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

 
1
UZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  URTA  MAXSUS 
TA`LIM  VAZIRLIGI 
 
 
 
Qoraqalpoq davlat universiteti 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«MOLIYaVIY MENEJMENT» 
 fanidan 
 
MA`RUZALAR MATNI 
(Oliy ta`limning 5340600 – «Moliya»  
ta`lim yunalishi talabalari uchun) 
 
 
 
 
 
 
 
tuzgan   Eshniyazov 
R. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus  -  2008 

 
2
 
MUNDARIJA 
 
 SUZ BOShI 
1.  Ukitishning maksadi va vazifasi 
 
2.  Fan buyicha talabalarning bilimiga ukuviga va kunikmasiga 
kuyiladigan talablar 
 
3.  Ukuv rejasidagi boshka fanlar bilan alokasi. 
 
4. «Moliyaviy menejment» fanining asosiy vazifalari va 
tushunchalar 
 
1-mavzu.  Moliyaviy menejment nazariyasi  va uni shakllanishining 
tarixiy, gnoseologik asoslari 
 
1.1.  Moliviy menejment tizimi elementlarining moxiyati 
 
1.2. Korxonalar moliyasini boshkarishning nazariy asoslari va 
tamoyillari 
 
1.3. Urta Osiyo iktisodiy karashlarida moliyaviy boshkaruv 
goyalarining urganilishi 
 
1.4. Moliyani boshkarish asoslarining Keynschilik, Monetarizm va 
Institutsionalizm goyalari mazmuni 
 
2-mavzu.  Korxonalar moliyaviy faoliyati va uni boshkarishning 
moliyaviy instrumentlari 
 
2.1.  Moliya mexanizm iva uning strukturasi 
 
2.2. Korxonalarning moliyaviy faoliyati va uni boshkarishning 
zarurligi 
 
2.3.  Moliyaviy menejmentning kontseptual asoslari 
 
2.4.  Moliyavy instrumentlar va ularnig tasniflanishi 
 
3-mavzu.  Moliyaviy rejalashtirishga kirish va prognozlashtirish 
usullari 
 
3.1. Moliyaviy rejalashtirish va nazorat–boshkarish tizimining 
muxim elementi sifatida 
 
3.2.  Moliyaviy reja va unig turlari 
 
3.3.  Situatsion taxlil va prognozlashtirish usullari 
 
4-mavzu.  Moliyaviy menejmentning axborotlar ta`minoti tizimi 
 
4.1. Korxonalar  moliyaviy-boshkaruv karorlari kabul kilishda 
axborotlar ta`minotining  xozirgi zamon xususiyatlari 
 
4.2. Moliyaviy xisobotlar tizimini shakllantirishning asosiy 
tamoyillari 
 
4.3.  Korxonalarni moliyaviy baxolashda moliyaviy xisobotlar va 
koeffitsientlardan foydalanish usullari 
 
4.4.  Korxonalarning asosiy va aylanma kapitallarini boshkarishda  
moliyaviy axborotlardan foydalanish usullari 
 
 
 
 
 

 
3
5-mavzu.  Moliyaviy matematikaning asoslari 
 
5.1.  Foiz stavkalari va ularni xisoblash usulluri 
 
5.2.  Pul okimlari: turlari va baxolash 
 
5.3.  Annuitet va uni baxolash usullari 
 
6-mavzu.  Korxonalar aktivlari va ular buyicha moliyaviy karor 
kabul kilish asoslari 
 
6.1. Korxonalarning aktivlar strukturasi va uni boshkarishning 
zarurligi 
 
6.2.  Korxonalarning asosiy fondlari va uni baxolash uslublari 
 
6.3. Investitsion loyixalar buyicha moliyaviy karor kabul kilish 
asoslari 
 
6.4. Investitsiya foydasi va Dyupon fomulasi 
 
7-mavzu.  Korxonalar kapitallari strukturasi va divident siyosati 
 
7.1.  Leverij va uni moliyaviy menejmentdagi roli 
 
7.2. Mablaglarni karzga olish jarayonini boshkarish 
 
7.3.  Korxonalarning divident siyosati 
 
8-mavzu.  Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy muxit 
 
8.1. Tadbirkorlik faoliyati va uning moliyasining moxiyati va 
zarurligi 
 
8.2. Tadbirkorlik faoliyati moliyasining asosiy funktsiyalari va 
oldiga kuygan vazifalari 
 
8.3.  Tadbirkorlik moliyasini tashkil kilishning asosiy printsiplari 
 
8.4.  Tadbirkorlik faoliyatida  moliyaviy resurslarni shakllantirish 
manbalari va ulardan   foydalanish yunalishlari 
 
8.5. Tadbirkorlik faoliyatining yalpi daromadini taksimlanishi va 
solik mexanizmi orkali tartibga solish usullari 
 
8.6.  Tadbirkorlik foydasini manbalari va pul fondlarini shakllanish 
yunalishlari 
 
9-mavzu.  Moliyaviy strategiya - moliyaviy menejmentning 
muvaffakiyati garovi 
 
9.1.  Moliyaviy strategiya tushunchasining mazmuni 
 
9.2.  Moliyaviy strategiyaning turlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
4
1. SUZ BOShI 
1.Ukitishning maksadi va vazifasi 
Mustakil Uzbekistonda demoktratik taomyillarga asoslangan, 
ijtimoiy-iktisodiy farovonlikni ta`minlaydigan barkaror iktisodiy tizim- 
bozor iktisodiyotini shakllantirishga karatilgan isloxotlarni amalga 
oshirishda zamonaviy moliya tizimi va uni boshkarishning samarali 
mexanizmlarini shakllantirish masalalari amaldagi isloxotlardan 
kutiladigan pirovard natijalarga erishishning muxim omillaridan biridir. 
Amaldagi ijtimoiy-iktisodiy, moliyaviy, tarkibiy  isloxotlarning asl 
maksadi – moliyaviy boshkarishning zamonaviy tizimini vujudga 
keltirishdan  va uning samarali faoliyatini ta`minlashdan iborat. 
Makro va mikro darajadagi moliyaviy munosabatlarni boshkarish  
soxasida utkazilayotgan iktisodiy isloxotlar bu mustakil Uzbekistonning 
iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yulida belgilangan dasturining 
asosiy yunalishlaridan biridir, chunki xar bir iktisodiy isloxot, fakatgina 
yukori ma`lumotli, bilimli xamda professional jixatdan etuk moliyaviy 
menejerlar tomonidangina amalga oshiriladi. xozirda moliyaviy soxaning 
butun tizimini yanada kat`iyat bilan va tezrok islox kilish zarurati birinchi 
darajali vazifa bulib koldi. Moliyaviy boshkaruv tizimini, uning barcha 
buginlarini yagona kompleks sifatida karash talab etilmokda. Moliyani 
boshkarish soxasi nafakat mamlakatimiz iktisodiyotining, balki umuman 
insoniyat tarakkiyotining eng muxim va asosiy e`tibor beriladigan 
soxalaridan biri xisoblanadi, chunki aynan shu soxada moliyaviy 
barkarorlikni ta`minlashning asoslari yaratiladi, pirovard natijada 
moliyaviy boshkaruvning ilmiy asoslariga ega bulgan xar bir xujalik 
sub`ekti iktisodiy isloxotlarni tugri tashkil etgan xolda davlat va jamiyat 
iktisodiyotining yuksak chukkilarga erishishida uz xissasini kushadi. 
«Moliyaviy barkarorlikni ta`minlash jarayonlarini muvoffakiyatli amalga 
oshirish uchun xukukiy bazani kuchaytirish, tub uzgartirishlarni 
ragbatlantirish uchun kuchli omillar va kafolatlarni yaratuvchi konunlar 
kabul kilish, xalk xujaligini yuksak darajada bilimdon, kasbiy jixatdan 
yaxshi tayyorgarlik kurgan moliyaviy menejerlar bilan mustaxkamlash 
zarur»1,- deb ta`kidlagan edi Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. 
Karimov. 
Madomiki, kelajagi buyuk davlat kurar ekanmiz, moliyani 
boshkarish soxasidagi isloxotlarga uz-uzidan etuk moliyaviy menedjerlar 
tayyorlash uchun avvalom bor xukukiy baza yaratilishini ta`minlash talab 
etiladi.  
 
  2. Fan buyicha talabalarning bilimiga ukuviga va kunikmasiga 
kuyiladigan talablar 
                                                           
1
 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Узбекистон, 1999. 32-б. 

 
5
Mazkur kursni uzlashtirish uchun talabalar: 
a) bilishi kerak: 
-  Boshkarish va moliyaviy boshkarish printsiplari; 
-  Moliya tizimi va uning buginlari; 
-  Turli mulk shakllarida faoliyat yurituvchi xujalik sub`ektlari 
moliyaviy resurslari va ularni boshkarish usullari; 
-  Korxona va tashkilotlar aktivlari strukturasi va ularni manbalarini 
shakllanish xususiyatlari. 
b) bajarishi lozim: 
-  Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish, daromad va xarajatlarni 
bashorat kilish usullari; 
-  Moliyaviy boshkarishning axborotlar manbai sifatida  moliyaviy 
xisobotlardan foydalanish; 
-  Investitsiya okimlarini baxolash va ularni samardorligini aniklash; 
-  Pul okimlarining joriy va kelgusi kiymatlarini baxolash; 
-  Moliyaviy richag samarasi va uni xisoblash mexanizmi; 
-  Xujalik sub`ektlarini moliyaviy bozorlaridagi operatsiyalari va jalb 
kilingan mablaglardan samarali foydalanishni baxolash. 
-  Asosiy va aylanma fondlar samaradorligini baxolash. 
-  Korxonalarning umumiy moliyaviy strategiyasi va uni ishlab chikish. 
v) tasavvurga ega bulmogi lozim: 
-  Boshkarish va moliyaviy boshkarish printsiplari; 
-  Korxonaldar moliyasi va moliyaviy resurslar tugrisida; 
-  Moliyaviy munosabatlar va uning sub`ektlari va ob`ektlari; 
-  Moliyaviy boshkarish tizimi elementlari. 
3. Ukuv rejasidagi boshka fanlar bilan alokasi. 
Mazkur fan ukuv rejasidagi «Moliya», «Davlat byudjeti», 
«Investitsiyalarni tashkil kili shva moliyalashtirish», «Korxonalar 
moliyasi»,«Solik va solikka tortish»,   «Byudjetdan tashkari fondlar», 
«Buxgalteriya xisobi»  va boshka fanlar bilan boglikdir 
Mustakil ta`lim sifatida korxonalar moliyasini boshkarish buyicha 
amaliy materiallar asosida taxlil ishlarini amalga oshirish, masalalar 
echish va boshka ishlar amalga oshirilishi kuzda tutiladi. 
 
4.  «Moliyaviy menejment» fanining asosiy vazifalari va 
tushunchalar 
 
Mazkur ukuv fanining asosiy maksadi korxonalarda moliyaviy 
boshkarish tizimining  nazariy va amaliy jixatdan urganish va 
talabalardagi mazkur fan buyicha mustaxkam bilim kunikmalarini xosil 
kilish xisoblanadi. 
Kursning oldiga kuygan maksadlaridan kelib chikkan xolda 

 
6
kuyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: 
-  Moliyaviy boshkarish tizimining shakllanishini t`arixiy gnoseologik 
asoslarini yoritib berish; 
-  Moliyaviy boshkarish tizimi buyicha Urta Osiyo vag arb klassik 
nazariyalari va ularni karashlarini yorganish;  
-  Moliyaviy boshkarish tizimining bosh kontseptsiyalarini urganish; 
-  Moliyaviy boshkaruv karorlarini kabul kilish jarayonining moliyaviy 
ta`minoti masalalarini urganish; 
-  Boshkarish elementlari va boshkarish tizimida kullaniladigan 
moliyaviy instrumentlarni iktisodiy va moliyaviy asoslarini urganish; 
-  Xujalik yurituvchi sub`ektlari aktivlari va passivlari buyicha 
moliyaviy karor kabul kilish asoslarini urganish; 
-  Tadbirkorlik faoliyati va korxonalarning umumiy moliyaviy 
strategiyasi va uni ishlab chikish masalalarini urganish va boshkalar 
xisoblanadi.. 
 
 
I. Moliyaviy menejment nazariyasi  va uni shakllanishining tarixiy, 
gnoseologik asoslari. 
1.1 Moliviy menejment tizimi elementlarining moxiyati va 
vazifalari. 
1.2 Korxonalar moliyasini boshkarishning nazariy asoslari va 
tamoyillari. 
1.3. Urta Osiyo iktisodiy karashlarida moliyaviy boshkaruv 
goyalarining urganilishi. 
1.4. Moliyani boshkarish asoslarining Keynschilik, Monetarizm va 
Institutsionalizm goyalari mazmuni. 
 
1.1  Moliviy menejment tizimi elementlarining moxiyati va asosiy 
vazifalari. 
XX asrning 2 yarimi jaxon xujaligida revolyutsion xam 
evolyutsion burilish davri buldi. Natijada ilmiy texnik tarakkiyotning 
keskin avj olishi va jaxon xujaligi tovar ishlab chikarishning keskin usishi 
barcha soxalarda bulganidek boshkaruvning ilmiy kontseptsiyalarida xam 
tarakkiyotlar bulishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy 
menedjment kontseptsiyasi mustakil shakllana boshladiki uning asosiy 
muammosi sifatida korxonalar moliyaviy munosabatlari, pul mablaglarini 
aylanishining ichki va tashki omillarini ta`siriga asoslangan xolda 
samarali tashkil etish masalalarini uz ichiga ola boshladi. 
Bozor iktisodieti  xujalik sub`ektlari orkali   ijtimoiy takror ishlab 
chikarish jaraenida bozordagi talab va taklif, anik ist`emolchilar talablari,   
ishlab chikaruvchi uchun  maksimal foyda olish imkoniyatini tugdiruvchi 
maxsulot ishlab chikarishni kuzda tutadi. 

 
7
Boshkaruvning bozor shart- sharoitlari, Uzbekiston iktisodiy 
istikbollari va mentaliteti uchun  xususiyatli xisoblanuvchi  boshkaruv 
tizimini  shakllantirishni, mamlaktimizda  shakllantirilaetgan bozor 
iktisodieti axoli uchun real iktisodiy erkinlik  mavjud bulishini nazarda 
tutadi. Menejment  korxonalar boshkaruvining samarali tizimi sifatida  
bunday imkoniyatlarga  egaligini tasdiklaydi.  
Uzbekiston respublikasi tashkilotlari, korxonalari tashki muxitini 
urganish (tadibrkorlik faoliyatining tashkiliy- xukukiy asoslari, tovarlar, 
xizmatlar, moliyaviy  bozorlar, baxolarni shakllantirish tizimlari, 
buxgalteriya xisobi tizimlari) va ularning asosiy faoliyat soxalarini 
urganish taxlili(marketing tadkikotlari, moliyaviy menedjment, ishlab 
chikarish, sotish jarayonlari, buxgalteriya xisobi va personallarni 
boshkarish) shuni kursatadiki, ba`zi korxonalar imkoniyat darajasida 
bunday tashki muxit uzgarishlari natijasidagi noananaviy yangi 
muammolarni  an`anaviy usullar vositasida uziga xos faoliyat soxalarini 
moslashtirishga xarakat kiladilar. 
Shuning uchun zamonaviy shart sharoitlarda ayrim korxonalar 
oldida asosiy vazifa sifatida tashki muxit uzgarishlariga uz faoliyat 
soxalarini tezlik bilan moslashtira olish va vujudga kelgan muammolarni 
osonlik bilan uz foydasi xisobiga xal etish masalasi yuzaga keladi. Xuddi 
shuningdek xar kanday korxonaning asosiy faoliyat soxalaridan biri  
moliyaviy menejment xisoblanadi. Moliyaviy menejment- korxonalarda 
moliyaviy resurslar va kapitallarni boshkarish xisoblanadi. 
Moliyaviy menejmentning faoliyat turi sifatida 2 ta yirik soxani  
kurish mumkin: 
-Korxona raxbariyati tomonidan karorlar asosida moliyaviy 
resurslar va kapitallarni boshkarishni uz ichiga oluvchi ichki xujalik 
faoliyati; 
-korxona va boshka xujalik sub`ektlari urtasidagi moliyaviy 
munosabatlarni urnatish jarayonidagi amalga oshiriladigan moliyaviy 
resurslar va kapitallarni boshkarishning tashki jaraeni.   
Boshkaruv tizimi  boshkarilayotgan ob`ektlarga  zaruriy ta`sirini 
ta`minlaydi. Boshkaruv faoliyati odatda tashkilotning  ma`sul shaxslari 
urtasida va  maxsus buginlari urtasida taksimlanadi. Boshkaruv tizimi 
buginlari chizikli, funktsinal, chizikli – funktsional, funktsional- chizikli 
va boshka turli kombinatsiyalarda bulishi mumkin.  
Moliyaviy menejment – korxonalar  boshkaruvining umumiy 
maksadlariga erishishga yunaltirish uchun amal kiladigan tizimdir  
Rossiyalik iktisodchi L.Pavlovaning takidlashicha, «moliyaviy 
menejment  bir tomondan  anik konuniyatlar va axamiyatga ega bulgan 
boshkariluvchi tizim,   ikkinchi tomondan esa – korxona umumiy 

 
8
boshkaruv tizimining bir kismi bulgan  boshkaruvchi tizimdir»
1
 deb 
takidlaydi. Bunda  boshkariladigan tizim xisoblanuvchi moliyaviy 
menejment sezilarli ravishda davlatning  soliklar, baxo, ish xaki va 
boshka dastaklari vositasidagi ta`sir  etish soxasi nazarda tutiladi. 
Boshkariluvchi tizim sifatida esa moliyaviy menejment boshkaruv 
karorlari okimlarga ta`sir etuvchi boshkaruv ob`ekti xisoblanishini 
nazarda tutiladi. 
Albatta moliyaviy menedjment davlatning eski moliya-kredit 
mexanizmi  vositasidagi ma`muriy boshkaruv mexanizmini aks 
ettirmaydi, chunki moliyaviy menedjment iktisodiy erkinlikka asoslangan 
iktisodiy tizim sharoitida faoliyat yurituvchi xujalik sub`ektlari uzaro 
ichki manffatlariga asoslangan xoldagi boshkaruv tizimi eski boshkaruv 
tizimi kamchiliklarini bartaraf etish imkoniyatiga egadir. Masalan, 
Iktisodchi Birman A.M.ning fikricha «Keyingi 10 yillikning asosiy 
kamchiligi, rejalashtirish, ragbatlantirish va boshkarish tizimidagi 
kamchiliklar xisoblanib, boshkaruvning amaldagi xolati korxonalar 
uzlarining zaxiralarini yashirishga, rejani bajarish imkoniyatiga ega 
bulish va tegishli moddiy mukofotlarni olish uchun tashabbusni ushlab 
turishga xarakat kilganlar»
1
. Muallifning bu fikrida iktisodiyotni samarali 
boshkarishning asosiy dastagi sifatida moliya  muxim rol` uynashi 
ta`kidlanadi. Moliyaviy boshkaruvning zamonaviy tizimi xisoblangan 
moliyaviy menedjmentning asosiy maksadi iktisodiy sub`ektlar urtasida 
uzaro ijtimoiy adolatlilik tamoyillari asosida iktisodiy manfaatlar 
taksimotiga erishish xisoblanadi. 
 Moliyaviy menedjmentning muxim uslubiy asosi sifatida uni 
tashkil kilishning umumiy tamoyillarini aniklab olish xisoblanadi. Bu uz 
navbatida moliyaviy menedjment xarakat faoliyatini aniklab olish uchun, 
uni amal kilishini umumiy mezonlarini aniklab olish uchun zarur 
xisoblanadi. Shuni xisobga olish kerakki moliyaviy menedjment 
korxonalar ichki doirasida emas, balki doimiy ravishda byudjet, 
byudjetdan tashkari fondlar, banklar va boshka kreditorlar, moliya kredit 
muassalalari, institutsional investorlarning uzaro munosabatlarida xam 
aks etadi..  
Ayrim xollarda, moliyaviy menedjment, rejalashtirish, 
ragbatlantirish, aloxida elementlarning uzaro muvofikligi, variativligi, 
maksadli yunaltirilganligi kabilarni uz ichiga oluvchi boshkaruvni tashkil 
kilishning umumiy tamoyillari bilan xam bir ta`sir doirasida buladi. 
Albatta biz ta`kidlaganimizdek, moliyaviy menedjment tizimining 
shakllanishi xujalik sub`ektlarining iktisodiy mustakilligi ya`ni 
tadbirkorlik faoliyatining keng imkoniyatlarini shakllanishi bilan 
belgilanadi. Bunda, byudjet bilan uzaro solikli munosabatlar tizimini 
                                                           
1
 Павлова Л.Н. «Финансовый менеджмент», М: «Банки и биржи», 1995.  65-бет  
1
 Бирман А.М. «Опережая время».- М.: Наука, 1990. 

 
9
shakllanishi, korxonalar asosiy va aylanma mablaglarni shakllantirishda 
kredit va investitsion usullarning shakllanishi, bozor mexanizmlari 
asosida korxonalar iktisodiy faoliyatidagi turli xatarlar buyicha 
mas`uliyat, foydani taksimlash imkoniyatini korxonalar ixtiyorigaga 
utishi va boshka omillar xisoblanadi.  Shuning uchun xam moliyaviy 
menejment kontseptsiyasini urganishning asosi- tadbirkorlik faoliyati 
xisoblanadi deb ta`kidlashimiz mumkin. 
Tadbirkorlik- mulkdan foydalanish, tovarlar sotish, ishlar bajarish 
va xizmatlar kursatish natijasida tizimli foyda olishga yunaltirilgan 
mustakil, xatar bilan boglik faoliyatdir. Moliyaviy menejment bilan 
xujalik yuritishga samarali ta`sir etuvchi moliyaviy jaraenlar uzaro  
boglik.  
Moliyaviy menedjment korxonalar moliyaviy faoliyatida moliyaviy 
resurslardan foydalanish va ulardan foydalanishning samarali 
yunalishlarini tanlab olishni uz ichiga olib, bu jarayon taxlil, 
rejalashtirish, boshkaruv, moliyaviy karor kabul kilish jarayoni bilan 
boglikdir. Buni kuyidagi chizma orkali  kurib  utishimiz  mumkin.                          
1- chizma. 
Moliyaviy menedjmentning  tarkibi 
1
   
 
   
Kompleks 
vazifalar 
 
   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Realizatsiya, foyda, kapitallar xarakati, rentabellik, asosiy fondlar, aylanma 
mablaglar, moliyaviy xolat, daromad va xarajatlar balansi va boshkalar 
 
 
 Funktsional 
sektsiyalar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rejalashtirish   Taxlil 
  Tartibga 
solish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Perspe
ktiv 
rejalas
htirish 
Joriy 
rejalas
htirish 
Oper
ativ 
rejala
shtiri
sh 
 Oper
ativ 
taxlil 
Komp
leks 
taxlil 
Doimiy 
rejani 
tugrilas

 Doi
miy 
karor
lar 
Altern
ativ 
karorl
ar 
Mura
kkab 
karor
lar 
 
Yukoridagi moliyaviy menedjmentning kompleks vazifalari 
iktisodiy faoliyatning moliyaviy natijalarini moxiyati nuktai nazardan 
baxolash elementlarini uz ichiga oladi. Chunonchi maxsulot realizatsiyasi 
natijasida olingan tushum tarkibida foydaning salmogi, korxonaning 
mavjud aktivlari tarkibida ishchan aktivlarning salmogi ya`ni aylanma va 
asosiy kapitallarning salmogi va boshka tizimli baxolash asosida 
                                                           
1
 « Бозор, пул ва  крелит» журнали № 4. 2000й. 

 
10
moliyaviy boshkaruv mexanizmini tashkil kilish moliyaviy 
menedjmentning kompleks vazifalari katoriga kiradi. 
Boshkaruvning moliyaviy mexanizmini amal kilishi moliyaviy 
kursatkichlar va jarayonlar xakidagi analitik, rejali axborotlarni 
shakllantirish, urganish va tartibga solish bilan uzviy ravishda boglik 
buladi. Aksariyat xollarda  moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy taxlil 
korxonada amalga oshirilayotgan moliyaviy ishlarning mustakil soxalari 
xam xisoblanadi. Joriy va operativ moliyaviy ishlar esa uz navbatida 
rejalashtirish va taxlilga asoslanadi. 
Shuni axolida ta`kidlaymizki taxlil bloki uzluksiz ravishda 
axborotlarni yigish, xisobini yuritish va umumlashtirishni uz ichiga oladi. 
Rejalashtirish blokida esa xar kanday biznes rejaning oxirgi xulosasi 
tayyorlanadi. 
Moliyaviy menedjmentning vazifalari, tamoyilarini aniklab 
beruvchi moliyaviy boshkaruvning uziga xos 3 jixatlarini mavjud: 
1. Moliyaviy  menedjment  uchun moliyaviy- xukukiy shart 
sharoitlar yaratib beruvchi tashkiliy jixatlar; 
2.  Boshkaruv karorlarining mezonlari sifatida oxirgi foyda va 
rentabellik moliyaviy kursatkichlarini tanlab olish; 
3.  Daromadlari va xarajatlar balansi orkali xar kanday iktisodiy 
faoliyat samaradorligini doimiy nazorati.  
Yukoridagi moliyaviy menedjmentning 3 asosiy jixatlariga 
asoslangan xolda shuni ta`kidlash lozimki moliyaviy menedjmentning 
samarali  faoliyati avvalo boshkaruv karorlari uchun zaruriy axborotlar 
bilan ta`minlanishiga asoslanadi. 
Iktisodiy sub`ektlar pul mablaglarini shakllantirish, mavjud 
moliyaviy resurslardan okilona foydalanish  va yalpi daromadni 
taksimlash va kayta taksimlash jaraenini kompleks boshkaruv tizimini uz 
ichiga oluvchi  moliyaviy menejment  tizimi  xozirgi kunda muxim 
iktisodiy axamiyatga egadir. 
Menejment tizimida xar kanday vazifani xal kilish, boshkaruv 
karorlarini kabul kilishda kamida 4 turdagi ta`minotni talab kilinadi: 
iktisodiy, matematik, texnik va turli xildagi  iktisodiy, moliyaviy 
ma`lumotlar ta`minoti moliyaviy boshkarish uchun zaruriy karor kabul 
kilishadi. Tulik iktisodiy asoslangan axborotlar asosida amalga oshirilishi 
maksadga muvofik. Bundagi asosiy masala olingan ma`lumotlarni uziga 
xos xususiyatlari, axamiyati va ularni korxonalarda takror  ishlab 
chikarishga ta`sir etuvchi omillar ta`sir darajasi nuktai nazardan 
guruxlash, kursatkichlar tizimini shakllantirishda tegishli manba sifatida 
foydalanish korxonalarning kelgusi takror ishlab chikarish jarayoni 
jadallashtirish va resurslardan imkoniyat darajasida samarali foydalanish 
uchun moliyaviy karor kabul kilishda muxim rol uynaydi. 

 
11
 
Boshkarish tizimida boshkaradigan tizimlar va boshkariladigan 
tizimlar uziga xos rol uynaydi. Boshkariladigan tizimlar uziga xos 
ob`ektlarga ega bulib bunday ob`ektlar sifatila korxonalarning aktivlari va 
passivlarini kurib utiladi. 
Moliyaviy taxlil va rejalashtirish  
 
 
 
 
 
 
 
 
 BALANS 
 
Aktivlarni 
boshkarish 
Asosiy vositalar 
Xususiy kapital 
Kapitallarni 
boshkarish 
(passivlarni 
boshkarish) 
 
Joriy aktivlar 
Jalb kilingan 
kapital 
 
Moliyaviy boshkaruv tizimining umumiy tarzda tizimlashtiradigan 
bulsak kuyidagi shaklga ega buladi: 
umumiy moliyaviy taxlil va rejalashtirish; 
korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta`minlash(korxonaning 
moliyaviy manbalarini boshkarish); 
moliyaviy resrslarni taksimlash(investitsion siyosat va aktivlarni 
boshkarish). 
Moliyaviy boshkarish faolitining bunday soxasiga ajratilishining 
mantiki korxonaning muxliy va moliyaviy xolatini aks ettiruvchi xisobot 
shakllarining asosi sifatida buxgalteriya balansi xisoblanadi.  
Ishbilarmon faollik asosi- korxonaning iktisodiy potentsialini usib 
borishi xisoblanadi. Kandaydir investitsion loyixalarga kapital jamgarish 
vositasida tadbirkor anik davr mobaynida avanslangan kapitalni kaytarib 
olishni balki kuzlangan foydani olishni kuzda tutishi lozim. Bunday 
foydani baxolash ya`ni mazkur loyixa foydalimi yoki yukmi?- degan 
dilemmani echish investitsiyalardan kelgusi tushumlarni bashorat kilishga 
asoslanadi. 
Bunday pul okimlarini boshkarish uchun zaruriy bulgan karorlar kabul 
kilish moliyaviy xujalik faoliyatining natijalarini dinamik kursatkichlari 
xisoblanvchi buxgalteriya xisobi axborotlar tizimiga tayanadi. 
Moliyaviy xujalik faoliyatining axborotlar ta`minoti uziga xos 
murakkab strukturani tashkil kiladi va turli omillar: boshkarish darajasi, 
axborotlarni makesadli yunalishi, ulardan foydalanuchilarnig tarkibi bilan 
aniklanadi.Korxonalar darajasida boshkaruv karorlari kabul kilishning 
asosiy axborotlar manbai buxgalteriya xisobotlari xisoblanadi. Bozor 
iktisodiyoti sharoitida  buxgalteriya xisobi funktsiyasi nafakat xujalik 
faoliyati faktlarini kayd etish tizimi xisoblanadi balki xisoblangan 
natijalarni ishonchlilik tabiatini kuzda tutuvchi moliyaviy xisob kitoblar 
texnologiyalari xisoblanadi.  

 
12
Moliyaviy xisob kitob texnologiyalari kapitalistik ishlab chikarish 
munosabatlarini aydo bulishi bilan shakllangan bulib mustakil fan sifatida 
tegishli moliyaviy xisob kitob texnologiyalari turgisidagi bilimlar X1X 
asrlarda paydo buldi. Bu davrlarda moliyaviy xisoblash texnologiyalarini 
«tijorat xisob-kitoblari», «tijorat arifmetikasi» tushunchalari bilan tanikli 
bulgan. X!X asrda  tezlik bilan sodir bulgan iktisodiy usish va iktisodiy 
tarakkiyot ishlab chikarish jarayonidagi axborotlarni shu kadar 
kupaytirdiki bunday axborotlarni boshkaruv karorlari kabul kilish uchun 
yigish va ularni kayta ishlash masalasi muammoga aylanib koldi.  
Korxonalarni samarali ishlab chikarish jarayonini boshkarish va kam 
xarajat kilgan xolda yukori foyda olish masalalari aynan shu davrdagi 
rakobat muxitining shakllantirgan zarurati bulib koldi. Ayniksa XX 
asrning 2 yarmidagi ilmiy texnik tarakkiyotning sodir bulishi, insoniyat 
oldiga yangi muammolarni kundalang kilib kuydiki bunday muammolar 
katoriga  resurslar takchilligining papydo bulishi dunyo iktisodiyotidagi 
keskin integratsiya, kontinentlar urtasidagi murakkab boglikliklar,  ishlab 
chikaruvchi korxonalar urtasidagi keskin rakobat va boshka global 
muammolar  kiritilib turli xil ishlab chikarish munosabatlarini ekstensiv 
rivojlantirishni emas balki intensivlashtirishni zarur kilib kuydi. Bunday 
sharoitda samarali boshkarish tugrisidagi yangi nazariyalar paydo buldi. 
Boshkarish degan suz bu albatta karor kabul kilish degan tushunchani 
anglatadi. Boshkarish – anik natijalarga erishish uchun ob`ektga 
maksadli yunaltirilgan xolda ta`sir kilishning shakllari va usullari 
yigindisidir. Boshkarish inson faoliyatining barcha soxalariga xosdir. 
Shuningdek, boshkarish soxalarining muxim soxalaridan biri moliyaviy 
faoliyatni boshkarish xisoblanadi. 
 Korxonalar moliyasini boshkarish korxonaning moliyaviy faoliyatini 
boshkarish sifatida realizatsiyadan tushgan tushum va uning taksimot 
ob`ektlari moliyaviy boshkarishning asosiy ob`ekti xisoblanadi.  
Moliyaviy boshkaruvni ma`lum bir uslub va tamoyillarga xamda 
ragbatlantirish va sanktsiyalarga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. 
Ma`lumki, u yoki bu yunalishdagi vazifalarni bajarishda turli xil 
yunalishdagi echimlar mavjud buladi, ammo ularni samarali echishning 
uziga xos bulgan muammolarni bor imkoniyatlardan tez va samarali 
foydalanish yoxud, yangi davr talabiga mos bulgan uslublarni joriy etib 
kuzlangan maksadga erishishdir. 
Xar kanday boshkaruv tizimiga xos bulgani kabi, moliyani 
boshkarishda xam ob`ektlar va sub`ektlar mavjud buladi. 
Moliyani boshkarishning ob`ekti bulib turli moliyaviy 
munosabatlar xisoblanadi. Masalan: davlat byudjeti, pensiya fondi, 
korxonalar ixtiyoridagi markazlashmagan fondlar va sugurta 
munosabatlari. Moliyaviy munosabatlarning turkumlanishidan kelib 
chikib, ushbu ob`ektlarga kuyidagi moliyani boshkaruv sub`ektlari mos 

 
13
keladi: moliya organlari va solik inspektsiyalari, moliya xizmatlar (bulim) 
va sugurta organlari. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling